O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, axborot gazetasi


Kо‘kragimdur subhning pirohanidin chokroq



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana31.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#228606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
IP-2019-7-8

Kо‘kragimdur subhning pirohanidin chokroq,

Kiprigim shabnam tо‘kilgan sabzadin namnokroq.

Bu kо‘ngil g‘amnokidin to shodmon kо‘rdim seni,

Istaram har damki о‘lg‘ay xotirim g‘amnokroq.

Layli andin qо‘ydi Majnun kungilda rohat g‘amin

Kim, yо‘q erdi manzil ul vodiyda andin pokroq.

О‘yla mijgon xanjariga yopishubdur dard aning –

Kim, magar andin tinim yо‘qdur vale bebokroq.

Lablaringdin jon olurda barcha el quldur sanga,

Jon berurda bir qulung yо‘q bandadin cholokroq.

Odamiylik tuprog‘in bersa fano yeriga charx,

Ohkim, yо‘qtur kishi ahli fanodin xokroq.

Necha о‘qlonsa Navoiy kо‘ngli zaxmin chok bо‘lur,

Kо‘rmadik, zaxmini tikkan sori bо‘lgay chokroq.

Navoiyning boshqa nodir g‘azallari qatori bu “roq” radifli g‘azali ham о‘z vaqtida 

muxlislariga yetdi, hofizlar uni kuyga solib kuyladilar, bu mashhur, о‘lmas kuyning 

nomi ham “roq” deb ataladi, bu kuy Navoiyning g‘azali bilan asrlar osha bizning 

davrimizga yetib keldi, uni tо‘y-tantanalarimizda atoqli hofizlarimiz tomonidan zavq-

shavq bilan kuylanib, kishilarimizga ruhi g‘izo baxsh etmoqda.

Alisher Navoiyning Sobir Abdulla tomonidan О‘zbekiston Fanlar akademiyasining 

muhbir a’zosi Mirza Abdulla Boqiydan eshitib keltirilgan bu kichik hikoyasidagi 

“chokroq – namnokroq” qofiyasi bilan boshlangan g‘azali va Samarqandda yozilgan, 

deb  taxmin  qilingan  juda  kо‘p  lirik  manzumalari  haqidagi  naqllarni  manbalarga 

solishtirib asoslash navoiyshunosligimizning muhim vazifalaridandir. Har holda 

shunday izlanishlarning davom etabergani yaxshi va uning navoiyshunoslik kabi katta 

ishga ozmi-kо‘pmi foyda keltirish shubhasizdir”.

Biz  nima  uchun  bugungi  ushbu  ma’lumotlarni  keltirishni  ma’qul  kо‘rdik?    Bu 

hikoyadan yana bir bor buyuk Navoiyning mardligi, insoniyligi va saxovatpeshaligiga 

guvoh bо‘lamiz. E’tibor bering, Navoiy bu matlani hech kimdan ruxsat sо‘ramasdan 

olishi va davom ettirishi mumkin edi. Uning muallifi noma’lum, aytayotgan shaxs 

esa hech qanday martabaga ega bо‘lmagan bir gado edi. Qolaversa, Navoiy Hirotda, 

gado esa Samarqandda, hech kim bu g‘azalning kimga oidligi bilan Navoiydek inson 

bilan tortishmaydi, gado ham Samarqandda bu g‘azalga da’vogarlik qilishga imkoni 

ham, qudrati ham yetmaydi. Lekin Navoiy bir necha ming satrdan iborat g‘azallar 

sohibi bо‘lishiga qaramasdan, bu g‘azalni  uni qо‘shiq qilib aytayotgan insonni rozi 

qilib olishni maqsad qiladi. Ilk kо‘rishgan vaqtida Navoiy moddiy jihatdan unchalik 

qudratli bо‘lmagan, oradan о‘n yil о‘tib moddiy jihati ancha kuchli bо‘lganda yana 

Samarqandga kelib, ikki qator she’r uchun gado aytgan shartni mamnuniyat bilan 

qabul qiladi. Ya’ni Samarqanddan bir qancha mablag‘ evaziga uy-joy – hovli, yana 

tegirmon va eshak-arava sotib olib, gadoni rozi qiladi, uning kelajak avlodlari uchun 

hayot kechirish manbaini hozirlab beradi. Bu Navoiyning haqiqiy inson, mard va 

saxovatpesha shaxs bо‘lganligidan namuna emasmi?  

О‘zingiz  bir  mulohaza  qilib  kо‘ring:  bugun  ayrimlar  tomonidan  о‘zganing 

qо‘shig‘ini,  yaratgan  kuyini,  asarini  hech  tap  tortmasdan  surbetlarcha  о‘zlashtirish 

tobora  avj  olib  borayotgan  bir  davrda  bu  jihatdan  ham  buyuk  Navoiydan  о‘rnak 

olishimiz lozimdek kо‘rinadi. 

Shu  о‘rinda  muhtaram  ustozim,  filologiya  fanlari  doktori,  akademik  Azizxon 

Qayumovning 2011-yilda chop etilgan “Yoshlar tarbiyasida moddiy va ma’naviy 

hayot uyg‘unligi masalalari” nomli monografiyalarida ifodalangan о‘z hayotlaridan 

hamda Navoiyning karam va saxovat borasidagi о‘gitlaridan bir lavha keltirmoqni 

lozim topdik.

“Karam, saxovat – bu, imkoni bor kishilarning о‘z imkoniyatidan kelib chaqib, 

zoru muhtoj kishilarga marhamat qilmog‘i, yordam kо‘rsatmog‘i, ularga madadkorlik 

qilmog‘idir. Karam va saxovatning ziddi, ya’ni teskarisi bu ─ buxl, ya’ni baxillik, 

ochkо‘zlik,  qizg‘anish,  о‘zgalar  ehtiyojiga  beparvolik,  о‘z  mol-u  dunyosini  bosib 

yotib, ulardan hech kimga naf yetkazmaslikdir. Navoiy baxillik (buxl)ni qoralaydi, 

uni rad etadi.

Ayni  zamonda,  shoir  karamli,  saxiy  kishilarga  saxovat  qoidalarini  о‘rgatadi. 

Karam va saxovat qо‘lidan keladigan odam bu ishni aql-farosat bilan amalga oshirsin; 

saxovat va karam bilan isrofni farq qila bilsin. Agarda u ot chiqarish maqsadida, 

soxta shuhrat qozonishni kо‘zda tutib, duru gavharlarini hovuchlab socha bersa, bu 

aqlli  ish  bо‘lmaydi.  Bunday  behuda  isrofgarchilikdan  kо‘ra  baxillik  yaxshiroqdir, 

deb kinoya qiladi shoir: 

 

                    




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish