O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi


-ma’ruza: Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot



Download 1,67 Mb.
bet120/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

9-ma’ruza: Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot


Reja:

  1. Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot.

  2. Leksikologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi

  3. So‘zning leksik va grammatik ma’nolari



Foydalangan va mustaqil o‘qishga tavsiya etilayotgan adabiyotlar: 1,2,3,4,5,6 va boshqalar.

Leksikologiya1 o‘zbek tili kursining lug`at tarkibi (leksikasi)ni o‘rganadigan bo‘limidir.


Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar va iboralar yig`indisi leksika deyiladi. Ular shu tilning lug`at boyligini tashkil etadi.
Leksikologiya tilning lug`at tarkibini ikki tomonlama: 1) ichki va 2) tashqi tomondan tekshiradi. Tilning lug`at tarkibini ichki tomondan o‘rganadigan sohasi semasiologiya2 deb yuritiladi. Unda so‘z va iboralarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati o‘rganiladi. Har qanday so‘z tilda paydo bo‘lishi bilan o‘zining shakli va ma’nosiga ega bo‘ladi, borliqdagi predmet, hodisa, belgi, harakatlarni ifodalaydi. So‘zdagi ma’no turli ta’sir va talablar asosida taraqqiy etib boradi. Demak, semasiologiya so‘z hamda turg`un iboralarning ma’no xususiyatlarini tekshiradi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi etimologiya3 deb yuritiladi. U tilning lug`at tarkibidagi so‘z va iboralarning tarixan kelib chiqishini, yasama so‘zlarning va boshqa tillardan kirgan so‘zlarning ma’noli qismlarini izohlaydi. Demak, etimologiya so‘zning ikki tomonini ham, ya’ni ichki – ma’no tomonini hamda tashqi – tovush tomonini ham tahlil qiladi.
Leksikologiya tashqi tomondan lug`at tarkibining hozirgi ahvolini, tilning lug`at tarkibida sodir bo‘layotgan turli o‘zgarishlarni: so‘zlarning qo‘llanish darajasini, ba’zi so‘zlarning eskirib iste’moldan chiqib ketishini (sekretar, oblast kabi), fan, madaniyat va texnikaning uzluksiz rivojlanishi bilan tilning yangi so‘zlar hisobiga boyishini, ba’zi so‘zlar ma’nosida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni (ma’no ko‘chish hodisasini) o‘rganadi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi leksikografiya4 deb yuritiladi. Leksikografiyaning vazifasi tildagi so‘zlarni yozma ravishda to‘plashdir. Leksikografiya so‘z va iboralarni ma’lum bir sohalar bo‘yicha to‘plab, muayyan tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug`at kitoblari shaklida nashr etadi.
Leksikologiya tilning fonetika va grammatika bo‘limlari bilan bevosita bog`liq. Fonetika nutq tovushlarini o‘rganadi. Leksika shu tovushlar asosida shakllanadigan so‘zni, grammatika o‘z qonun-qoidalari asosida so‘zlarni o‘zaro bog`laydi va tilni fikr ifodalash uchun tayyorlaydi. Demak, tovush bo‘lmasa, so‘z bo‘lmaydi, so‘z bo‘lmasa grammatikaning ham bo‘lishi mumkin emas.
Ma’lumki, so‘zlovchi tilning lug`at tarkibidan maqsadiga muvofiq tarzda foydalanadi. Bu leksikologiyaning uslubiyat bilan o‘zaro bog`liq ekanini bildiradi.
Lug`at tarkibi shu tilda so‘zlashuvchi xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyat tarixi bilan bog`liq. SHuning uchun leksikologiya tarix, arxeologiya, adabiyot, falsafa kabi ijtimoiy fanlar bilan ham yaqindan aloqadadir.



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish