SO’ZGA CHIQDI: ma’ruzachi: katta o’qituvchi L.M.Komilovna O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 6309 son Farmonda belgilandiki, Talaba yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishga undash, ularning iste’dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimli va iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotasi:
tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun ikki barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;
bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir oliy ta’lim muassasasiga 1 tadan etib belgilansin;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etilsin;
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining dastlabki bosqichi oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladi va tanlovning navbatdagi bosqichiga tavsiya etiladigan talabgorlar tegishli oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida aniqlanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi;
qo‘shma ta’lim dasturi asosida davlat oliy ta’lim muassasasini, respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotining filialini yoki nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar ham davlat oliy ta’lim muassasasi magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
bir oy muddatda Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxati hamda Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq ta’lim sohalarini inobatga olgan holda tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda bakalavriat bosqichi talabalari uchun nomli davlat stipendiyalarining tanlov yo‘nalishlari ro‘yxatini tasdiqlasin;
har yili bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari kvotalari bo‘yicha takliflarni oliy ta’lim muassasalari kesimida Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritib borsin;
tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining dastlabki bosqichi oliy ta’lim muassasalari tomonidan shaffof, adolatli va yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlasin. Farmon mazmun-mohiyati bian kafedra professor-o’qituvchilarini tanishtirdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentabrdagi “O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6312 son Farmonda belgilandiki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) (keyingi o‘rinlarda — Ombudsman) institutining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha mustaqil milliy institut sifatidagi ahamiyatini yanada oshirish, Ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi vakolatlarini va hududlardagi ishtirokini kengaytirish, Ombudsman faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish maqsadida bir qancha vazifalar qo’yildi. Farmon mazmun-mohiyati bilan kafedra professor-o’qituvchilarini tanishtirdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-714-sonli “O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respuplikasining 2021 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-715-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 sentyabrdagi PF-6313-sonli “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 sentyabrdagi PF-6314-sonli “Tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 sentyabrdagi PQ-5243-sonli “Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”giqarori mazmun-mohiyati bilan kafedra professor-o’qituvchilarini tanishtirdi.