302
Milliy istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni
hal etishda Ozod Sharofiddinov, Begali Qosimov, Nayim Karimov, Erkin Karimov, Ahmad
Aliyev, Najmiddin Komilovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. T.Malikning romanlari,
O.Matjon, O.Hojiyeva, X.Sultonov, A.Suyun, Y.Eshbek, H.Do‘stmuhammad, Sh.Salimova
singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari o‘zbek milliy istiqlol
adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Mustaqillik yillarida madaniy-ma’rifiy muassasalar ishlarida ham keskin o‘zgarishlar
yuz berdi. Bu muassasalarning soni 1997-yili 9442 ta bo‘lsa, bulardan 60 tasi muzeylar,
2657 tasi klublar, 6725 tasi kutubxonalardir. Mustaqillik yillari bu muassasalar aholi
o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tarbiyaning o‘chog‘iga aylandi.
Aholi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkil qiluvchi muassasalardan biri
kutubxonalar bo‘lib, ularning soni 1996-yili 6723 ta edi. Kutubxonalarda jami kitobxonlar 6
mln. 211 kishini tashkil qilsa, shundan 4 mln. 425 mingi qishloq rayonlarida edi. Kutubxona
xodimlaridan 65 foizi oliy va o‘rta ma’lumotli mutaxassislardir.
Millatimizning o‘zligini anglashda milliy, tarixiy qadriyatlarmizni tiklashda muzeylar
alohida o‘rin tutadi. Shu jihatdan Prezident I.A.Karimovning 1998-yil 12-yanvardagi
“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni muzeylar
ishlarini rivojlantirishda dastur rolini bajarmoqda.
Mustaqillik yillari respublikamizda muzeylarga bo‘lgan e’tibor oshib bormoqda
“Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ni qurilishi, ”O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi”, “Xalq
amaliy san’ati muzeyi” ning qayta jihozlanishi buning dalolatidir. Hozirgi kunda davlat
qaramog‘idagi muzeylar 81 tani tashkil qilib, shulardan 15 tasi tarix muzeylari, 23-
o‘lkashunoslik, 10-badiiy san’at koshonasi, 20-memorial muassasa, 8-adabiyot, 4-tibbiyot
muzeylaridir.
Shuningdek, mamlakatning shaharlari va tumanlarida 510 muzey xalqimizning boy
tarixiy-madaniy xazinalarini namoyish etmoqda va kishilarimizni, yosh avlodni ma’naviy-
ma’rifiy tarbiyalashga o‘zlarining hissalarini qo‘shmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi jami muzeylarda
2000-yil boshlarida 1.350 ming eksponantlar saqlanmoqda va bularni o‘tgan davrda
1.655.400 kishi tomosha qilgan.
Sharq va G‘arb me’morchiligi uyg‘unlashgan binolar yurtimiz poytaxti va viloyat
markazlarida qad ko‘tarib, shaharlarimiz husniga husn qo‘shmoqda. Milliy bank,
mehmonxona binolari hamda madaniyat va istirohat bog‘larining bunyod etilishi buning
yorqin misolidir. Haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, tasviriy san’at, raqs, kino
san’atlarida ham an’anaviy va zamonaviy usullar uyg‘unlashib yetuk asarlar yaratildi va
yaratilmoqda.
Xulosa, O‘zbekiston o‘zining qisqa vaqtdagi mustaqillik yillari davomida iqtisodiy-
ijtimoiy boradagi yutuqlari bilan bir qatorda; mafkuraviy-ma’naviy, madaniy ishlarga ham
e’tiborni kuchaytirib, jahonning rivojlangan davlatlari orasida o‘z nufuzi va obro‘sini yuqori
ko‘tarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: