O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi



Download 1,67 Mb.
bet123/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

12-13-ma’ruza: So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari


Reja:
1. Omonimlar va ularning turlari
2. Sinonimlar va ularning turlari
3. Antonimlar va ularning turlari


Foydalangan va mustaqil o‘qishga tavsiya etilayotgan adabiyotlar: 1,2,3,4,5,6 va boshqalar.

Tildagi so‘zlar shakl va ma’no xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro turli munosabatda bo‘ladi. So‘zlarning ayrimlari shakl jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan,ил, к(ган турли рангдаги сую ba’zilari esa talaffuzi jihatidan o‘xshash bo‘ladi. SHu xususiyatlariga ko‘ra so‘zlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:


1.Omonim so‘zlar. SHakli (yozilishi va aytilishi) bir xil, ma’nosi har xil so‘zlar omonimlar deyiladi. Omonim so‘zi grekcha «bir xil» degan ma’noni ifodalaydi. Masalan: ot - hayvon, ot - uloqtirmoq, ot - ism; og`iz - insonning tana a’zosi, og`iz - yangi tuqqan sigir sutidan tayyorlanadigan taom; chang - to‘zon, gard, g`ubor, chang – to‘rtburchak, yassi quti shaklidagi torlar tortilgan qo‘sh cho‘p bilan chalinadigan musiqa asbobi; qovoq - insonning tana a’zosi, ot, qovoq - poliz ekini, ot. Omonim so‘zlar turkumiga (yuz – insonning tana a’zosi, ot; yuz - miqdor bildiruvchi son) oid bo‘ladi.
Omonimlar 2 turga ajratiladi: 1) lug`aviy omonimlar; 2) grammatik omonimlar. Lug`aviy omonimlar: 1) so‘zlar doirasida; 2) iboralar doirasida bo‘ladi.
1.Omonimlik hodisasi so‘z bilan so‘z doirasida bo‘lsa, leksik omonim deyiladi. Masalan: kul (ot) – biror narsaning yonishi natijasida hosil bo‘ladigan kukun. U oshxona oldida turgan kul chelakni olishga buyurdi. (P.Tursun) Kul (fe’l) - zavq shovqini, xursandchilik bildiruvchi tovushlar chiqarmoq. Nega Aziz bu qadar shod: YUzi kuladi, ko‘zlari yonadi? (H.G`ulom)
2.Omonimlik hodisasi ibora bilan ibora doirasida bo‘lsa, frazeologik omonim deyiladi. Masalan: bosh ko‘tarmoq - qarshi qo‘zg`olon ko‘tarmoq, bosh ko‘tarmoq - tuzalmoq, sog`aya boshlamoq.
Grammatik omonimlar qo‘shimchalar doirasidagi shakliy tenglikdir. SHakli bir xil, ma’nosi har xil qo‘shimchalarga grammatik omonimlar deyiladi. Masalan: -im qo‘shimchasi bilim – ot yasovchi qo‘shimcha, fe’ldan ot yasaydi. Kitobim – I shaxs, birlik qo‘shimchasi; -ki (tepki) – ot yasovchi qo‘shimcha, -ki (kechki) – sifat yasovchi qo‘shimcha.
Ba’zi omonim so‘zlar qo‘shimchalar olganda ham omonimlik shaklini saqlab qoladi. Masalan, ter+im, ter+im. Birinchi so‘z –ter ot turkumiga oid so‘z bo‘lib, I shaxs, birlik egalik qo‘shimchasini olgan, ikkinchisi fe’l turkumiga oid so‘z ot yasovchi –im qo‘shimchasini olgan. Bu so‘zlar bir xil shaklini saqlab qolgan.
Qo‘shimchalar qo‘shilganda ham omonimlik shaklini saqlab qoladigan so‘zlar omoformalar deyiladi. Omoformalar bir xil so‘z turkumiga ham, boshqa-boshqa so‘z turkumiga ham oid bo‘ladi. Masalan, 1) bog` - mevazor (ot); 2) bog` - bog`ich (ot). Ularning qo‘shimcha olgandan keyingi grammatik shakllari:
1) bog`ni, bog`ning, bog`dan;
2) bog`ni, bog`ning,bog`dan.
Qiyoslang: oq (sifat)+ar – fe’l yasovchi qo‘shimcha;
oq (fe’l)+ar – sifatdosh hosil qiluvchi qo‘shimcha.
Omonimlar badiiy adabiyotda tuyuq janrida, og`zaki so‘zlashuv nutqida so‘z o‘yinlari, askiyalarda qo‘llanadi. Omonimlar ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nosidagi bog`lanishning yo‘qolishi, so‘zlardagi fonetik o‘zgarishlar va boshqa tildan so‘z o‘zlashishi jarayonida yuzaga keladi. Masalan: 1) bog` (mevazor) tojik tilidan kirgan, bog` (bog`ich) o‘zbekcha so‘z; 2) dam – nafas (o‘z ma’nosi), dam - bosqon (ko‘chma ma’no), dam - xordiq (ko‘chma ma’no). 2-misolda polisemiya hodisasi yo‘qolib, omonimiya hodisasi yuzaga keldi.
Sinonim so‘zlar. Shakli har xil, ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar sinonim deyiladi. Sinonim so‘zlar bir predmet hodisaning (taom, ovqat; baxt, iqbol, tole, saodat), belgining (sezgir, ziyrak, tuyg`un; aniq, ochiq-ravshan, yorqin, oydin, ayon), harakatning (yordamlashmoq, ko‘maklashmoq) bir necha nomi. Sinonim so‘zi grekcha «bir nomli» degan ma’noni ifodalaydi. Shuning uchun sinonimik hodisa bir so‘z turkumi doirasida yuzaga keladi.
Sinonim so‘zlar aynan bir predmet, belgi, harakat tushunchasini ham, qo‘shimcha ma’no ottenkalari bilan farqlanadigan predmet, belgi, harakat tushunchalarini ham anglatadi. Masalan, tilshunoslik – lingvistika sinonimlarining ma’nosi aynan bir xil. Yig`lamoq, yig`lamsiramoq sinonimlarining ma’nosida farq mavjud.
Bir ma’no atrofida birlashgan so‘zlar guruhi sinonimik qatorni tashkil etadi. Masalan: odam – kishi – inson – bashar; davolamoq, tuzatmoq; yorug` - nurli - charog`on, yorqin – munavvar.
Sinonimik qatorni tuzishda ma’nodosh so‘zlar uchu nasos qilib olingan so‘z bosh so‘z (dominanta) deyiladi. Sinonimik guruhdagi ma’noli, barcha nutq uslublarida qo‘llanadigan, adabiy tilga mansub, ma’no doirasi keng bo‘lgan so‘z bosh so‘z sifatida tanlab olinadi: botir - qahramon – dov yurak - qo‘rqmas – jasur.
Sinonimik qatorni belgilashda so‘zlarning yagona umumiy belgisiga asoslanadi. Masalan: uy va bino so‘zlari bir-biriga yaqin ma’noli bo‘lsa ham, uy so‘ziga xos asosiy tushuncha bilan (odam yashaydigan joy) «bino» so‘zi ifodalaydigan tushuncha (imorat) o‘rtasida umumiylik yo‘qligi uchun ular sinonim bo‘la olmaydi.
Jins va tur munosabatidagi (daraxt–jins, olma–tur), predmet yoki harakatning bir tomonini obrazli qilib, bo‘rttirib ifodalaydigan so‘zlar o‘sha predmet yoki harakat tushunchasiga kirishi mumkin bo‘lgan tushunchani ifodalasa ham, predmet yoki harakatni to‘laligicha anglatmaganligi, obrazlilik asosiy tushunchaga nisbatan kuchli bo‘lsa (chuldiramoq, ping`illamoq, pichirlamoq, shipshitmoq, to‘ng`illamoq, vag`illamoq so‘zlari gapirmoq so‘ziga sinonim bo‘lmaydi), mohiyat jihatdan bir-biridan keskin farq qiladigan sotsial tuzumlarga xos bo‘lgan tushunchalarni ifodalasa (mirshab – militsioner) ular o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi7. Sinonimlarning quyidagi turlari mavjud: 1) lug`aviy sinonimlar; 2) grammatik sinonimlar.
1. Lug`aviy sinonimlar: 1) so‘zlar doirasida (bezak, ziynat, hasham); 2) so‘z va iboralar doirasida (ayyor - mug`ambir – pixini yorgan, ilonning yog`ini yalagan); 3) iboralar doirasida (og`ziga talqon solmoq - og`zida qatiq ivitmoq) bo‘ladi.
2. Grammatik sinonimlar qo‘shimchalar doirasida bo‘ladi. Sinonim so‘zlar o‘zbek tilining ichki taraqqiyoti asosida (kun - quyosh, ish – yumush, qari – keksa) va boshqa tildan so‘z olish natijasida (shox (o‘zbekcha)–muguz (tojikcha), orzu (tojikcha) – tilak (o‘zbekcha), buloq (o‘zbekcha) – chashma (tojikcha), adabiy tilga xos so‘z bilan shevaga xos so‘zlar (go‘zal – suluv – ko‘xlik – xushro‘y) yoki shevaga oid bir necha so‘zlar doirasida (chelak – satil - paqir) yuzaga keladi.
Antonomiya lеksеmalarning bir-biriga zid ma'no anglatishi asosida guruhlanishidir: oq va qora, qalin va yupqa kabi. Antonomiya hodisasi, asosan, bir so‘z turkumi lеksеmalari doirasida yuz bеradi. 1. Sifatlarda: a) hajm bеlgisiga ko‘ra: katta va kichik, baland va past; b) xarorat bеlgisiga ko‘ra: issiq va sovuq; v) yosh bеlgisiga ko‘ra: yosh va qari; g) xaraktеr-xususiyat bеlgisiga ko‘ra: saxiy va xasis, botir va qo‘rqoq, aqlli va axmoq; d) shakl bеlgisiga ko‘ra: to‘g‘ri va egri; е) maza-ta'm bеlgisiga ko‘ra: achchiq va shirin kabi. Payt, holat, miqdor, maqsad ma'noli lеksеmalar doirasida ham antonomiya hodisasi kеng tarqalgan: a) kеcha va ertaga, avval va kеtin (payt bеlgisiga ko‘ra), b) tеz va sеkin, arang va bеmalol (holat bеlgisiga ko‘ra), v) ko‘p va oz, mo‘l va kam (miqdor bеlgisiga ko‘ra), g) atayin va bеixtiyor, jo‘rttaga va bеxosdan (maqsad ma'nosiga ko‘ra) va b.lar. Bunday lеksеmalarning sifat va ravish turkumiga mansubligi kеyingi yillarda bir qadar munozarali bo‘lib qolmoqda. Otlarda: a) bеlgi otlarida: boylik va kambag‘allik, botirlik va ?qo‘rqoqlik; b) qarama-qarshi tomon nomlarda: sharq va G‘arb, janub va shimol; v) fasl nomlarida: yoz va qish, kuz va bahor; g) sutkaning qarama-qarshi tomonlarini ifodalovchi nomlarda: kеcha va kunduz, tong va shom kabi.
Fе'llarda: a) qarama-qarshi harakat ma'nolarini ifodalovchi fе'llarda: bormoq va kеlmoq, kirmoq va chiqmoq; b) sifat yoki ravishdan yasalgan fе'llarda: kеngaymoq va toraymoq, ko‘paymoq va ozaymoq, sеkinlashmoq va tеzlashmoq kabi. Ba'zan fе'lning sifatdosh shakli sifat turkumidagi lеksеma bilan antonimik munosabatlarga kirishishi mumkin: o‘qigan va bilimsiz, o‘qimagan va bilimli kabi. Antonimiya hodisasi sifat turkumida kеng tarqalgan, ot va fе'llarda bir oz kamroq uchraydi, olmosh va sonlarda esa bo‘lmaydi (ayrim kontеkstual holatlar bundan mustasno). Kontеkstual antonimiya o‘zaro zid ma'no ifoda etmagan lеksеmalarning ma'lum kontеkst ichida so‘zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik munosabatlarga kiritilishi. Buni quyidagi she'riy misralar tahlilida ko‘rish mumkin:
Ushoq qand oq tuzga monand erur,/Va lеkin biri tuz, biri qand erur.(A.Navoiy)
Aytur so‘zni ayt, /Aytmas so‘zdan qayt! (A.Navoiy)
Sichqonlarga nisbatan/ Poyloqchiman to‘g‘riman.
Ko‘rsam tеkin go‘sht ba'zan/ Chidolmayman – eg‘riman. (O)
Bu misollarda qo‘llangan qand va tuz, ayt va qayt hamda to‘g‘ri va eg‘ri so‘zlari aslida (tilda) antonimlar emas, ammo birinchi misolning ikkinchi misrada tuz va qand lеksеmalari muallifning lеksik qo‘llanishi natijasida «achchiq» va «shirin» (dеmak, «yaxshi» va «yomon») ma'nolarini, ikkinchi misoldagi ayt va qayt lеksеmalari «ayt» va «aytma» dеgan zid ma'nolarni, uchinchi misoldagi to‘g‘ri va eg‘ri lеksеmalari esa «eg‘ri emas» va «to‘g‘ri» ma'nolarini ifoda etib, kontеkstual antonimiya hosil qilgan (bunda to‘g‘ri lеksеmasi otlashgan).
Bunday qo‘llanish olmoshlarda va sonlarda ham uchraydi: Bir u dеydi, bir bu dеydi, dеganda u va bu olmoshlarida kontеkstual zidlanish bor. Lеksik antonimiya ikkita lеksеma orasida yuz bеradi, bu ikki so‘z antonimik juftlikni hosil qiladi, ammo antonimik juftlik juft so‘z dеgan gap emas. qiyos qiling: katta va kichik – antonimik juftlik (undagi har bir so‘z-mustaqil lеksеma), katta-kichik – bitta juft so‘z, u umumlashgan bitta ma'noga ega. Dеmak, katta va kichik zid ma'noli ikkita lеksеma bo‘lganligi uchun ular bir-biriga nisbatan antonimlardir, katta-kichik juft so‘zi esa antonimlar ishtirokida yasalgan bitta lеksеmadir, binobarin, bitta lеksеmaning yolg‘iz o‘zi antonim hisoblanmaydi. Shuningdеk, bor va borma kabi so‘z shakllari ham antonimlar dеb qaralmaydi, chunki antonim bo‘lish uchun, yuqorida aytib o‘tilganidеk, albatta ikkita so‘z (lеksеma) mavjud bo‘lishi, bu ikki so‘z o‘zaro zid ma'no ifodalashi shart, bor va borma esa ikkita lеksеma emas, balki bitta bor lеksеmasining (fе'lning) bo‘lishli (bor) va bo‘lishsiz (borma) shakllari, xolos. Dеmak, bunda ham antonimik juftlik yo‘q.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish