O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

 
 
O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeyining oshib borishi 
 
 
1991-yil  8-dekabrda  Minsk  shahri  yaqinida  sobiq  ittifoqning  barham  topishi 
munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga asos solindi. MDHning vujudga kelishi 
haqidagi  hujjatga  dastlab  Rossiya  Federatsiyasi,  Ukraina  va  Belorusiya  davlatlari  imzo 
chekdilar.  13-dekabrda  Ashxobodda  o‘tgan  O‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  Respublika 
rahbarlarining  kengashida  hamdo‘stlikni  kengaytirish  zarur  deb  topdi.  Natijada  shu  yili  21 
dekabrda Almatida o`tgan uchrashuvda MDH bitimini ja’mi 11 davlat MDHga a’zo bo`lib 
kirdi.  Ular  bu  bitimda  davlatlarning  hududiy  butunligini  tan  olish,  amaldagi  chegaralar, 
ularning  ochiqligi,  fuqorolarning  harakati  erkinligiga,  xalqaro  tinchlik  va  havfsizlikni 
ta’minlash,  harbiy  harakat  va  qurol-yarog‘  tarqatishning  oldini  olishda  birgalikda  harakat 
qilishga kelishib oldilar.  
MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi: 
-tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa   siyosati 
va 
tashqi 
chegarani muxofaza qilish, 
-umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va  Umumyevropa, 
Yevroosiyo 
bozorini      
shakllantirish; 
-iqtisodiy islohot o`tkazish; 
-bojxona siyosatini birga olib boorish; 
-tarnsport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;  
-ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash; 
-uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish. 


 
312 
O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatida  hamdo‘stlik  mamlakatlari  bilan  ikki 
tomonlama  hamkorlikni  yo‘lga  qo‘yish  va  rivojlantirishga  alohida  ahamiyat  berdi. 
O‘zbekiston  ham  davlatlararo  bank  va  boshqa  hamdo‘stlik  iqtisodiy  tuzilmalarining 
shakllanishida  faol  ishtirok  etdi.  “Mustaqil  davlatlar  hamdo`stligini  tashkil  qiluvchi 
mamlakatlar  bilan  bevosita  va  ko`p  tomonlama  munosabatlarni  rivojlantirish,  -degan  edi 
I.A.Karimov,-tashqi siyosatimizning ustivor yo`nalishlaridan biridir”.  
O`zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimov  o`z  asarlarida  MDH  doirasidagi  hamkorlikka 
katta  e’tibor  berib,  O`zbekistonning  MDH  doirasidagi  ishtirokini  quyidagi  holatlarda 
belgilab bergan edi.  
 
-Yangi  mustaqil  davlatlarning  ko`p  yillar  mobaynida  tarkib  topgan  munosabatlari 
chuqurlashishi xalqaro maydonda vaziyatni chigallashtirishga olib kelishi mumkinligi;  
 
-Respublika  iqtisodiyoti  yagona  transport  va  energetika  tizimiga  ega  bo`lgan  sobiq 
umumittifoq  iqtisodiy  makoni  doirasida  shakllanganligi,  mustaqillik  yillarida  bo`lsa,  MDH 
doirasidagi  davlatlarning  o`zaro  aloqalarini  uzib  qo`yilishi  ishlab  chiqarish  hajmlarining 
pasayib ketishiga olib kelishi mumkinligi; 
-MDH  doirasidagi  davlatlarda  chegaralarning  ochiqligini  saqlab  qolish  respublikada 
ijtimoiy-iqtisodiy  barqarorlikni  va  millatlararo  munosabatlarda  totuvlikni  ta’minlashda 
muhim rol o`ynashi; 
-Yosh  mustaqil  davlatlarning  o`zaro  hamkorligi  xalqaro  maqomda  o`z  mavqeyini 
saqlab qolishi uchun muhim omil bo`lib hisoblanishi; 
1991-2000-yillarda  MDH  davlatlari  boshliqlarining  30  ga  yaqin  kengashlari  bo`lib 
o`tdi  va  muhim  hujjatlar  imzolandi.  Ular  orasida  xavfsizlik  masalalari,  tinchlikni  saqlash, 
iqtisodiy  hamkorlikni  yo`lga  qo`yib  olish  uchun  davlatlalaro  iqtisodiy  qo`mita  tuzish, 
iqtisodiy  integratsiyani  to`laqonli  amalga  oshirish,  bojxona  va  ittifoq  to`lovi  masalalarini 
izga solib olish kabilar muhim o`rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, 
madaniy  sohalar  bo‘yicha  shartnoma  hamda  kelishuvlarni  Rossiya,  Ukrayina,  Belorussiya, 
Moldaviya  va  boshqa  mamlakatlari  bilan  imzolab  o‘zaro  manfaatli  hamdo‘stlik  aloqalari 
uchun mustahkam asos yaratdi. 
O`zbekiston 
MDH 
davlatlari 
bilan 
hamkorlikda 
iqtisodiy 
mintaqalararo 
munosabatlarni  mustahkamlashga  kirishar  ekan,  ularning  siyosiy  mustaqilligiga  daxl 
qilmaslik  nuqtai  nazaridan  yondashdi.  1992-yil  may  oyida  MDH  davlat  rahbarlarining 
Toshkent  uchrashuvida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  tashabbusi  bilan 
boshlangan  kollektiv  xavfsizlik  to‘g‘risidagi  shartnomaning  imzolanishi  MDH  doirasidagi 
davlatlarning  o`rtasidagi  aloqalarni  yangi  bosqichga  ko`tarilishiga  sabab  bo`ldi.  1993-yil 
MDH  davlatlari  bilan  imzolangan  “Iqtisodiy  ittifoq”  haqidagi  shartnoma  ham  bu 
davlatlarning  iqtisodiy  taraqqiyoti  va  o`zaro  hamkorliklarining  yanada  mustahkamlanishga 
katta ta’sir ko`rsatdi. 
Ayni  vaqtda,  O`zbekiston  1996-yil  Venada  sobiq  ittifoqdosh  davlatlar  Gruziya, 
Ukraina,  Ozarbayjon,  Moldova  davlatlari  asos  solgan  o`ziga  xos  tuzilmaga  ham  1999-yil 
aprel oyida a’zo bo`ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan olingan 
bosh harflar asosida GUUAM deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy hamkorlik 
doirasidagi  Osiyo-Kavkaz-Yevropa  transport  yo`lagini  rivojlantirish,  iqtisodiy  hamkorlikni 
kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning 
uchrashuvi  bo`lib,  unda  O`zbekiston  ham  ishtirok  etdi.  Yaltada  bo`lib  o`tgan  sammitda 
hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko`rib chiqildi.  
So‘nggi yillarda GUUAM davlatlarining ko‘pchiligida ichki va tashqi siyosatida yuz 
bergan keskin o‘zgarishlar yuz berishi oqibatida O‘zbekiston bu tashkilotga a’zoligini bekor 
qildi.  
Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida bo`layotgan o`zaro manfaatli va teng 
huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o`tmoq joizdir. Bu ikki mamlakat 
o`rtasidagi  1992  yil  o`rnatilgan  diplomatik  aloqalardan  so`ng  siyosiy,  iqtisodiy  sohalarda 


 
313 
150  dan  ortiq  shartnomalar  imzolandi.  Rossiya  Federatsiyasi  bosh  vaziri  V.Chernomirdin, 
keyinroq E.Primakov 1998-yil Rossiya Federatsiyasi prezidenti B.Elsin, 1999-yil dekabr va 
2000-yil  may  oyida  prezident  V.V.Putinning  O‘zbekistonga  qilgan  tashriflari  Rossiya  va 
O‘zbekistonning  o‘zaro  iqtisodiy  hamkorliklarini  yo`lga  qo`yishda,  diniy  eksteremizm  va 
xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashida alohida o‘rin tutdi. 
2003-yilning  avgustida  ikki  mamlakat  Prezidentlarining  navbatdagi  uchrashuvi 
Samarqand  shahrida  bo‘lib  o‘tdi.  Rossiyaning  «Gazirom»  va  «Lukoyl»  kompaniyalarining 
O‘zbekistonda  neft  va  gaz  manbalarini  qidiruv  ishlayotgan  korxonalarni  texnika  jihatidan 
qayta qurish masalalarini muhokama qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar almashuv 2002-yili 
bir milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2003-yili bu ko‘rsatkich 25 foizga oshdi.   
 
2004-yili 
Rossiya 
va 
O‘zbekiston  o‘rtasidagi  munosabatlar  yana  ham 
mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami yetti marta uchrashdi. O‘zbekistonda 
32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu jumladan, Rossiya davlati 
xavfsizlik  kengashining  rayisi,  Mudofaa,  Tashqi  ishlar,  Transport  vazirlari  o‘zbekistonlik 
davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bo‘yicha bitimlar tuzdi. 16 iyun kuni I.Karimov va 
V.Putin  uchrashuvi  natijasida  strategik  hamkorlik  to‘g‘risida  bitim  tuzildi.  Bunda  siyosiy, 
harbiy,  harbiy-texnika,  iqtisodiy-ijtimoiy  va  boshqa  masalalar  bo‘yicha  alohida  bitimlar 
imzolandi.  Yoqilg‘i-energetika  sohasida  neft  va  gaz  qidiruv  ishlarini  bir  milliard  dollarga, 
«Gazprom»  va  Uzneftgaz  birlashmasi  o‘rtasida  mavjud  yoqilg‘i  korxonalarini  texnik 
jihatdan qayta qurish uchun 1 milliard 200 million dollar hajmda bajarishga kelishildi.  
O‘zbekistonda  350  korxona  Rossiya  investitsiyasi  asosida  ishlab,  shundan  300  tasi 
qo‘shma  korxonalarda,  Rossiyada  esa  100  dan  ortiq  O‘zbekiston-Rossiya  qo‘shma 
korxonalari ishlayapti.  
V.V.Putin: «...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdormiz» 
degan  edi.  O‘zbekistonda  bir  milliarddan  ortiq  rus  millatiga  mansub  fuqarolar  yashaydi. 
O‘zbekistonda  rus  tilida  159  ta  maktab,  rus-o‘zbek  tillarida  ishlaydigan  603  ta  maktab 
mavjud. O‘zbekiston aholisining 84,9 foizi rus tilida erkin gaplashadi. Rus tilida 85 gazeta 
va  52  jurnal  nashr  etiladi.  2002-2004-yillari  500  mingdan  ortiq  darsliklarni  Rossiya 
hukumati yubordi. Har yili Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek yoshlari uchun tekin, barcha 
sharoitlarga ega o‘quv o‘rinlari ajratiladi.  
Bunday  uchrashuvlar  nafaqat  Rossiya  Federasiyasi  bilan,  balki  Ukraina  bilan  ham 
keng  yo`lga  qo`yildi.  1994-Ukraina  prezidenti  Leonid  Kuchma  davlat  tashrifi  bilan 
Toshkentga  keldi.  O`zbekiston  va  Ukraina  davlat  rahbarlarining  o`rtasidagi  o`zaro 
muloqotda iqtisodiy hamkorlik, transport, sanoat, qishloq xo`jaligi, mineral xom ashyo qazib 
olish,  fan  taxnika  taraqqiyotidagi  yutuqlarda  o`zaro  hamkorlikni  amalga  oshirish  bo`yicha 
tuzilgan  bitimlarni  amalga  oshirish  bilan  aloqador  bo`lgan  masalalar  asosiy  o`rin  egalladi. 
Nafaqat  iqtisodiy,  balki  madaniy  aloqalar  ham  yo`lga  qo`yildi.  Leonid  Kuchma  o`zining 
O`zbekistonga  tashrifi  davomida  O`zbekiston  baynalminal  madaniy  markazida  ham  bo`ldi. 
O`z  navbatida  O`zbekiston  Prezidenti  ham  Ukrainaga  uch  marotaba  safar  qildi.  Bu  ikki 
davlat  o`rtasidagi  aloqalar  hozirgi  kunga  qadar  davom  etib,  tovar  ayirboshlash  hajmi  300 
million  AQSh  dollaridan  oshdi.  O`zbekiston  Ukrainaga  rangli  metall,  gazlama  va  boshqa 
turdagi  mahsulotlarni  yetkazib  bergan  bo`lsa,  Ukrainadan  O`zbekistonga  texnika  asbob-
uskunalari  keltirildi.  Bugungi  kunda  O`zbekistonda  20  dan  ortiq  o`zbek-ukraina  qo`shma 
korxonalari ishlab turibdi.  
2001-yil  MDH  tashkil  topganligining  10  yilligi  munosabati  bilan  Rossiya  davlati 
poytaxtida  MDH  davlatlari  rahbarlari  ishtirokida  sammit  o`z  ishini  boshladi.  Sammitda 
o`tgan  vaqt  mobaynida  qilingan  ishlar  sarhisob  qilindi  va  o`zaro  savdodagi  cheklashlarni 
bartaraf  etish,  tovarlar  va  xizmatlar  oqimini  ko`paytirish  uchun  axborot-marketing 
markazlarini  tuzish,  ta’lim,  madaniyat,  soliq,  bojxona  sohalarida  faoliyat  ko`rsatuvchi 
muassasalar, xo`jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit 
ishtirokchilari  MDH  tuzilganligining  o`n  yilligi  munosabati  bilan  hamda  Afg‘onistondagi 


 
314 
vaziyatga doir bayonotga imzo chekdilar. O`zaro hamkorlik doirasidagi bunday uchrashuvlar 
o`z  navbatida  hamkorlik,  davlat  chegarasini  himoya  qilish,  MDH  doirasidagi  davlatlarning 
fan-texnika  taraqqiyotidagi  yutuqlaridan  o`zaro  keng  foydalanish,  iqtisodiy  aloqalarni  keng 
qamrovli olib borish, ekologik muammolarni hal etishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.  
 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish