inliklaIrjtiimtoiziyi-miqtiisodiy
|
Ta’lim olish, erkin ijod qilish va aqliy (intellektual) mulkdan foydalanish huquqi
|
O’ziga tegishli ma’lumotga ega bo’liah huquqi
|
O’z mol-mulkidan erkin foydalanish huquqi
|
Xususiy mulkka egalik qilish hamdaMehnat layoqatini yo’qotganda ijtimoiy ta’minot olish huquqi
|
Tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoyalanish
|
Siyosiy
|
Davlat hokimiyatini tashkil etishda ishtirok etish
|
Davlat orgonlari va jamoat birlashmaligiga murojaat qilish huquqi
|
Tinch yig’ilishlar, mitinglar va namoyishlar o’tkazish huquqi
|
Davlat boshqaruvida o’z vakillari orqali va bevosita ishtirok etish huquqi
|
Inson (fuqaro) ning asosiy huquq va erk
Shaxsiy
|
Yashash huquqi
|
Sha’n va obro’ shaxsiy hayot sirlari dahlsizligi
|
Fikr e’tiqod va so’z erkinligi huquqi
|
Siyosiy faolligini oshirish huquqi
|
Turar joy daxlsizligi
|
О`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek "Insonning о`z huquq va burchlarini bilishi insonning Konstitutsiyaviy huquqlarining ta`minlanishini kafolatlaydi. Biz odamlardagi eski tuzum psihologiyasini о`zgartirishimiz va yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim, inson anglasinki, erkinlik - bu burch mas`uliyatidir". Konstitutsiyaga binoan О`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bо`lgan huquqlari va burchlari bilan о`zaro bog`liqdir. Har bir fuqaro qonun oldida tengdir va boshqa fuqarolarning millati, tili, dini va e`tiqodini hurmat qilishi shart. Fuqaro о`z huquq va erkinliklaridan foydalanganida, uning harakatlari boshqa shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetkazmasligi lozim. Shu bois shaxs qonun doirasidan chiqmagan holda о`z huquq va erkinliklaridan foydalanishi lozim. Agarda shaxs qonundan tashqari hatti-harakat sodir etsa, u holda qonun tomonidan jazolanadi.
Fuqarolar О`zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar Konstitutsiyasining 49-moddasi.1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Mudofaa tо`g`risidagi"gi qonunning ahamiyati kattadir. Ushbu qonunning 11-moddasida belgilanganidek, "О`zbekiston Respublikasining hududiy yahlitligini, mustaqilligini himoya qilish respublika fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi. Boshqa davlatlarning О`zbekistonda doimiy yashab turgan yoki vaqtincha turgan fuqarolari va fuqaroligi bо`lmagan shaxslar О`zbekiston Respublikasida harbiy hizmatga tayyorgarlik kо`rishga majbur emas.
Fuqarolarning harbiy va muqobil hizmatini о`tashlarida О`zbekiston Respubliksining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Muqobil hizmat tо`g`risida"gi va "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy hizmat tо`g`risida"gi qonunlari huquqiy asos bо`lib hizmat qiladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT GERBI
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida
«O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar
kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta
oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.
Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to’g’risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT
|
|
MADHIYASI
|
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
Abdulla Oripov so‘zi Mutal Burhonov musiqasi
|
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |