O’zbekiston Davlat Standartlashtirish Tashkiloti va uning faoliyati



Download 29,94 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi29,94 Kb.
#723545
Bog'liq
standartlashtirish shahzod


O’zbekiston Davlat Standartlashtirish Tashkiloti va uning faoliyati
Reja
1.Standartlashtirish tizimi
2.Xalqaro sertifikatlashtirish haqida tushuncha
3.Tashkilot vazifalari va funksiyalari
4.Tashkilot to’g’risidagi qonuniy hujjatlar

O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga asossan O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.


Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:

  • xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O’zstandart» agentligi);

  • qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;

  • tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;

  • tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika sohasida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida - O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;

  • mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida - O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.

Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi «Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6240 -son Farmoniga asosan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Texnik jihatdan tartibga solish agentligi) tashkil etildi.Texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi «O‘zstandart» agentligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi PQ-5054-sonli “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi tarkibida 2021 yil 12 iyulda Davlat reyestrida O‘zAK MT.0013 raqam ostida ro‘yxatdan o‘tgan menejment tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha organ (keyin – MT SO) akkreditatsiyadan o‘tdi. MT SOning faoliyat doirasi mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari, tog‘ chang‘i trassalari, plyajlar kabi sport ob'ektlari, ovqatlanish ob'ektlari, shu jumladan restoranlar va boshqa ob'ektlarni akkreditatsiya doirasiga muvofiq O‘z DSt ISO 9001, O‘z DSt ISO 14001, O‘z DSt ISO 22000, O‘z DSt ISO 45001, O‘z DSt ISO 50001 standartlar bo‘yicha menejment tizimini sertifikatlashtirishni o‘z ichiga oladi.
MT SO mutaxassislari ham milliy, ham xalqaro organlarda menejment tizimini sertifikatlashtirishda, shuningdek yuqorida qayd etilgan standartlar bo‘yicha o‘qitishda amaliy tajribaga egalar. Sifat menejmenti tizimining (SMT) joriy etilishi bozor rivojlanishining qonuniy bosqichidir. Muvaffaqiyatli korxonalar past sifatli xizmat ko‘rsatish xavfini kamaytiradigan, samarali ishlaydigan menejment tizimini yaratadilar. Har bir xodim o‘z ish joyida sifatni ta'minlashi uchun xodimlarning fikrlash tarzini o‘zgartirish kerak. Shuning uchun menejment tizimlarini joriy etishda kadrlarni o‘qitish standartlar talablari bilan bir qatorda muhim omil hisoblanadi. Menejment tizimining samarali ishlashi nafaqat korxona imidji, balki tashqi (MT SO) va ichki (ichki audit, rahbariyat tahlili) doimiy nazorat, shuningdek iste'molchilarning ishonchi hisoblanadi.Sifat menejmenti tizimini (SMT) joriy qilish – bu bozor rivojlanishining qonuniy bosqichidir. Muvaffaqiyatli korxonalar sifatsiz xizmatlar ko‘rsatish xavfini kamaytiruvchi samarali faoliyat yuritadigan menejment tizimini yaratadilar.
O‘z DSt ISO 9001 davlat standarti bo’yicha sertifikatlashtirishning afzalliklari:

  • tashkilotda boshqaruv sifatini oshirish;

  • ishlab chiqarish jarayonlarini mijozlar uchun shaffof qilish;

  • kompaniya ishining samaradorligini oshirish;

  • xavflarni pasaytirish;

  • xizmatlar va tayyor mahsulotning sifati va xavfsizligini oshirish

  • tekshiruv va auditlar o’tkazishda ishonchga erishish

  • korxona mavqeini oshirish

  • xato va nomuvofiqliklarni o’z vaqtida oldini olish yo’li bilan ular miqdorini kamaytirish

  • sifat menejmenti tizimini tarmoq tizimlari bilan integratsiyalash

  • rahbariyat va xodimlar o’rtasida javobgarlikni taqsimlash

O‘z DSt ISO 14001 davlat standarti bo‘yicha sertifikatlashtirishning afzalliklari:

  • tabiiy resurslardan yanada samarali foydalaniladi, xarajatlar esa qisqartiriladi. Tashkilotning samaradorligi oshadi;

  • mahsulot va xizmatlar taqdim etilayotgan insonlar ekologik sezuvchanlikka ishonch hosil qiladilar.



O‘z DSt ISO 45001 davlat standarti bo‘yicha sertifikatlashtirishning afzalliklari:

  • sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi menejmenti tizimini yaratish, qo‘llab-quvvatlash va yaxshilash;

  • ishchilar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari xavf-xatariga uchrashi mumkin bo‘lgan xavflarni bartaraf qilish yoki kamaytirish;

  • mehnat xavfsizligi va sog’liqni muhofaza qilish sohasida tashkilot siyosatini amalga oshirish;

  • manfaatdor iomonlarga ISO 45001 standarti talablariga o‘z muvofiqligini namoyon qilish;

  • o‘z-o‘zini baholash va o’zining ushbu standart talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash.



O‘z DSt ISO 50001 davlat standarti bo‘yicha sertifikatlashtirishning afzalliklari:

  • energiya ta'minoti samaradorligini baholashning shaffofligi va xolisligi;

  • xarajatlarni qisqartirish;

  • atrof muhitning ifloslanishini pasaytirish va tabiiy resurslarni saqlash.

Standartlarni joriy qilish haqiqiy foyda keltiradi, xususan: tashkilotni boshqaruv tizimini optimallashtirishga imkon beradi, ayrim xizmatlarni qisqartirish yoki yo’nalishini o’zgartirish, barcha darajalarda jarayonlarni va xodimlar bilimini nazorat qilish, xavflarni aniqlash va ularni kamaytirish imkonini beradi. Xizmatlar iste'molchilari uchun korxona xalqaro standartlar talablarini bajarilishi muhimdir. Iste'molchilarning ishonchi yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi.«O’zstandart» agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar.Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llaniladi:

  • xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;

  • O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari;

  • tashkilotning standartlari;

  • xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.

Davlat yagona uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi.Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi «O’zstandart» agentligi tomonidan belgilanadi.Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo‘llash tartibini «O’zstandart» agentligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida belgilaydilar.Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan o‘zgartishlar «O’zstandart» agentligi organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. «O’zstandart» agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi.Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xavfsizligini, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik faoliyati sub’ektlari rioya etishi uchun majburiydir.Import mahsulot, basharti u O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini «O’zstandart» agentligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi”ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amaliy jihatdan amalga oshirilishini taʼminlash;

  • standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyadan oʻtkazish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  • standartlashtirish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini hamda mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, ularnining xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uygʻunlashtirilishini taʼminlash;

  • mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning sifati va xavfsizlik talablariga rioya qilinishi va isteʼmolchilar huquqlarini notoʻgʻri oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

  • mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish;

  • mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va mahsulotlarni texnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;

  • eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yoʻnaltirilgan hamkorlikni faollashtirish;

  • texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taʼminlashda ularning samaradorligini oshirish;

  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;

  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish;

  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalarida tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmaklashish;

  • texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning talablariga, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligi taʼminlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;

  • davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil etiladigan standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda taʼminlash;

  • standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning xalqaro talablar bilan zarur uygʻunlashtirish darajasiga erishish.

“Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” oʻz faoliyatini amaldagi Qonunchilikka koʻra bevosita va quyi tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”gi qonuni
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi №PF-5624-sonli «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni "O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish to’g’risidagi qonuni

  2. Lex.uz sayti

  3. ‘’Metrologiya va Standartlashtirish’’ to’g’risida huquqiy normativ hujjatlar

Download 29,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish