O'zbekiston dunyo hamjamiyatida tutgan o'rni


O'ZBEKISTON DUNYO HAMJAMIYATIDA TUTGAN O'RNI



Download 20,56 Kb.
bet4/5
Sana04.06.2022
Hajmi20,56 Kb.
#636784
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'ZBEKISTON DUNYO HAMJAMIYATIDA TUTGAN O\'RNI

O'ZBEKISTON DUNYO HAMJAMIYATIDA TUTGAN O'RNI
Bandlik muammosini hal etish, oilalar farovonligini oshirish, demakki, kambagʻallik bilan kurashishda kichik biznes va xu­susiy tadbirkorlikni rivojlantirish muhim oʻrin tutadi. Bugun mehnatga layoqatli inson oʻzi uchun daromadli mashgʻulot topa oladi. Masalan, bu yil faqat “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish uchun 4 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltiriladi. 370 mingdan ortiq vatandoshlarimiz oʻzini oʻzi band qilganlik haqida roʻyxatdan oʻtib, soliqlar boʻyicha imtiyozga ega boʻldi. Fargʻona viloyatining qishloq tumanlarida yoʻlga qoʻyilib, ijobiy natija bergan, aholining biznes va tadbirkorlik bilan shugʻullanish koʻnikmalarini shakllantirish tajribasini barcha viloyatlarda joriy etish koʻzda tutilmoqda.
Tizimli va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan choralar tufayli kam taʼminlanganlar toifasiga kiruvchi, lekin mehnatga yaroqli aʼzolari boʻlgan oilalarning soni sezilarli ravishda kamayadi. Demak, biz “beshinchi otliq”qa qarshi jang qila olamiz. Lekin bunday kurashni global darajada ham olib borish kerak. Shuning uchun Prezidenti­miz oʻz nutqida tobora tashvishli ohang kasb etayotgan qashshoqlikning ovozi butun dunyo hamjamiyatini, barchamizni bezovta qilishi zarurligini qayd etar ekan, shu munosabat bilan qashshoqlikni tugatish va kambagʻallikka qarshi kurashishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu ­masalalarga bagʻishlangan global sammitni oʻtkazishni taklif etdi.
Farovonlik umumiy harakatni talab etadi
BMT Bosh Assambleyasi yubiley sessiyasining shiori — “Umumiy harakatlar bilan umumiy kelajak sari” — tashkilotga kiruvchi 193 davlatning xohish-irodasini aks ­ettiradi. Bunday kelajakka har bir insonning asosiy ehtiyojlarini taʼminlamay ­turib erishib boʻlmaydi.
Pandemiya koʻpgina tarmoqlarga katta zarar yetkazdi. Kundalik ehtiyojlar masalasi ham keskinlashdi. Xalqaro hamjamiyat bong urmoqda.

BMT tarkibiga kiruvchi Butunjahon oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisli oziq-ovqat yetishmasligidan aziyat chekayotgan odamlarning soni ortib borayotganini aytib oʻtdi va “Juda katta koʻlamdagi ochlik muammosi bilan bogʻliq xavf qarshisida qolishimiz” ehtimoli borligi haqida ogohlantirdi.


Antoniu Guterrish oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va isteʼmol qilishga boʻlgan yondashuvni tubdan oʻzgartirish, barchani oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlarni kelishilgan holda amalga oshirishga chaqirdi. BMT Bosh kotibi 2021-yilda Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning dolzarb muammolariga bagʻishlangan sammit oʻtkazishni taklif etdi va bu taklif Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan maʼqullandi.
Ekspertlar fikricha, ushbu sammit faqat nav­batdagi tadbir boʻlib qolmay, balki 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga ­erishish boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlarda tub burilish yasashi lozim.
Aholisi tez surʼatlarda oʻsayotgan Oʻzbekiston uchun oziq-ovqat xavfsizligini mus­tahkamlash birinchi galdagi vazifa. ­Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimiz bu muammoga duch kelgan: koʻpgina oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan keltirilganligi sababli ocharchilik xavfi vujudga kelgan va bu biz uchun katta saboq boʻlgan.
Keyingi paytda qishloq xoʻjaligi tubdan isloh qilindi. Paxta maydonlari qisqartirilib, boʻshagan yerlarga boshoqli don, meva-sabzavotlar ekildi. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlar rivojlanmoqda. Respublikamiz oziq-ovqat sanoati quvvatlarini koʻpaytirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlamoqda. Endi uni mustahkamlash vazifasi turibdi.


Download 20,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish