O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, axborot gazetasi


Sochmoq ovuch birla guhar ot uchun



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana31.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#228606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
IP-2019-7-8

Sochmoq ovuch birla guhar ot uchun

Naqd etak birla mubohot uchun. 

Aql hisobidan erur bas yiroq,

Buxl bu judungdin erur yaxshiroq.

Ma’nosi:  Ot  chiqarmoqni  kо‘zda  tutib  gavharlarni  hovuch-hovuch  har  tarafga 

socha  bermoq,  Mubohot  (maqtanmoq)  uchun  etak  tо‘la  oqchalarni  behudaga  sarf 

etmoq aqllilikdan emas (demak, aqlsizlikdan nishona – A.Q.). Buningdek soxta qо‘li 

ochiqlilikdan baxillik yaxshiroqdir.

Bо‘ldi bu ish mast ila majnun ishi,

Mast ila majnun nega bо‘lg‘ay kishi!

Ma’nosi: Bunday ishni mastlar va jinnilargina qilmoqlari mumkin. Mast ila 

jinnilarni esa odam deb atamoq mumkinmi? (yо‘q!).

 

Shu munosabat bilan bir о‘zim shohid bо‘lgan voqeani hikoya qilib bersam.



Bir mahallar mahallada bir ommaviy tadbir о‘tkazildi. Yaxshi gaplar aytildi. 

Sо‘ng osh tortildi. Tadbirga bir ashulachi taklif qilingan ekan, u yoqimli ashulalar 

aytib berdi. Odamlar tarqala boshlagach, men о‘sha ashulachiga minnatdorlik izhor 

etmoqchi bо‘lib uning yaqiniga keldim va о‘ltirdim. U kishi о‘z ashulasini davom 

ettirmoqda. Odamlar tarqalib ketganlar. Ashulachining yonida bir odam о‘ltiribdi. 

Uni tanimadim, avvallari  kо‘rmagan ekanman. Men minnatdorlik bildirmoq uchun 

sо‘zimni ayta olmas edim. Chunki ashulachining yonida о‘ltirgan odam g‘irt mast. 

U dam u chо‘ntagidan, dam bu chо‘ntagidan pullarni chiqarib, ashulachi oldiga 

tashlar edi. Shuning uchun ashulachi tо‘xtamay ashulasini davom ettirardi. Mastda 

pul  kо‘p  ekan,  u  ayamay  о‘zida  bor  pullarni  sovurmoqda  edi.  Shuning  uchun 

ashulachining bо‘yin tomirlari shishib chiqib, yuzi qip-qizil bо‘lib ketgan bо‘lsa 

ham ashula aytishdan tо‘xtamas edi. Oxiri mast yana bir qancha pulni ashulachi 

oldiga  tashladi-da,  о‘zi  о‘rnidan  turib  ashulaga  moslanib  о‘yinga  tushib  ketdi. 

(Agar  bu  kimsaning  besо‘naqay  harakatlarini  о‘yin  deb  atash  mumkin  bо‘lsa). 

Men tushundimki, ashulachiga mening minnatdorligim kerak emas, unga badmast 

isrofgarning pullari kerak. Shu sababli paytdan foydalanib о‘zimni chetga tortdim.

О‘shanda  Navoiyning  “mast  ila  majnun  nega  bо‘lg‘ay  kishi”  degan  misrasi 

esimga tushdi. Mastlik bilan qilinayotgan “naqd etak birla mubohot” mening 

nafratimni qо‘zg‘atdi. Shunday ahmoqona qiliqlardan saqlanish lozimligini anglatish 

maqsadida bu noxush voqeani hikoya qilmoqdaman. Alisher Navoiy qanchalik karam 

va saxovatni ulug‘lamasin, u shunchalar qit’iyat bilan chirkin isrofgarchiliklarni ham 

rad qilar edi. 

Navoiy  ogohlantiradiki,  och  bо‘lmaganlarga  dasturxon  yozish,  yalang‘och 

bо‘lmaganlarga  tо‘n  kiygizish  noо‘rin  va  qilinmasligi  kerak  bо‘lgan  ishlardir. 

Bunday ishlar xuddi yuzlab yilqilari bor odamga bir ot tortiq qilish yoki quyosh nurini 

kuchaytiraman deb kuppa-kunduz kuni yuzta sham yoqib qо‘ymoq bilan barobar. 

Shuning singari, bu ishlar bulutning qaqrab yotgan bog‘, dalalar ustidan uchib о‘tib, 

yomg‘irini tog‘u toshlarga yog‘dirganiga  о‘xshab ketadi.

Shulardan ma’lum bо‘ladiki, inson tom ma’noda karam va saxovat egasi bо‘lmog‘i 

kerak. U hamisha о‘zida borini о‘zgalar bilan baham kо‘rishi, muhtojlarning ehtiyojini 

qoplamoqqa harakat qilishi lozim. Yana Navoiy uqtiradiki, chin saxovat, birinchi 

navbatda, hech qachon hech kimdan hech narsa kutmaslik, tama’ qilmaslikdadir.




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish