O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi


HOSILA SEMEMANING VUJUDGA KELISH YO'LLARI



Download 1,67 Mb.
bet53/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

HOSILA SEMEMANING VUJUDGA KELISH YO'LLARI

Hosila ma'nolar bir necha yo'llar bilan vujudga keladi. Ular metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlikdir. Hosila ma'nolar to'g'ri, bosh ma'nolar asosida paydo bo'ladi.


Metafora (gr. metaphora — ko'chirish), awalo, nutq mexanizmi bo'lib, biror leksemaning denotatlarining shakliy, zohiriy o'xshashligi asosida boshqa ma'noni ifodalash uchun ishatilishidir.
Metaforik ma'no hosil bo'lishi uchun quyidagilardan biri sabab bo'ladi.
1. Bir so'z boshqa so'zga nisbatan so'zlovchining ifoda maqsadiga ko'proq mos va muvofiq bo'ladi va shuning uchun birinchisi o'rnida ikkinchisi qo'llaniladi.
2.Biror denotatning ifodalovchisi bo'lmaydi va ma'lum bir so'z boshqa denotatni ham ifodalash uchun qo'llanadi.
Demakr birinchi holda ko'chirilayotgan so'z denotatning ikkinchi atamast bo'lsa, ikkinchi holda birinchi atamasidir. Masalan, quyi so'zi anglatadigan ma'noni etak so'zi qulayroq va to'laroq ifodalaganligi bois tog'ning quyi tomoniga nisbatan etak so'zi ishlatilgan.
O'zbek tilida dengizdagi o'ziga xos jo'g'rofiy o'rinning nomi bo'lmaganligi bois qo'ltiq so'zi unga nisbatan ham qo'llanadi.
Metafora hodisasi asosan, ot turkumi doirasida, qisman fe'llarda uchraydi: Qush uchdi. Samolyot uchdi qurilmalarining ikkinchisida uchmoq fe'li ifodalagan harakat qushning havodagi qanotlarini silkitib qilgan parvoziga o'xshaydi. Shu boisdan uchmoq fe'li ifodalagan keying! ma'no metaforik ma'nodir.
Metafora hosila ma'no hosil qilishning eng keng tarqalgan usuli sifatida badiiy uslubning, badiiy nutqning eng muhim omillaridan hisoblanadi.
Metaforik hosila ma'no nutqda juda ko'p uchraydi. Ammo ularning lisoniylashganlari — sememaga aylanganlari nisbatan kamdir. Qanot (samolyot), uchmoq, og'iz (qop) kabi leksemalarning ushbu hosila ma'nolari metaforik sememalardir.
Metaforik yo'l bilan hosil bo'lgan semema davrlar o'tishi bilan o'ziga xos atash semalari kasb etishi natijasida bosh sememasidan uzoqlashib, mustaqil xolga, kelishi omonimik tabiatga ega bo'lishi mumkin. Masalan, adabiyotshunoslik termini sifatidagi fojea umumiste'mol qo'llanishdagi fojea so'zidan ma'noviy jihatdan uzilib, ularning nomemalari omonimik munosabatga ega bo'lgan. Shuningdek, jo'g'rofiy termin bo'lgan qo'ltiq umumiste'moldagi qo'ltiq leksemasining omonimiga aylangan.
Sinekdoxa yo'li bilan hosil qilingan ko'chma ma'no deganda, biror narsaning nomi bilan uning biror qismini atash va aksincha biror narsaning qismi bilan u mansub butunni atash tushuniladi. l.Besh qo'lini og'ziga tiqadi. 2.Ochildiboy tirnoqqa zor edi. Sinekdoxik yo'l bilan hosil qilingan ma'nolarni ham lisoniy va nutqiy ma'nolarga bo'lish mumkin. Masalan, keltirilgan qo'l, tirnoq leksemalarining sinekdoxik ma'nolari sememalashgandir. Stol sindi, eshik buzildi gaplaridagi stol so'zining oyoq (stolning oyog'i), eshik so'zining qulf (eshikning qulfi) hosila ma'nolari nutqiy sinekdoxik ma'noga misol bo'la oladi. Ammo har qanday butunlik nomi bilan qisrnni, qismning nomi bilan butunni atab bo'lmaydi. Masalan, daraxt va shox, barg, tana, ildiz, meva butun va qismlardir. Lekin barg deganda hyech qachon daraxt anglashilmaydi. Ammo meva (masalanf olma) atamasi orqali daraxt ham ifodalanadi.
Metonimiya (grekcha: metonymia — qayta nomlash) ifodalanmishlarining o'zaro bog'liqligi, aloqadorliklari asosida bir ifodalovchining boshqa ifodalovchi uchun ishlatilishidir.
Metonimiya ham yangi ma'no hosil qilish jarayoni va bu jarayon natijasining barqarorligiga ko'ra lison va nutqqa daxldor hodisadir. Boshqacha aytganda, metonimik hosila ma'no sof nutqiy ham, lisoniylashgan ham bo'lishi mumkin.
**********************************************************

Vazifadoshlik sememalar vujudga kelishining asosiy yo'llaridan biridir. Vazifadoshlik asosida semema vujudga kelishi ham, metaforada bo'lgani kabir o'xshashlikka asoslanadi. Biroq metoforada tashqi ko'rinishdagi o'xshashlikka asoslanilsa, vazifadoshlikda bajariladigan vazifalarning o'xshashligi asosida yangi ma'no vujudga keladi. Masalan, dastlab kamonning paykoni o'q deb atalgan. Miltiq kashf etilgach, uning porox to'ldirilgan pistonli gilzasi ham paykonniki kabi vazifa (ya'ni o'ldirish) ni bajarganligi bois o'q deb ataladi. Rus tilidagi pero (pat) so'zining bugungi ma'nosi ham shunday ma'noviy taraqqiyotga ega. Ma'lum bo'ladiki, vazifadoshlik asosida vujudga kelgan hosila ma'nolar nafaqat mustaqil semema darajasiga yetadi, balki o'ziga asos bo'lgan bosh, asosiy sememadan ham ko'ra faollashib, qo'llanish doirasi kengayib ketadi. Masalan, ilgarilari ko'mir so'zi «ko'mib yondirish yo'li bilan o'tindan tayyorlangan yoqilg'i» sememasiga ega edi. Bugungi kunda bu semema tarixiylashib, u «yer qatlamida tabiiy yo'l bilan hosil bo'lgan qattiq va qora rangii yoqilg'i» hosila sememasi bilan nutqimizda yashaydi.


Ma'lum bo'ladiki, leksemalar semantikasidagi lisoniy o'zgarishlar quyidagi natijalarga olib keladi:
l.Leksemalarning nutqiy ma'nolari ixtisoslashuvi natijasida yangi semema vujudga kelishi. «Qushlarning ikki yonida harakatlanib uchish vositasi» sememasigagina ega bo'lgan qanot leksemasi bugungi kunda «samolyotning ikki yonidan chiqib turgan havoda suzish va muallaq turish vositasi» sememasiga ham ega polisemantik leksemaga aylangan.
2.Aniq ma'nolarning mavhum ma'noga aylanishishi natijasida ixtisoslashuvga zid ma'noviy kengayish yuz berib, yangi semema vujudga kelishi. Masalan, otlanmoq leksemasining dastlabki sememasi «otga minish» bo'lib, bugungi kunda bu semema o'ta kuchsizlanib, leksema, asosan, «biror joyga borish uchun hozirlanish» sememasi bilan yashaydi.
3.Leksema semantik imkoniyatlarining torayishi. Leksema sememalarining biror tomondan ixtisoslashuvi boshqa sememalaming butkul so'nishiga olib keladi. Masalan, keng qamrovli tushunchalarni ifodalovchi so'zlarning qamrovi torayib ketadi. Bu, ayniqsa, turdosh, otlaming atoqli otlarga aylanishida, so'zlarning terminologik mohiyat kasb etishida yaqqol ko'zga tashlanadi.



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish