II. Asosiy qism
Floraning sistematik tarkibi.
O'zbekiston hamda Markaziy Osiyoning o'simliklar qoplami to'g'risida (uning ayrim hududlari bo'yicha) regional monografiyalar nashr qilindi. (Korovin 1934, 1961-1962, Drobov 1950, M.Zokirov 1956, Muzaffarov 1958, Granitov 1964-1967, Arifxanova 1967.)
1971-1984 yillar mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo'lib O'zbekiston o'simliklar qoplamiga bag'ishlangan monografiya tugallandi. Oxirgi ma'lumotlar bo'yicha O'zbekiston florasi 4000 tur atrofida, ular to'g'risidagi ma'lumotlar birinchi jadvalda byerilgan.
Ulardan ma'him bo'lishicha, floramizdagi eng katta oilalar (boshqa floralarda ham shular kabi) murakkabguldoshlar, dukkakguldoshlar, g'alladoshlar, butguldoshlar, labguldoshlar, soyabonguldoshlar va shu kabilar. Ularga tegishli bo'lgan katta turkumlar esa quyidagilar.
Astragalus
|
224 tur
|
Cousinia
|
136 tur
|
Calligonum
|
74 tur
|
Allium
|
68 tur
|
Salsola
|
49 tur
|
Polygonum
|
44 tur
|
Carex
|
44 tur
|
Floramizdagi endemizm uncha yuqori emas 4000 atrofidagi turlarning 39 tasi yoki 9,2% endem turlar hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash joizki, agarda Markaziy Osiyoning 7000 atrofida florasi bo'lgan bo'lsa, ularning 3336 turi yoki 46% endem xisoblandi.
Respublikamiz florasining vyertikal zonalar (poyaslar) bo'yicha tarqlishini quyidagicha - jami 3737 turdan 1100 ga yaqini cho'lda, 1330 tasi adirda, 1523 tasi tog'da va 555 turi yaylov zonasida tarqalgan.
Ko'rinib turibdiki, eng ko'p turlar tog'larda, eng kamlari yaylov zonalarida tarqalgan. Ma'lum bo'lishicha, cho'l zonasida eng ko'p sho'radoshlar, g'alladoshlar, murakkabguldoshlar uchrasa, adirlarda dukkakdoshlar, g'alladoshlar va soyabonguldoshlar o'sar ekan. Floraning hayotiy shakllarini Raunkiyer sistemasi bo'yicha xisoblasak, eng ko'p guruhni ko'p yillik, patak ildizli o'simliklar (gemikriptofit) tashkil qiladi. Keyingi o'rinlarda tyerofit, fanyerofit, hamefit va kriptofitlar turadi.
Demak floramizda ko'p yillik o'tchil o'simliklar ko'p ekan, ular chorva mollari uchun muhim ozuqa manbai sanaladilar. Ular katta-katta maydonlardagi o'tloqzorlar va pichanzorlardan iborat. Xuddi shu guruhga bug'doyiq, paqpaq, qo'ng'irbosh, qorabosh, sug'd shuvog'i, oqshuvoq, chair, betega, prangos, fyerulalar kiradi.
Tabiiy floramizning eng ahamiyatli daraxtlaridan Yong'oq, olma, tog' olcha, bodom, pista, do'lana, ziriklar hisoblanadi. Shuni ta'kidlash joizki floramiz orasida juda ko'p turlar dorivor, alkaloid, glikozid, efirmoyli, bolli, saponinli, taninli hisoblanib, xalq xo'jaligida katta ahamiyatga egadir. Yana shu narsa e'tiborga moilki 301 tur o'simliklarimizni tabbiy zaxiralari qisqarib, ular muhofazaga muxtoj bo'lib qolgan va shu bois ular O'zbekistonning "Qizil kitobi"ga kiritilgan.
Ma'lumki o'simliklar dunyosini tarqalishida orografik omillar muhim rol o'ynaydi. Bu omilning asosiy va birinchi belgisi shuki, o'simliklar dunyosi ma'lum tik mintaqalar bo'yicha tarqaladi. Bu mintaqalarni zonalar yoki vyertikal poyaslar deb yuritiladi. Har qanday tik mintaqalarning o'zining iqlim sharoiti, tuprog'i, rel'efi, landshaftlari bo'lib, ularga xos ravishda esa o'simlik va hayvonot dunyosi bo'ladi.
O'zbekiston hamda Markaziy Osiyo uchun Q.Z.Zokirov (1956) mintaqalar va ular bo'yicha o'simliklar olamini tarqalishini asoslagan. Bu olimning asoslashi bo'yicha bizda bir-biridan keskin farq qiluvchi 4 ta zona (poyasni) bo'lib, bularga xos ravishda o'simliklar qoplami tarqaladi. Bunday zonalar quyidagilar: cho'l, adir, tog', yaylov. Ushbu zonalar har taraflama bir-birlari bilan farq qilishadi, ularning har birini dengiz satxidan balandligi tuprog'i, iqlim sharoiti, atmosfyera yog'inlarining miqdori va boshqalar.
Shunday qilib, o'simliklar olami vyertikal zonalar (poyaslar) bo'yicha tarqalish qonuniyatiga ega. Buning asosida esa o'simliklarning muxit va orografik omillariga yaxshi moslanuvchanligi yotadi, aks holda o'simliklarning xayot tarzi to'xtab qoladi. Quyida biz ushbu vyertikal zonalar bo'yicha o'simliklar olamini tarqalishini, ularning asosiy xususiyatlarini qisqacha ta'riflaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |