Noyob o’simliklarni aniqlash topish va ularni ko’yishtirish ishlari.
Hech o‘ylab ko'rganmisiz, agarda qo`limizni kesib olsak nima uchun yaraga bargizub qo'yishni maslahat berishadi? Nimaga yoshligimizdan sarimsoqpiyoz va limonni ko‘p yedirishadi? Sog'lom bo'lasan, kamroq shamollaysan deyishadi.
Barmog'imiz shishib qattiq og'risa, hamma sabur (aloe) bargini qo'yishni tavsiya etadi. Og‘riq va o‘simliklar o‘rtasida qanday aloqa bor?
Ma’lum bo'lishicha, ayrim o'simliklar ajoyib davolash xususiyatlariga ega ekan. Ularni bilish nafaqat qiziq, balki foydadan xoli emasdir.
O‘simliklaming xususiyatlarini kashf etish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Qadimgi odamlar ayrim o'tlar ularni turli og'riqdan xalos etishini sezishgan. Bunda ularga yaralangan va kasal boigan hayvonlar yaxshi yordam bergan. Ular o'simliklar orasidan o‘zlariga kerakli bo`lgan "dorilami” tanlashgan. Masalan, hozirgi kunda bezgakni davolashda keng qo'llanadigan xinin daraxtining davolash xususiyatlarini Janubiy amerikaliklar puma (yovvoyi mushuk)ni kuzata turib bilib olishgan. Ular kasallikka chalinganda xinin daraxtining po'stloqlarini g’ajishgan.
Barchamiz qahvani juda yaxshi ko‘ramiz. Arab afsonalarida aytilishicha, uning noyob xususiyatlarini echki boqib yurgan bir cho'pon topgan emish. U echkilarni kuzata turib shu narsaga amin bo‘libdi-ki, qahva mevalarini yegan echkilar o‘zlarini tetik tutar va kun bo'yi uxlamas ekan.
Ko'plab xalqlarda o‘simliklaming shifobaxsh xususiyatlan g'ayntabny deb hisoblangan va ushbu o‘tlar bilan davolash muolajalari bilan folbin va shamanlar shug’ullangan.
O‘simliklar bilan davolanish uchun bizga nima xalaqit beradi? Bu juda oson-ku. Tog‘larimizda juda ko‘p dorivor o‘simliklar bor, biz esa ularning yonida yurib e’tiborbermaymiz.
Mana malina butasi - uning mevalari nafaqat mazali, balki foydalidir. Agar sizning isitmangiz baland bo‘lib, tomog‘ingiz og‘riyotgan bo‘lsa, u holda malinali qaynoq choy ichib, yaxshilab o‘ranib yotishingiz kerak.
Momaqaymoqning nafis sariq gullarini eslang. Ulardan gulchambarlar yasaladi va undan bahor salati tayyorlanadi, ildizlaridan jigar kasalligida yordam beradigan damlama tayyorlanadi.
Agarda oyingiz asabiylashsa va yoki qattiq hayajonlansa, buvingiz u kishiga "Valeriana” beradi, bu dori ham valeriana ildizidan tayyorlangan damlamadir va u tinchlantiruvchi xususiyatga ega.
Barchamiz sevib iste’mol qiladigan yashil no‘xot isitmasi baland bemorlarga yordam beradi, uning qaynatmasini issiq kunlarda ichish tavsiya etiladi.
Piyoz bilan sarimsoqpiyoz alohida moddalar - fitonsindlarga boy, ular esa mikroblami o‘ldiradi, shuning uchun kuzda hamda qishda aksirib va yo‘talib yurgan kishilarga ular yaxshi foyda beradi.
Yalpiz juda xushbo‘y o‘simlikdir, agar uning barglarini damlab asal bilan ichilsa, anginada yaxshi yordam beradi.
Xushbo'y choy va damlamalar bilan davolanish ukol va tabletkalardan ko’ra ancha yoqimlidir.
Foydali va ajoyib o‘simliklardan у ana biri aloedir. Uni Iskandar Zulqarnay davrida ham juda qadrlashgan. Undan tayyorlangan dori "Sabur” deb atalgan va oddiy yaralardan tortib to sil kasalini davolashgacha qo‘llanilgan. Hozir u deyarli har bir xonadonda bor. Ushbu o‘simlik tomoq og‘riganda, yaralar yiringlaganda, ishtaha yo‘qolganda yordam beradi.
Shunday "yashil dorixonalami” deraza tokchalarida parvarish qilish ma’qul bo‘lar edi. Ammo ushbu o‘simliklar ochiq havoda, quyoshda, chang yo‘llar va yirik shaharlardan uzoqroqda yetishsagina shifobaxsh xusuSiyatlarga ega bo‘ladi.
"Hayot ildizi” - jenshenni hamma yaxshi biladi. Ushbu o‘simlikning ildizlarida shifobaxsh xususiyatlar juda ko‘pdir. Jnshen Manjuriyaning eng uzoq burchaklaridan topilgan.
Yoz kunlari toqqa chiqsangiz dorivor o‘simliklardan xushbo‘y toshcho‘pni, dastorboshning oq soyabonlarini va boshqa shifobaxsh o‘tlami izlab topishga harakat qiling.
0‘simliklami terishdan oldin oddiy qoidaga amal qilishni unutmang:
Katta shahar va zavodlar yaqinidagi yo‘llar chetidan shifobaxsh o‘simliklami yig‘ib bo‘lmaydi.
0‘simlikni yig‘ish vaqti va qaysi qismi noyob xususiyatlarga ega ekanligi haqida bilishimiz kerak.
O'simliklami juda ehtiyotkorlik bilan yig‘ish kerak, ular orasida xavfli va zaharlilari borligini unutmang.
Ko‘pincha emanning po‘stlog‘i, qizilmiyaning ildizlari, aloening barglari, momaqaymoqning esa bargi, ildizi va gullari ham dorivor sifatida ishlatiladi.
Agar shifobaxsh о ‘simliklar haqida barcha ma’ lumotlarga ega bo ‘lmoqchi bo‘lsangiz, ko’plab maxsus kitoblami o‘qish kerak. Ushbu mehnatingiz katta foyda keltiradi degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |