Nazorat savollari
1.Sog’lomlashtirishning omillari haqida nimalarni bilasiz?
2. Sog’lomlashtirishda jismoniy vositalarning o’rni va ahamiyati haqida gapirib
bering.
3. Jismoniy mashqlarning inson organizmiga ta’siri va omillar nimalardan iborat?
4.Sog’lom turmush tarzi va sog’lomlashtirish omillari yuzasidan o’z fikrlarini bildirib
o’tgan olimlar haqida gapirib bering?
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Safarova D.D. G’ulomov N.G. “Voleologiya o’quv uslubiy qo’llanma” Toshkent-
2013.
2.Arziqulov R.”Sog’lom turmush tarsi asoslari” T-2005
3.Irgashov Sh. “Voleyologiya” T-2015
4.Mutalova Z. “Sog’lom turmush tarzi” T- 2007.
31
1.3.
Sog’lomlashtiruvchi
mashg’ulotni
umumiy
tavsifi.
Salomatlikni
ta’minlashda jismoniy tarbiya.
Jismoniy tarbiya o’z ichida 2 ta asosiy funksiyani: turli toifadagi axolining
salomatligini mustaxkamlash, ularning jamiyat ishlab chiqaruvida xar tomonlama
qatnashuvi maqsadida va gipokineziya va gipodinamiya kategoriyasidagi odamlarni
faol xarakatga boshlashdir. Jismoniy mashklar insonni nafakat jismoniy xolatiga
ta’sir qiladi, balki u yana ruxiy xususiyatlarni mukammallashtiradi, ruxiy jarayonlarni
boshqarishni yaxshilaydi, insonni xarakterini mustaxkamlaydi. Bu mashqlar jismoniy
va ruxiy faoliyatni yakkakurashning bir xolatini namoyon etadi. Jismoniy mashklarni
bajarish vaqtida insonlar o’z tabiatini «o’zlashtiradi».
Jismoniy tarbiyada sotsial va biologik faktorlar o’zaro aloqada bo’ladi. U
jismoniy sifatlarni takomillashtirish bilan chegaralanmay, balki dunyoqarashni, inson
sinfiy ongini shakllantiradi chaqirtirilgan. Jismoniy tarbiyaning vazifasi reja bilan va
tashkillashtirilgan boshqaruvni biologik va sotsial dialektik o’zaro bog’liklikni
shaxsning xamma tomonlama rivojlanishiga ta’sir etishdir. Regulyar sport faoliyatida
intilish, ob’ektiv sotsial zaruriyat va individual talabning yakkol namoyon bulgan
yakkakurashidir, lekin sport faoliyatiga talab, biologik emas, balki sotsial zaruriyatga
asoslangan. Jismoniy tarbiyaning kelib chikishi, pedagogik yunalishga asoslanib,
insonlarni mexnat va keyinchalik xarbiy ishga tayyorlashga talabi bilan boglik.
Jismoniy tarbiyaning pedagogik asosi, umumiy ko’rinishi pedagogik ta’sirni
mazmunini axolining turli kontingenti, shu jumladan ukuvchi va talabalarni shakl,
vosita, usullar optimizatsiyasi bilan namoyon etiladi. Ko’p sonli tekshiruv
ma’lumotlari shuni kursatadiki, jismoniy tarbiya bilan muntazam shugullanish
birinchi navbatda kon aylanish a’zolarida yaxshi ta’sir qiladi, lekin yoshga bog’lik
uzgarishlarni tormozlaydi. Jismoniy faollik organizmdan yog’ va uglevodlarni
utilizatsiyasiga sabab bo’ladi, bunda ATF sintezda qatnashuvchi energiya ajralib
chiqadi (energiya saklashni konuni realizatsiyasi). Tirik sistema – bu o’z strukturasi
va faoliyatini ta’minlash uchun oziq – yo’qilgi ishlatadigan, energetik mashinadir.
Tirik sistemani farqlovchi asosiy belgilardan – ko’payish, moslashuv (adaptatsiya) va
32
energiya oqimini yoki modda almashinuvi regulyasiyalash – energetik sistemaning
faoliyati (modda almashinuvi) ga bog’liq.
Jismoniy yuklamalarda kuzatilgan a’zolar giperfunksiyasi, shu a’zolar
xujayralarida nuklein kislotalar va oksillarning sintezi aktivlashadi. Muntazam
mashklar sharoitida, xujayra genetik apparatining funksional xolati oshishi –
organizmning fiziologik funksiyalari plastik mutanosiblikni amalga oshirish ruy
beradi. Muskul faolligi shunchalik chukur ta’sir etishi mumkin-ki, bunda genetik
apparat va oksil biosintezi faoliyatini uzgartirishi mumkin. Bunday xulosalarga asos
bulib, tibbiy genetika soxasidagi tekshiruvlarning natijalari xizmat qiladi, ularda
genetik «yuk» muammolari bilan birga genetik dasturning yanada muxim tomoni –
odam sogligini yuqori darajasini ta’minlovchi normal allellarning to’liq ta’siri
aniqlandi.
Hozirgi zamonda bolalar va o’smirlar rivojlanishining muxim xususiyatlaridan
biri,
organizmning
tashki
omillarga
nisbatan
yuqori
ta’sirchanligi va
moslanuvchanligi bo’lib, bular natijasida qulay tashqi shart-sharoitda xamda, oqilona
majmuali ta’lim-tarbiya olib borilganida, umumiy jismoniy rivojlanish va
salomatlikning yaxshilanishi, ruxiy (psixik) takomillashuvi yuz beradi. Ko’pgina
biologik xususiyatlarning yuksak darajadagi uygunlikda rivojlanishiga erishish uchun
yordam beradigan omillar orasida jismoniy tarbiyaning, xar bir yosh bosqichiga,
ayniqsa, kasb taqozo etadigan gipodinamiya va gipokineziya sharoitida muvofiq
bo’lgan mushaklar faolligini kuchaytirishning axamiyati juda katta.
Oqilona jismoniy tarbiya (keng manoda) organizm moslashuvchanligi uchun
funksional qobiliyatlarini rivojlantirishning muxim tasirchan omili bo’lib qoladi, u siz
esa rivojlanishda uyg’unlik buzilishi mumkin. Jismoniy mashg’ulotlar jarayonida
reaksiyaning belgilari emas, balki me’yori – rivojlanishning muayyan sharoitlarida u
yoki bu belgilarni me’yorlash kobiliyati «meros» bulib utar ekan, organizmning
biologik imkoniyatlariga mos keladigan jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining
ortida qolishi kuzatiladi-ki, bu tibbiy-biologik fanlardagi ma’lum muammolar (inson
biologiyasiga tugri baxo berilmaslik, inson shaxsining shakllanishida ontogenez
konuniyatlari, inson konstitutsiyasi to’g’risidagi ta’limot, irsiyatning jismoniy
33
rivojlanishi xamda jismoniy tarbiya bilan bog’lik yechilmagan muammolari),
shuningdek, salomatlikni miqdoriy baxolash nazariyasi va usullari mavjud emasligi
bilan bog’lik-ki, ular orasida jismoniy tarbiyaning turli shakl va vositalarining turli
ta’sirini uning organizm va shaxs sifatidagi individual tipologik xususiyatlarini
xisobga olgan xolda o’rganish imkoniyatini beradi. Jismoniy tarbiyaning mavjud
fenotipik nazariyasini fenogenotipik nazariyaga aylantirish, uni zamonaviy biologik
asosga kuchirish zarur, bu masalani yangi, zamonaviy yondoshuv nuqtai nazaridan
chuqur o’rganishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |