Moliya bozori – resurslarni taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlovchi moliyaviy tizim. Moliya bozori valyuta, real kapitallar, qimmatli qog‘ozlar bozorlarini hamda fond birjalarini o‘z ichiga oladi.
Monopoliya (yunoncha – “mono” – tanho, “polio” – sotaman)–iqtisodiyotning biron-bir sohasida yakka hukmronlik.
Mulkchilik – kishilar o‘rtasida ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsulini o‘zlashtirish yuzasidan paydo bo‘lgan va tarixan aniq bir shaklda namoyon bo‘luvchi ijtimoiy munosabatlar.
Narx (baho) – tovar qiymatining pul shakli; bozor iqtisodi mexanizmida amal qiluvchi iqtisodiy dastak.
Do'stlaringiz bilan baham: |