O’zbekiston geografiyasi fanidan mustaqil ishi o’zbekistonning daryo va ko’llari Reja



Download 2,21 Mb.
bet1/6
Sana21.05.2022
Hajmi2,21 Mb.
#605816
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekiston geografiyasi...Abdumalikov Asror


Toshkent viloyati
Chirchiq davlat pedagogika instituti
Turizm fakulteti Turizm(faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)sirtqi 1-kurs
talabasi Abdumalikov Asrorning
O’zbekiston geografiyasi fanidan
MUSTAQIL ISHI



O’zbekistonning daryo va ko’llari
Reja:


1.O’zbekiston daryolari
2.O’zbekiston ko’llari
3.O’zbekiston yerosti suvlari


O’zbekiston daryolari

Respublikamiz daryolari berk havzaga kiradi va ular hudud bo‘yicha notekis taqsimlangan. Daryolar, asosan, tog‘lardan boshlanadi, tekislikka chiqqach, sug‘orishga sarflanib, yerga shimilib, bug‘lanib, suvi kamayib qoladi, ayrimlari cho‘llarda tugaydi.


O‘zbekiston daryo tarmoqlarining zichligi hudud bo‘yicha bir xil emas. Tekislik qismida daryolar juda siyrak bo‘lib, har kv km maydonga daryoning 20 m uzunlikdagi qismi to‘g‘ri keladi. Aksincha, tog‘ va adirlarda daryolar tarmog‘i zich. Bunga asosiy sabab, tog‘larda tekislikdagiga nisbatan yog‘inlar ko‘p tushadi, harorat pastligidan mumkin bo‘lgan bug‘lanish va shimilish kam bo‘ladi. Natijada, yog‘inning ko‘p qismi daryo oqimiga aylanadi.


O‘zbekistonning tog‘ daryolari tor o‘zanda tez, shiddat bilan oqadi. Ular, asosan, tagini yuvib, sharshara va ostonalar hosil qiladi. Tekislikka chiqqach esa keng vodiyda tarmoqlanib, sekin oqadi.


O‘zbekiston daryolari to‘yinish jihatidan ham bir xil emas. Respublikamizdagi Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, Norin, So‘x, Isfara kabi daryolarning bosh qismi 4500 m dan baland tog‘lardagi muzliklar va doimiy qorlarning erishidan to‘yinadi. To‘linsuv davri iyul — avgustga to‘g‘ri keladi, chunki yoz oylarida havo haroratining ko‘tarilishi tufayli muz va qorlar tez eriydi.


O‘zbekistonning 3400 m balandlikdan boshlanuvchi Sirdaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Surxondaryo kabi daryolari qor va muz suvlaridan to‘yinadi. Bu daryolarda suv may —iyun oylarida ko‘payib ketadi. Suvining kamayishi dekabr — fevral oylariga to‘g‘ri keladi.


Respublikamizda Qashqadaryo, G‘uzordaryo, Sangzor, Ohangaron, G‘ovasoy kabi daryolar balandligi 3400 m dan ortmaydigan tog‘lardan boshlanadi. Bu daryolarning suvi ertaroq, ya’ni aprel — may oylarida, qorlarning erishi natijasida ko‘payadi va yillik oqimning 60 foizi shu oylarga to‘g‘ri keladi. Yozda daryolar suvi kamaya boshlaydi.

O‘zbekistonning 2000 m dan past tog‘laridan boshlanuvchi Zominsuv, Sheroboddaryo, To‘sunsoy kabi daryolari, ko‘plab soylar, qor-yomg‘ir va yerosti suvlaridan to‘yinadi. Shu sababli bu daryolarning suvi bahorda — aprel — may oylarida ko‘payadi va yillik oqimning 80 foizini tashkil etadi. Aksincha, yozda daryolar suvi juda kamayib, ba’zi soylarning suvi qurib qoladi.


O‘zbekiston daryolari tog‘li qismida shiddat bilan oqishi sababli ularning ko‘p qismi muzlamaydi. Faqat nishab kam bo‘lgan keng vodiylardagina qisman yoppasiga muzlashi mumkin. Tekislik qismidagi daryolari esa bir-ikki oy muzlaydi, lekin respublikaning janubiy qismidagi daryolar muzlamaydi.




Amudaryo O‘rta Osiyoning eng sersuv va suv yig‘adigan maydoni juda katta bo‘lgan daryosidir. Daryoni qadimda arablar Jayxun, yunonlar Oks, mahalliy xalqlar Omul deb atagan.

Sirdaryo O‘rta Osiyodagi eng uzun (Norin daryosining boshlanish joyidan — 3019 km) daryo hisoblanib, sersuvligi jihatidan Amudaryodan so‘ng, ikkinchi o‘rindadir. Sirdaryoni arablar Sayxun, yunonlar Yaksart deb atagan.


Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish