O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti


 Hujjatlarda tinish belgilarining ishlatilishi



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/66
Sana20.06.2022
Hajmi1,55 Mb.
#683745
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
Bog'liq
2 5202166961324169985

3.3. Hujjatlarda tinish belgilarining ishlatilishi 
Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, 
matn mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri 
qo‘yilishiga alohida e’tibor berish lozim. Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal 


28 
qilishni unutmang: — bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha harflar katta 
harflar bilan yozilishi kerak. Masalan: Tavsiyanoma emas, TAVSIYANOMA kabi; 
— hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qisqartirilmasdan to‘liq, bosh harflar 
bilan yozilish qoidalariga amal qilgan holda yoziladi; — hujjat matnining asosiy 
qismlari xatboshi bilan yozilishi shart. Qo‘shimcha qismlar asosiy fikrga bog‘langan 
tarzda undan so‘ng beriladi; — shaxsiy hujjatlarda izohlanayotgan «Men» so‘zidan 
va izoh so‘z birikmasidan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Men, Mahmud Qodirov, 
... Hujjat tayyorlash va ish yuritishda imlo me’yorlariga va tinish belgilarining to‘g‘ri 
qo‘yilishiga qat’iy amal qilish kerak. Hujjat matnida vergul, nuqtali vergul, ikki 
nuqta, qavs, tire nisbatan faol ishlatiladi. Unutmangki, hujjat nomi va matn 
sarlavhasidan keyin nuqta qo‘yilmaydi. Vergul hujjat matnida qoliplangan kirish 
birikmalaridan so‘ng, uyushiq va ajratilgan bo‘laklar, orasida, izohlovchi bilan 
izohlanmish o‘rtasida qo‘llanadi.
Masalan:
«Shuni hisobga olib,...», «Men, 2-kurs talabasi Umida Ikrom qizi,..», 
kabi. 
Hujjatchilikda imlo va tinish bеlgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kеrak. 
Hujjatning nomini bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdеk bosma matnda boshqa 
usul bilan, masalan, mazkur nomni to‘lig‘icha bosh harflar bilan yozish orqali ham 
ajratib ko‘rsatish mumkin. Lеkin hujjatning nomi bo‘lganligi uchun (sarlavhalardagi 
kabi) undan so‘ng nuqta qo‘yish shart emas. 
Nuqtali vergul
izohlanayotgan voqea-hodisa, narsalarning tartib raqami qavs 
bilan ajratilgan so‘z, birikma va gaplardan so‘ng qismlari mazmunan farqlanuvchi 
qo‘shma gaplar tarkibida ishlatiladi. 
Masalan:
Talabaning majburiyatlari: 
1) o‘quv yurti Nizomiga amal qilish; 
2) dars va boshqa o‘quv mashg‘ulotlarida faol qatnashish va boshqalar. 
Ikki nuqta
matn tarkibida izohlanayotgan, sanalayotgan bo‘laklardan oldingi 
umumlashtiruvchi «quyidagilar», «shu haqda» kabi so‘zlaridan oldin; 
— farmoyish hujjatlarida «Buyuraman» so‘zidan, bayonnomaning «Kun 


29 
tartibi», «Eshitildi», «So‘zga chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy qismlaridan 
so‘ng; — matnning «Asos», «Ilova» kabi qismlaridan keyin. 
Qavs
hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh berish zarurati 
bo‘lganda qo‘llanadi. Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi, mablag‘ yoki miqdoriy 
ko‘rsatkichni ifodalovchi raqam qavs ichida berilishi lozim. Masalan: 8500 (sakkiz 
ming besh yuz) so‘mlik. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish