O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Taekvondo wtf, Karate wkf nazariyasi va uslubiyati kafedrasi yig‘ilishining 2021 yil sentyabr oyidagi 3-sonli navbatdan tashqari yig’ilish bayonnomasi
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Taekvondo WTF, Karate WKF nazariyasi va uslubiyati kafedrasi yig‘ilishining 2021 yil sentyabr oyidagi 3-sonli navbatdan tashqari yig’ilish BAYONNOMASI 2021 yil 16 sentabr soat 1400Chirchiq shahri Raislik qildi: B.Sh.Raxmatov Yig‘ilish kotibi: J.A.Mannonov Yig’ilishda qatnashganlar kafedra a’zolari (ro‘yxat ilova qilindi)
KUN TARTIBI: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari va buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi qaror va buyruqlari mazmun-mohiyati xususida.
Maruzachi: B.Sh.Raxmatov. Kontrakt masalasi.
Maruzachi: B.Sh.Raxmatov. Kredit modul tizimi haqida tushuncha
Maruzachi: U.A.Alimov.
ESHITILDI: 1-masala bo‘yicha kafedra mudiri B.Sh.Raxmatov O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari va buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi qaror va buyruqlari mazmun-mohiyati xususida. Joriy yilning 8-sentabridan 15- sentabrgacha chiqarilgan Qonun, Qaror, Farmon, Farmoyishlar mazmun-mohiyati bilan kafedra v.v.b. dotsent Sh.N.Nuritdinovna va katta o’qituvchi L.M.Komilovna ma’ruza qilishadi.
SO’ZGA CHIQDI: ma’ruzachi: v.v.b. dotsent Sh.N.Nuritdinova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563 son Qarorida belgilandiki, Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy talabalar turar joylarini qurish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining respublika hududlarida talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida quyidagi shakllarda barpo etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
a) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyektining o‘z mablag‘lari hisobidan erkin kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish. Bunda:
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim amal qiladigan muddat davomida davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka talabalar turar joylaridan erkin foydalanilishi uchun to‘lov to‘lanadi;
davlat sherigi ushbu to‘lovni talabalardan har oy yashash uchun yig‘iladigan to‘lovlarni chegirgan holda Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya hisobidan amalga oshiradi;
talabalar turar joyini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar xususiy sherik hisobidan qoplanadi;
b) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyekti va Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan aralash moliyalashtirish. Bunda:
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tadbirkorlik subyekti bilan kamida 200 o‘rinli talabalar turar joyini barpo etish uchun tuziladi;
xususiy sherikka talabalar turar joyini qurish uchun loyiha bo‘yicha bitta yotoq o‘rni hisobida talab etiladigan mablag‘ning 50 foizi, biroq, tegishli yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilayotgan talabalar turar joyi loyihasi bo‘yicha bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan o‘rtacha qiymatning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi;
talabalar turar joyida yashash uchun undiriladigan to‘lovlar davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda xususiy sherik tomonidan yig‘iladi;
talabalar turar joylarini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi Davlat budjetidan, biroq davlat oliy ta’lim muassasalarining tegishli quvvatdagi talabalar turar joylarini saqlash uchun sarflanadigan mablag‘lar hajmidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratish orqali qoplab boriladi;
v) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyektining to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan belgilangan shartlar asosida moliyalashtirish. Bunda:
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tadbirkorlik subyekti bilan kamida 400 o‘rinli talabalar turar joyini barpo etish sharti bilan tuziladi;
talabalar turar joyi jami quvvatining kamida yarmi talabalar uchun davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda yotoq o‘rinlari sifatida foydalaniladi va qolgan qismida ushbu turar joylarning bir oylik to‘lov miqdori xususiy sherik tomonidan erkin belgilanadi;
davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda talabalar turar joyida yashagan har bir talaba uchun bitimda belgilangan muddat davomida bir yil uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi;
talabalar turar joyini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar xususiy sherik hisobidan qoplanadi.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) ushbu qarorning 1-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan tartib davlat oliy ta’lim muassasalariga tegishli bino va inshootlarni rekonstruksiya va jihozlash ishlarini tadbirkorlik subyektining to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilgan loyihalarga ham tatbiq etilib, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim mavjud bino va inshootlarni talabalar turar joyi sifatida foydalanish sharti bilan tuziladi;
b) davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim muddati tugagan va taraflar o‘rtasida bitimni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilmagan taqdirda, talabalar turar joyi tegishli davlat oliy ta’lim muassasasi ixtiyoriga o‘tkaziladi;
v) talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etish uchun:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralarning so‘rovnomasiga asosan talabalar turar joylarini qurish uchun oliy ta’lim muassasasiga 0,5 gektargacha bo‘lgan yer maydonlari unga yaqin joylardan ajratiladi;
xususiy sherik “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aniqlanadi hamda u bilan talabalar turar joyini tasarruf etish huquqisiz davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuziladi;
g) davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish bo‘yicha loyihalarda davlat sherigi hisoblanadi;
d) xususiy sherik tomonidan barpo etiladigan talabalar turar joylarida qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi (alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish hamda talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ko‘ngilochar maskanlar faoliyatini tashkil etish bundan mustasno).
3. Davlat oliy ta’lim muassasasining buyurtmasi va tadbirkorlik subyektining tashabbusi asosida tadbirkorga tegishli yer maydoni yoki binoda kamida 50 o‘rinli talabalar turar joylarini tashkil etish tizimi joriy etilsin.
Bunda, talabalardan har oy yashash uchun yig‘iladigan to‘lov davlat oliy ta’lim muassasasi bilan kelishiladi hamda ushbu narxda talabalar turar joyida yashagan har bir talaba uchun tadbirkorlik subyektiga bitimda belgilangan muddat davomida bir o‘quv yili uchun Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, boshqa hududlarda esa 5 baravari miqdorida Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.
4. Davlat oliy ta’lim muassasalariga “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, o‘quv va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qisman moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
5. Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun arzon va sifatli ovqatlanish jarayonini tashkil etish maqsadida oliy ta’lim muassasalariga qarashli oshxona va bufetlarni umumiy ovqatlanish xizmati sohasida kamida ikki yillik tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga eng maqbul takliflarni tanlash orqali oshxona faoliyatini yuritish uchun bino va inshootlar hamda jihozlarni ijaraga berishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili tasdiqlanadigan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini qo‘llashga ruxsat berilsin. Bunda, tadbirkorlik subyektlariga:
talabalar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narxlarda sotish;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda oziq-ovqat xomashyosini saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya etish majburiyatlari yuklansin.
6. Energetika vazirligi talabalar turar joylari uchun ajratilgan yer maydonlarida tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qurish tegishliligi bo‘yicha “Hududgazta’minot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hisobidan amalga oshirilishini ta’minlasin.
7. Quyidagilarga ruxsat berilsin:
davlat oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan saqlanadigan to‘rttagacha shtat birligidan iborat talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim tashkil etish;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati tuzilmasida davlat-xususiy sheriklik asosida va tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda moliyalashtiriladigan loyihalarni muvofiqlashtiruvchi Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha uchta shtat birligidan iborat bo‘lim tashkil etish.
8. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilinsin hamda davlat oliy ta’lim muassasalari 1 — 3-kurs talabalarining ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin. Bunda:
har 120 — 150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritilsin hamda uning oylik maoshi “O‘qituvchi-stajor” bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirilsin;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tuzilmasida amaldagi shtatlar doirasida uchta shtat birligidan iborat Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘limi tashkil etilsin.
9. Moliya vazirligi bir oy muddatda:
Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda jismoniy shaxslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda talabalar turar joylari qurilishi uchun Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Davlat soliq qo‘mitasi:
ikki oy muddatda ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish elektron tizimida shartnomalarni hisobga qo‘yish va soliq to‘lovlarini amalga oshirishning soddalashtirilgan raqamli imzosiz shaklini ishga tushirish choralarini ko‘rsin;
uch oy muddatda ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish elektron tizimini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va tizimida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralarning talabalar elektron bazasi bilan integratsiya qilsin hamda o‘z uy-joylarini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarni daromad solig‘idan ozod etishning avtomatlashgan tizimini yaratsin.
11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
a) uch oy muddatda Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda talabalarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish, ularning turmush sharoiti va sog‘lig‘idan xabar olish bo‘yicha tegishlicha ta’lim muassasasi rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, uning huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi rahbarlarining shaxsiy javobgarligini, shuningdek, elektron ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi alohida tartib ishlab chiqib, tasdiqlasin;
b) 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiyalashgan oliy ta’lim muassasalari talabalarining hudud va oliy ta’lim muassasasi kesimidagi elektron bazasini yaratsin;
Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platformani ishlab chiqsin, talabalar turar joyi va xususiy xonadonlardan ijaraga turar joy qidirishning ishonchli tizimini yo‘lga qo‘ysin hamda doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlasin.
12. Talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida:
a) qurilish vaziri B. Zokirov talabalar turar joylarida bir nafar talabaga to‘g‘ri keladigan yashash maydonini maqbullashtirish bo‘yicha shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
b) oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. Toshkulov hamda tizimida davlat oliy ta’lim muassasasi mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari talabalar turar joylarida qo‘shimcha maishiy xizmat turlarini joriy etish, sog‘lom ovqatlanish uchun sharoit yaratish va boshqa xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish hisobiga talabalar turar joylarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish. Qaror mazmun-mohiyati bilan kafedra professor-o’qituvchilarini tanishtirdi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 561-sonli “Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 562-sonli “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi PF-6312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi PF-6310-sonli “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi PF-6311-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 569-sonli ““Pistali” konida tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-gmz)” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 565-sonli “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 13 sentyabrdagi O’RQ-713-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonuni mazmun mohiyatlari bilan kafedra professor-o’qituvchilarini tanishtirdi.