317
Xronologik jadval
3-3,5 mln. yil ilgari - Olduvoy odami (Sharqiy Afrika).
1 mln.-700-600 ming yil ilgari -Yava oroli odami (pitekantrop).
700-600 ming yil ilgari - Xitoy odami (sinantrop).
500-50 ming yil ilgari - arxantroplar, Neandertal.
1 mln. yildan ziyodroq - Selung‘ur (Fergantrop).
1 mln.-15-13 ming yil - O‘rta Osiyoda paleolit davri.
1 mln.-100 ming yil-Ilk paleolit .
100-40 ming yil-O‘rta paleolit (Teshiktosh odami).
40-12 ming yil-So‘nggi paleolit.
12-7 ming yilliklar-Mezolit davri (O‘rta tosh davri).
6-4 ming yilliklar- Neolit davri (Yangi tosh davri).
4 ming yillikning oxiri-3 ming yillikning boshlari-Eneolit (mis-tosh) davri.
3-2 ming yillik-Bronza asri.
6-4 ming yillik-Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlari.
4 ming yillik oxiri-3 ming yillik boshlari-Lavlakon, Sarazm.
Mezolit-neolit davri-O‘rta Osiyoda ibtidoiy tasviriy san’atning paydo bo‘lishi.
3-2 ming yillik-Zamonbobo, Sopollitepa madaniyatlari.
3 ming yillik-dunyo tarixidagi ilk yozuv paydo bo‘lishi.
4-3 ming yillik-dunyo tarixida ilk davlatlarning paydo bo‘lishi.
1 ming yillikning boshlaridan-temir asri.
Mil.avv. V-IV asrlar-O‘rta Osiyoda ilk yozuv paydo bo‘lishi.
Mil.avv. I ming yillik birinchi yarmi-”Avesto”ning paydo bo‘lishi.
Mil.avv. VII-VI asrning boshlari - Zarato‘shtra faoliyati.
Mil.avv. I ming yillik o‘rtalari - Eron ahamoniylarining O‘rta Osiyo viloyatlarini bosib
olishi.
Mil.avv. I ming yillik boshlari-O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalarining paydo bo‘lishi.
Mil.avv.VI-IV asrlar-Ahamoniylar mixxat yozuvlari.
Mil.avv. 555-330 yy. O‘rta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlari Ahmonylar davlati tarkibida.
Mil.avv. 530 y.-Massagetlarning Kir II qo‘shinlarini tor-mor- etishi.
Mil.avv. 522-486 yy.-Doro I hukmronligi.
Mil.avv. 522-y.ning oxiri-Doro I ga qarshi Marg‘iyona qo‘zg‘oloni.
Mil.avv. 519-518 yy.-”Saklar o‘lkasi”dagi forslarga qarshi Skunha boshchiligidagi kurash.
Mil.avv. V asr o‘rtalari-Bolqon yarim orolidagi shahar-davlatlarning kuchayishi.
Mil.avv. 334 y. bahori-makedon qo‘shinlari forslarga qarshi yurish boshladi.
Mil.avv. 329 y. bahori-Makedoniyalik Iskandar qo‘shinlari Oks (Amudaryo) bo‘ylarga yetib
keladi.
Mil.avv. 328 y. bahori- yunon-makedonlarga qarshi kurash avj oldi.
Mil.avv. 327 y. oxiri-Sug‘diyonadagi qo‘zg‘olonning so‘nggi o‘choqlari ham bostirildi.
Mil.avv. 334-324 yy.-makedoniyalik Iskandarning harbiy yurishlari natijasida ulkan davlat
tashkil topdi.
Mil.avv. 323-y.-makedoniyalik Iskandarning Bobilda to‘satdan vafot etishi.
Mil.avv. 312-y.-Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri Salavka hukmronligi
o‘rnatildi.
Mil.avv. 293-261 yy.-Antiox G‘arbga qilgan yurishlari bilan shuhrat qozondi.
Mil.avv. 250 y.-Parfiya va Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib
o‘zlarini mustaqil deb e’lon qildilar.
Mil.avv. 247-y.-Parfiyada Arshak boshchiligidagi parnlar qabilasi Niso shahriga hujum qilib
uni egallaydi.
Mil.avv.171-138 yy.-Parfiyada Mitridat I hukmronligi.
318
Mil.avv. III asrning ikkinchi yarmi-II asrning birinchi yarmi-Yunon-Baqtriya davlatining
gullab yashnagan davri.
Mil.avv. 250-140G‘130 yy.-Yunon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida.
Mil.avv. III asr boshlari-Qang‘ davlatining paydo bo‘lishi.
Mil.avv. II asr boshlari-Qang‘ davlati yerlarini kengayishi.
Mil.avv. II-I asr- Qang‘ davlatining kuchaygan davri.
Mil.avv. III-mil. V asrlar-Qovunchi madaniyatining yoyilishi.
Mil.avv. II-I asrlar- Xitoy manbalarida Dovon (Da-yun) haqidagi ma’lumotlar.
Mil.avv. 125 y.-Mashhur Xitoy sayohatchisi Chjan Syanning Dovonga kelishi.
Mil.avv. II-asr oxiri-Xitoy va Dovon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar.
Mil.avv. 172-161 yy.-Yuyechji qabilalarining xunnlardan mag‘lubiyatga uchrashi.
Mil.avv.140-130 yy.-yuyechjilarning Baqtriyaga bostirib kirishi.
Mil.avv. 125 y.-Katta Yuyechji davlatining inqirozi.
Mil.avv. I asrning oxiri-mil. I asrning boshlariga kelib Guyshuan hokimi Kiotszyukyu,
Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi.
Mil.avv. II-I asr-O‘rta Osiyoda yunon-makedon hukmronligi tugatilishi.
Mil.avv. IV asr-Hindistonda buddaviylik dinining paydo bo‘lishi.
IV asr-Turon o‘lkasiga shimoldan ko‘chmanchi xion qabilalarining hujumi boshlanadi.
IV asrning 60-70 yy.-Eron shohi Shopur II ning xiyoniylar bilan kurashi.
V asrning 30-yy.-Eftalitlar bilan Eron sosoniylari o‘rtasidagi birinchi to‘qnashuv.
459-y. - Eron taxtiga Peroz chiqadi.
470-529-yy. - Mazdak Hamadon zardo‘shtiylikning asl g‘oyalarini hayotga tadbiq qilmoqchi
bo‘lib, o‘z harakat mafkurasini yaratdi.
496-y.- Kubod shohning taxtdan ag‘darilishi.
531-579-yy.-Kubodning o‘g‘li Xusrav I Anushervon.
V-VI asr-dehqonchilik vohalarida eftalitlarning o‘troqlashuvi kuchayishi.
551-y.-Markaziy Osiyodagi eng kuchli bo‘lgan jujanlar xonini turkiylar tomonidan mag‘lub
etilishi.
551-744-yy.-Bumin yangi davlat-Turkiy xoqonlikka asos solishi
554-y. - Muqan xoqonning Sharqqa yurishi.
558-y. -Turkiylarning Ural va Volga bo‘ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko‘chmanchi
ovarlar bilan to‘qnashuvi.
563-y.-eftallarga qarshi, shimoldan turkiylar, janubdan sosoniylar hujumi.
576-y.-Muqan xoqon va Istemi yabg‘ularni vafotidan so‘ng Turkiy xoqonlikning ta’siri
ancha zayiflasha boshlashi.
600-y. - Qora Churin o‘zini xoqon deb e’lon qilishi.
603-y.- Xoqonlik to‘la mustaqil 2 qismga bo‘linishi.
618-y. - Xoqon Sheguy vafoti; Xoqon Tunyabg‘u davri boshlanishi.
630-y. -Xoqon Tunyabg‘u vafoti.
657-659-yy. - Xitoyning Tan imperiyasi qo‘shinlarini Yettisuvga bostirib kirishi.
570-632-yy. - Muhammad payg‘ambar faoliyati.
650-651-yy. - Arablarning O‘rta Osiyoga harbiy harakatlari boshlanishi.
651-y. - Marv shahrining arablar tomonidan egallanishi.
652-y. - Xuroson noibi Abdulloh Amir Chag‘aniyonni egallashi.
654-y. - Sug‘ddagi Maymurg‘ qal’asiga arablarning birinchi hujumi.
657-y. - Chag‘aniyonga arablarni qayta yurishi.
683-y. - Xalifa Yazidning vafotidan so‘ng toju-taxt uchun kurash.
705-y. - Qutaybanng Balx viloyatini bosib olishi.
706-y. - Qutaybaning katta qushin bilan Movarounnahrga kirib kelishi.
708-709-yy.-Qutaybaning Buxoro va uning atrofiga bir necha bor hujumi.
710-712-yy.- Xorazmshohning Qutayba bilan tinchlik sulhini tuzishi.
319
710-737-yy.-Tarxunning ukasi G‘urakning taxtga o‘tirishi.
712-y. kuzi-Samarqandda arab noibiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilishi.
713-y. bahori-Qutaybaning yetib kelishi va qo‘zg‘olon bostirilishi.
720-y. - Arablar siyosatiga qarshi Sug‘d aholisining bosh ko‘tarishi.
727-730-yy.-Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya solig‘i olishni bekor qilinishi.
733-734 yy.-Zarafshon vohasidagi qurg‘oqchilik, mustamlaka zulmining kuchayishi.
736-737 yy.-Asadning qo‘shini Xurosondan Xorisni siqib chiqarishga muvaffaq bo‘lishi.
718-y. - maxfiy tarzda Muhammad Payg‘ambarning amakilari Abbosning tarafdorlari o‘z
g‘oyalarini targ‘ib qila boshlashi.
744-750-yy. - Marvon II hukmronlik davrida Ummaviylar siyosatiga qarshi norozilik
kuchayib ketishi.
749-y. - Abu Muslim qo‘shini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qilishi.
749-754-yy. - Abbosiylardan bo‘lgan Abulabbos Safaroh xalifalik taxtiga o‘tirishi.
751-y. - Buxoro shahrida Shorik ibn Shayhulmahr boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilishi.
755-y. - Abu Muslimning Bag‘dodda o‘ldirilishi.
813-y. - Ma’munning xalifalik markazi Bag‘dodni egallashi.
821-y. - Tohir ibn Husaynning Xurosonga noib etib tayinlanishi.
822-y. - Tohir ibn Hasayn Ma’mun odamlari tomonidan o‘ldirildi.
822-830-yy. - Talxa ibn Tohir noib etib tayinlanadi.
839-840-yy. - Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni mustahkamladi.
IX asrning 60-70-yillari-Tohiriylarga qarshi xalq harakatlarining kuchayishi (“G‘oziylar”).
873-y. - Safforiylarning tohiriylarga qattiq zarba berib Nishopurni egallashi.
819-820-yy. - Somonxudot nabiralarining turli viloyatlarga noib etib tayinlanishi.
879-892-yy. - Ismoil Somoniyning Buxoroga hokimlik davri.
892-907-yy. - Ismoil Somoniyning Movarounnahr va Xurosonga humronligi.
992-y. - Qoraxoniylar xoni Bug‘roxon Buxoroni egallashi.
997-y. - Nuh II Somoniy ham, Sabuktegin ham vafot etadi.
1017-y. - Mahmud G‘aznaviy Xorazmni bosib oladi.
1068-y. - Movarounnahrda qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr o‘g‘illari o‘rtasida taxt uchun
kurashning boshlanishi.
1080-y. - Shamsulmulk vafotidan keyin Movarounnahrda hokimiyat uchun kurash avj oladi.
1089-y. - Malikshohning Movarounnahrga bostirib kirishi.
1130-y. - Saljuqiy Sanjar Samarqandni egallaydi.
1030-y. - Mahmud G‘aznaviy vafot etadi.
1030-1041-yy. - Ma’sud G‘aznaviy taxtni egalladi.
1035-y. - Saljuqiylarning Xurosonga yangi hujumi.
1040-y. - Ma’sud G‘aznaviy vafot etdi.
1038-1063-yy. - Saljuqiylar davlatining bosh sultoni etib Tog‘rulbek saylandi.
1118-1147-yy. - Hokimiyat buyuk saljo‘qiylar sulolasining so‘nggi yirik vakili Sulton Sanjar
qo‘liga o‘tadi.
1127-1156 yy.- Qutbiddin Muhammad Otsiz hukmdor bo‘ldi.
1158-y. - Elarslon katta qo‘shin bilan Movarounnahrga bostirib kirdi.
1157-y. - G‘uriylar sultoni G‘iyosiddin Muhammad Hirotni egalladi.
1194-y. - mart oyida Takash qo‘shinlari Tog‘rul II ga qarshi urush ochdi.
1200-y. - Takash vafot etdi.
1203-y. - Muhammad Horazmshoh qoraxitoylarning yordamida Xurosonni butunlay bosib
oldi.
783-850-yy. - Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy faoliyati.
797-865-yy.-Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg‘oniy yashab ijod qilgan.
873-951-yy. - Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Forobiy (O‘tror) Forob yaqinida Vasij
shaharchasida tavallud ko‘rgan va Damashqda vafot etgan.
320
899-959-yy. - Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy faoliyati.
980-1037-yy. - Abu Ali ibn Sino faoliyati.
973-1048-yy. - Abu Rayhon Beruniy faoliyati.
960-1041-yy. - Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy faoliyati.
809-870-yy. - Imom Buxoriy faoliyati.
824-892-yy. - Imom at-Termiziy faoliyati.
1103-1179-yy. - Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy faoliyati.
1145-1221-yy. - Najmiddin Kubro faoliyati davri.
1127-y. - Qoraxoniy Arslonxon tomonidan mashhur imorat-Minorayi Kalon barpo etildi.
1204-y. - Uyg‘ur alifbosi mo‘g‘ul yozuvi uchun asos sifatida qabul qilindi.
1215-y. -Dashti Qipchoq yurishida Xorazmshoh mo‘g‘ullarning Jo‘chi boshchiligidagi
harbiy qo‘shiniga duch keladi.
1218-y.- Muhammad Xorazmshoh o‘zining yangi poytaxti deb e’lon qilgan Samarqand
shahriga kirib keldi.
1219-y. - Chingizxon o‘z o‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan
puxta tayyorlangan Xorazmshoh-Anushteginiylar davlati ustiga harbiy yurishni boshladi.
1220-y. - Chingizxon Termizga yurish boshladi.
1220-y. - Muhammad Xorazmshoh plevrit kasali bilan og‘rib Kaspiy dengizidagi Ashuradi
orolida vafot etadi.
1221-y. - Jaloliddin Manguberdi G‘aznaga kirib keladi.
1221-y. - Sind daryosi bo‘yida uch kun davom etgan hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi.
1230-y. - 10 avgustida Ko‘niya sultoni, Xims hokimi, Halab hokimi, Mayafiriqin hokimi va
Baynas hokimlarining birlashgan ittifoqi Jaloliddinni mag‘lub etadi.
1227-y. - Chingizxon o‘limi arafasida o‘g‘illariga turli zabt etilgan yerlarni ulus etib bo‘lib
berdi.
1238-y. - Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni.
1256-y. - Mo‘g‘ullar Xulagu boshchiligidagi Eron, Kurdiston, Iroq va Yaqin Sharqning
boshqa yerlariga hujum qiladilar.
1241-y. - Oltin O‘rda davlatining tashkil topishi.
1261-1266-yy. - Chig‘atoyning nevarasi Olg‘uxon Oltin O‘rdaga qarshi kurashib, Chig‘atoy
ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
1251-1259-yy. - Oltin O‘rdada Munqa hoqon hukmronligi.
1272-y. - Xulagiylar tomonidan Kesh va Nasafning talon-taroj etilishi.
1271-y. - Ma’sudbekning pul islohoti o‘tkazishga kirishishi.
1318-1326-yy. - Duvaxon hukmronligi davri va uning islohotlar o‘tkazishi.
1326-1334-yy. - Oloviddin Tarmashirin faoliyati.
1343-1346-yy. - Qozonxon hukmronligi.
1333-y. - Arab sayyohi Ibn Battuta Buxoroda bo‘ldi.
1247-1326-yy. - Pahlavon Mahmud faoliyati davri.
1318-1389-yy. - Bahovuddin Naqshband faoliyati davri.
1336-1405-yy. - Amir Temur faoliyati davri.
1360-1370 yy.-Amir Husayn va Temurning Movarounnahr siyosiy hayotida faollashuvi.
1361-1365-yy.- Amir Husayn va Temur o‘rtasidagi iliq munosabatlar davri.
1365-1370-yy. - Amir Husayn va Temur munosabatlarining yomonlashuvi.
1362-y. - Seyistondagi jangda Temurning jarohatlanishi.
1363-y. - Mo‘g‘ul xoni Ilyosxo‘janing Movarounnahrga yangi hujumi.
1365-y. - ”Loy jangi”.
XIV asrning 30-yillari-Eronda sarbadorlar harakatining paydo bo‘lishi va 50-60-yillarda
Movarounnahrda yoyilishi.
1366-y. - Amir Husaynning Samarqand taxtiga o‘tirishi.
1370-y. - Amir Husaynning vafoti va Temurning taxtga o‘tirishi.
321
1372-1388-yy. - Amir Temurning Xorazmga besh marta yurish qilishi.
1386-1388-yy. - ”Uch yillik” yurish.
1392-1396-yy. - ”Besh yillik” urush.
1399-1404-yy. - ”Yetti yillik” urush.
1395-y. - To‘xtamishxonning batamom tor-mor etilishi.
1387-1392-yy. - Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyaning Temurga bo‘ysundirilishi.
1398-y. - Hindiston yurishining tugashi.
1400-1402-yy. - Misr va Turkiyaning bo‘ysundirilishi.
1366-1408-yy. - Temurning o‘g‘li Mironshoh faoliyati.
1377-14470-yy. - Shohruh Mirzo faoliyati.
1394-1449-yy. - Ulug‘bek Mirzo faoliyati.
1405-1409-yy. - Samarqandda Xalil Sulton hukmronligi.
1405-1406-yy. - Xalil Sultonning Shohruh va Pirmuhammad qo‘shinlari bilan
Movarounnahr taxti uchun kurashi.
1407-y. - Pirmuhammadning Pir Ali Toz tomonidan o‘ldirilishi.
1409-y. - Shohruhning Samarqandni egallashi.
1411-y. - Ulug‘bekning Samarqand taxtini mustaqil boshqara boshlashi.
1413-y. - Shohruh tomonidan Eronning egallanishi.
1414-1415-yy. - Ulug‘bekning Farg‘onani egallanishi.
1416-y. - Qoshg‘arni Ulug‘bekka topshirilishi.
1425-y. - Ulug‘bekning Mo‘g‘uliston qo‘shinlarini tor-mor etishi.
1427-y. - Ulug‘bekning Dashti Qipchoq qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchrashi.
1428-y. - Ulug‘bekning Movarounnahrda pul islohoti o‘tkazishi.
1446-y. - Shohruh Mirzoning so‘nggi harbiy yurishi.
1448-y. - Ulug‘bek va Abdulatif qo‘shinlari Tarnob yaqinida Alouddavla qo‘shinlarini tor-
mor etishi.
1449-y. - Abdulatif va Ulug‘bek o‘rtasida jang.
1450-y. - Padarkush Abdulatifning o‘ldirilishi.
1451-1469-yy. - Samarqandda Sulton Abusayid Mirzo hukmronligi.
XV asrning ikkinchi yarmi-Movarounnahr va Xurosonda Temuriy shahzodalarning toj-taxt
uchun kurashlari.
1417-y. - Buxoroda madrasa bunyod etildi.
1420-y. - Samarqandda madrasa qurildi.
1433-y. - G‘ijduvonda madrasa qurildi.
1424-1429-yy. - Samarqandda Ulug‘bek madrasasi qurilishi.
1469-1506-yy. - Husayn Boyqaro hukmronligi.
1480-y. - Dashti qipchoqda Shaybonixon hokimiyat tepasiga keldi.
1494-y. - Farg‘onada Bobur Mirzo hokimiyat tepasiga keldi.
1497-y. - Bobur Mirzoning Samarqand taxtini egallashi.
1500-y. - Shayboniyxon Samarqandni egalladi.
1500-y. - Bobur Mirzo Samarqandni ikkinchi marta egalladi.
1501-y. - Shayboniyxon Samarqandni yana egalladi.
1505-y.- Shayboniyxon Xorazmni zabt etdi.
1507-y. - Shayboniyxon Xurosonni egalladi.
1510-y. - Shayboniyxonning Eron shohi Ismoil bilan to‘qnashuvi va halok bo‘lishi.
1511-y. - Shoh Ismoilning Movarounnahrga hujumi.
1512-y. - Xorazm xonligining tashkil topishi.
1526-1858-yy. - Hindistonda Boburiylar sulolasining hukmronligi.
1538-y. - Ubaydullaxonning Xorazmni egallashi.
1557-1598-yy. - Abdullaxon II hukmronligi. Uning Balxni (1573), Shahrisabz, Qarshi,
Hisorni (1574), Samarqandni (1578), Toshkentni (1580), Urganchni (1595) zabt etishi.
322
1548-1549-yy. - Abdulazizxon xonaqohi, Mag‘oki Attori masjidi qurildi.
1558-1559-yy. - Antoniy Jenkinsonning Buxoroda bo‘lishi.
1581-y. - Modarixon madrasasi, Oyposhsha oyim madrasasi qurildi.
1587-y. - Shoir Mushfiqiy vafoti.
1601-y. - Ashtarxoniylar hukmronligining boshlanishi.
1612-1613-yy. - Toshkentda Imomqulixonga qarshi qo‘zg‘olon.
1616-y. - Arab Muhammad madrasasining qurilishi.
1619-1622-yy. - Elchi Ivan Xoxlovning Xiva xonligida bo‘lishi.
1619-y. - Sherdor madrasasining qurilishi.
1657-1662-yy. - Buxoroda Abdulazizxon madrasasi qurildi.
1669-1671-yy. - Elchilar aka-uka Pazuxinlarning Buxoro xonligida bo‘lishi.
1681-y. - Qoraqalpoqlarning Subhonqulixonga qarshi qo‘zg‘oloni.
1645-1724-yy. - Shoir So‘fi Olloyor hayoti va faoliyati.
1685-y. - Xiva xonining Samarqandni egallashi.
1688-y. - Xiva xonligining Buxoro xonligiga bo‘ysundirilishi.
1700-y. - Shohniyoz jo‘natgan elchining Rossiyaga borishi.
1708-y. - Ubaydullaxonning pul islohoti o‘tkazishi.
1710-y. - Qo‘qon xonligi tashkil topishi.
1714-1717-yy. - Bekovich-Cherkasskiyning Xiva xonligiga qarshi yurishi.
1716-y. - Xonquli to‘pchiboshi boshchiligida Buxoro xoni elchilarining Rossiyaga borishi.
1718-1724-yy. - Florio Beneveni elchiligi.
1722-1723-yy. - Jung‘orlarning O‘rta Osiyoga hujumi.
1740-y. - Nodirshohning O‘rta Osiyoga yurishi.
1741-y. - Xivaliklarning eronliklarga qarshi ozodlik kurashi.
1742-y. - Qoraqalpoq zodagonlarining Rossiya vassalligiga o‘tishi.
1753-y. - Buxoroda hokimiyat tepasiga mang‘itlar keldi.
1765-y. - Xivada Muhammad Amin inoq madrasasi qurildi.
1770-y. - Xiva xonligida hokimiyatni qo‘ng‘irotlar egalladi.
1774-1776-yy. - Ernazar Maqsud o‘g‘li elchiligining ikkinchi bor Rossiyada bo‘lishi.
1825-1899-yy. - Komil Xorazmiy Niyozmuhammad o‘g‘li yashagan yillar.
1827-1828-yy. - Qoraqalpoqlarning Oydo‘stbiy boshchiligidagi qo‘zg‘oloni.
1827-1900-yy. - Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq hayoti va ijodiy faoliyati yillari.
1839-y. - General Perovskiy boshchiligidagi rus qo‘shinlarining Xivaga yurishi.
1841-1842-yy. - Ingliz josuslari Stoddart va Konollining xonliklarda bo‘lishi.
1842-y. - Amir Nasrulloning Qo‘qon xonligini bosib olishi.
1847-y. - General Obruchev Xivaning Rayim qal’asini egalladi.
1850-1903-yy. - Muhammad Aminxo‘ja o‘g‘li Muqimiy yashagan yillar.
1851-1914-yy. - Jadidlar yetakchisi Ismoil Gaspirali yashagan yillar.
1853-y. - Perovskiy qo‘mondonligidagi rus qo‘shinlari Oqmachit harbiy istehkom qal’asini
egalladi.
1854-y. - Verniy istehkomi ruslar tomonidan egallandi.
1858-1909-yy. - Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat yashagan yillar.
1864-y. - Polkovnik Chernyayev qo‘shini Avliyoota qal’asni bosib oldi.
1864-y. 12-iyun - Polkovnik Veryovkin qo‘shini Turkiston shahrini zabt etdi.
1864-y. 22-sentabr-Chimkentga rus qo‘shinlari ikkinchi marta hujum boshladi va bosib oldi.
1865-y. 29-aprel - General Chernyayev Niyozbek qal’asini bosib oldi.
1865-y. 17-iyun - Toshkent shahri qattiq jangdan keyin bosib olindi.
1866-y. - General Romanovskiyning qo‘shini Yerjar yonida amirlik qo‘shinlarini tor-mor
keltirdi.
1866-y. 24-may - Amirlikning Xo‘jand qal’asi egallandi.
1866-y. 2-oktabr - O‘ratepa bosib olindi.
323
1866-y. 18-oktabr - Ruslar Jizzaxni bosib oldi.
1867-y. 14-iyul - Podsho Aleksandr II farmoni bilan Turkiston general-gubernatorligi va
Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi.
1867-y. - Toshkentda meteorologik stansiya ochildi.
1868-y. 1-may - Fon Kaufman qo‘mondonligidagi qo‘shin Cho‘ponota tepaligini bosib oldi.
1868-y. 2-may - Ruslar Samarqand shahrini egalladi.
1869-y. 23-iyun - Zirabuloq shartnomasi tuzildi. Amir Muzaffarxon podshoga vassal
“hukmdorga” aylandi.
1870-y. - Toshkentda kutubxona ochildi.
1871-y. - Muhammad Rahimxon madrasasi qurildi.
1873-y. - Chor Rossiyasi qo‘shinlarining Xiva xonlgiga hujumi.
1873-y. 23-may - Xazorasp qal’asi bosib olindi.
1873-y. 29-may - Xiva jang bilan egallandi.
1873-y. 12-avgust - Gandamiyon sharnomasi tuzildi va Xiva Rossiya vassaliga aylandi.
1873-y. - Turkiston general-gubernatorligiga bo‘ysundirilgan Amudaryo bo‘limi tashkil
qilindi.
1809-1874-yy. - Muhammad Rizo Ogahiy yashagan yillar.
1873-1876-yy. - Po‘latxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon.
1876-y. 3-mart-Qo‘qon xonligi tugatildi.
1875-y. - Avliyootada birinchi rus qishlog‘i tashkil etildi.
1878-1919-yy. - Turkistondagi jadidchilik harakatining yirik vakil Mahmudxo‘ja Behbudiy
yashagan yillar.
1878-1931-yy. - Jadidchilik harakatining tashkilotchilaridan biri Munavvar Qori
Abdurashidxon o‘g‘li yashagan yillar.
1879-y. - Toshkentda birinchi paxta tozalash zavodi ishga tushdi.
1881-y. - Go‘ktepa qal’asi bosib olindi va mudofaachilar butunlay qirib tashlandi.
1882-1883-yy. - podsho hukumati Turkiston general-gubernatorligi ma’muryati faoliyatini
tekshirish uchun F.K.Girs boshchiligida komissiya jo‘natdi.
1882-1885-yy. - Farg‘ona vodiysida dehqonlar harakati.
1884-y. - Toshkentda birinchi rus- tuzem maktabi ochildi.
1885-y. - Buxoroda Rossiya siyosiy agentligi tashkiloti ochildi.
1886-y. 12-iyun - Turkiston o‘lkasini boshqarish “Nizomi” kuchga kirdi.
1886-y. - Mullaqordan boshlangan temir yo‘l Marvgacha yetkazildi.
1886-y. - Farg‘onada birinchi paxta tozalash zavodi ishga tushdi.
1886-1939-yy. - Jadidchilik harakatining yirik namoyondasi Fitrat yashagan davr.
1889-y. - Turkistonda Rossiya Markaziy banki bo‘limi ochildi.
1892-y. - Toshkent qo‘zg‘oloni.
1894-1940-yy. - O‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy yashagan yillar.
1896-1938-yy. - Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev yashagan davr.
1897-y. - Andijonda birinchi yangi usul maktabi ochildi.
1898-y. 17-may - Andijonda Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni.
1900-y. - ”Ustodi avval” alifbo kitobi nashr etildi.
1900-1906-yy. - Toshkent-Orenburg temir yo‘li qurib ishga tushirildi.
1909-y. - Toshkentda Munavvar Qori boshchiligida Jamiyati xayriya tuzildi.
1910-y. -Yosh buxoroliklar partiyasi vujudga keldi.
1912-y. - Toshkentda Sapyorlar qo‘zg‘oloni.
1913y.-Toshkentda jadidlarning “Taraqqiyparvarlar” tashkiloti tuzildi.
1914-y. 26-iyul - Turkistonda favqulodda holat e’lon qilindi.
1914-y. - Xivada Yosh xivaliklar partiyasi shakllandi.
1916-y. 4-iyul - Xo‘jand qo‘zg‘oloni.
1916-y. iyul - Toshkent qo‘zg‘oloni.
324
1916-y. iyul - Jizzax qo‘zg‘oloni.
1917-y. 28-fevral - Rossiyada fevral inqilobi g‘alaba qozondi.
1917-y. 13-mart - Toshkentda “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti tuzildi.
1917-y. 16-23 aprel - Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi bo‘lib, unda Turkiston
musulmonlari kengashi tashkil etildi.
1917-y. 26-aprel - Xiva xonligida Majlis (mahkamayi adliya) tuzildi.
1917-y. iyun - ”Sho‘roi Ulamo” tashkiloti tuzildi.
1917-y.17-20-sentyabr - Toshkentda Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining qurultoyi
bo‘lib, unda “Ittifoqi muslimin” tuzildi.
1917-y. 1-noyabr - Toshkentda bolsheviklar zo‘ravonlik bilan hokimiyatni egalladi.
1917-y.26-28-noyabr - Qo‘qonda Butunturkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi
bo‘ldi va Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi.
1918-y.22-fevral - Turkiston Muxtoriyati hukumati qizil askarlar va dashnoqlar tomonidan
tor-mor etildi.
1918-y.fevralning oxiri - Turkistonda sovet tuzumiga qarshi istiqlolchilik harakati boshlandi.
1918-y.mart - ”Kolesov yurishi” bo‘ldi va Buxoro amirligi bilan Turkiston respublikasi
o‘rtasida Qiziltepa bitimi imzolandi.
1918-y.30- aprel - Turkiston avtonom sovet respublikasi tuzildi.
1919-y.mart - Turor Risqulov rayisligida Turkiston o‘lkasi musulmonlar byurosi tuzildi.
1919-y.9-aprel - Junayidxon bilan sovet Rossiyasi o‘rtasida Taxta bitimi imzolandi.
1919-y.22-oktyabr - Madaminbek boshchiligida Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati
tuzildi.
1920-y.2-fevral - Sovet hukumati qo‘shinlari Xiva shahrini bosib oldi va Xiva xonligi
tugatildi.
1920-y.26-aprel - Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
1920-y.3-may - Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati
tuzildi.
1920-y.2-sentyabr - Turkfront qo‘mondoni M.Frunze boshchiligidagi qizil askarlar Buxoro
shahrini ishg‘ol qildi va Buxoro amirligi tugatildi.
1920-y.6-8-oktyabr - Buxoro Xalq Soveti Respublikasi tuzildi.
1921-y. avgust - Buxoroda Turkiston Milliy Birligi tashkiloti tuzildi.
1923-y.mart - O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzildi.
1925-y.13-fevral - O‘zbekiston SSR tuzildi.
1925-y.fevral - Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati (Qozog‘iston ASSR tarkibida) tuzildi.
1925-1929-yy. - O‘zbekistonda yer-suv islohoti o‘tkazildi.
1927-y. - O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1927-y. - ”Hujum” kompaniyasi boshlandi.
1929-y.oxiri - Munavvar Qori boshchiligidagi “Milliy istiqlol” tashkiloti a’zolari qatag‘on
qilindi.
1930-1932-yy. - O‘zbekistonda o‘ziga to‘q xo‘jaliklar “quloq” sifatida tugatilib, qishloq
xo‘jaligini kollektivlashtirish amalga oshirildi.
1932-y.mart - O‘zbekiston SSR MIK huzurida Fanlar komiteti tashkil qilindi.
1934-y.mart - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tuzildi.
1935-y. - Turkiston mintaqasida istiqlolchilik harakati mag‘lubiyatga uchradi.
1937-y.23-mart - Qoraqalpog‘iston ASSR Konstitutsiyasi qabul qilinib, QQASSR
O‘zbekiston tarkibiga kirdi.
1937-1938-yy. - Mustabid sovet rejimi O‘zbekistonda ommaviy ravishda qatag‘onlar o‘tkazdi.
1939-y.1-avgust-15- sentyabr - Katta Farg‘ona kanali qazildi.
1941-y.22-iyun-1945-y.9-may - O‘zbekiston xalqlari Germaniya fashizmiga qarshi urushda
ishtirok etdilar.
1943-y.4-noyabr - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etildi.
325
1943-1944-yy. - O‘zbekistonga qrim tatarlari, chechenlar, ingushlar, bolqarlar, pontiya
greklari va mesxeti turklar ko‘chirildi.
1944-y.yanvar - Respublika paxtakorlarining birinchi qurultoyi.
1949-1952-yy. - Ko‘pgina mashhur o‘zbek ijodiy ziyolilari asossiz qatag‘on qilindilar.
1950-60-yy. - O‘zbekistonda qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish choralari ko‘rildi.
1951-1954-yy. - Toshkent botanika bog‘i yaratildi.
1956-y.5 noyabr - O‘rta Osiyoda birinchi Toshkent telemarkazi ishga tushdi.
1958-1960-yy. - Jarqoq - Buxoro - Samarqand - Toshkent magistral gaz quvuri qurildi.
1959-1965-yy. - 450 dan ziyod sanoat korxonalari ishga tushirildi.
1963-y. - Buxoro-Ural gaz quvuri ishga tushirildi.
1965-y. - Amu-Buxoro kanali qurildi.
1966-y.26-aprel - Toshkent shahrida kuchli zilzila bo‘ldi.
1967-y. - Dunyodagi eng uzun O‘rta Osiyo-Markaz gaz quvuri qurildi.
1969-y. - ”Tashavtomash” zavodi bazasida Toshkent traktor zavodi barpo etildi.
1977-y.6-noyabr - Toshkent metropolitenining birinchi navbati ishga tushdi.
1984-1989-yy. - ”Paxta ishi” natijasida O‘zbekistonda o‘n minlab kishilar qatag‘on qilindi.
1985-1990-yy. - Qayta qurish yillari
1989-y.21-oktyabr - ”O‘zbekiston SSRning davlati tili haqida”gi Qonun qabul qilindi.
1990-y.24-mart - I.A.Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1990-y.20-iyun - O‘zbekiston SSR Oliy Soveti “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qabul qildi.
1991-y.31-avgust - O‘zbekiston Oliy Kengashi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat
Mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” Qonun qabul qildi.
1991-y.1-sentyabr - O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi.
1991-y.1-noyabr - O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi tashkil topdi.
1991-y.18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasdiqlandi.
1991-y.29-dekabr - I.Karimov muqobillik asosida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
etib saylandi.
1992-y.14-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etildi.
1992-y.2-mart - O‘zbekiston BMT a’zoligiga qabul qilindi.
1992-y.may - ”Vatan taraqqiyoti” partiyasi tashkil topdi.
1992-y.2-iyul - O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi.
1992-y.28-noyabr - O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining
a’zosi bo‘ldi.
1992-y.8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1992-y.10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.
1993-y. - O‘zbekiston-AQSh hamkorligida oltin qazib olish bo‘yicha “Zarafshon-Nyumont”
qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
1993-y.7-may - I va II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.
1994-y.5-may - ”O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali ta’sis etildi.
1994-y.5-may - ”Mustaqillik ordeni”, “Do‘stlik” ordeni hamda “Jasorat” va “Shuhrat”
medallari ta’sis etildi.
1994-y.1-iyul - O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi-So‘m muomalaga kiritildi.
1995-y.18-fevral - ”Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashkil topdi.
1995-y.29-mart - O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi Markaziy komissiya
referendum yakunlari to‘g‘risida qaror qabul qilib, unda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimovning vakolat muddati umumxalq ovoz berishi natijasida 1997-
yildan 2000-yilgacha uzaytirildi.
1995-y.6-may - ”Mehnat shuhrati”, I va II darajali “Shon sharaf” ordenlari ta’sis etildi.
1995-y.3- iyun - O‘zbekiston “Xalq birligi” harakati tashkil topdi.
1996-y. - Amir Temur yili.
1996-y.26-aprel - ”Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.
326
1996-y.19-iyul - Asakada “O‘z DEU avto” zavodining rasmiy ochilishi bo‘ldi.
1996-y.28-avgust - Samarqand va Shahrisabz shaharlari “Amir Temur” ordenlari bilan
mukofotlandi.
1996-y.21-oktyabr - Toshkentda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya,
Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikalari Prezidentlari oliy darajadagi uchrashuvida
Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
1997-y.oktyabr - Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi nishonlandi.
1997-y. - Prezident I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asari nashr etildi.
1998-y.28-dekabr - Fidokorlar partiyasi tashkil topdi.
1998-y. - I.A.Karimovni “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli kitobi nashrdan chiqdi.
1998-y.24-oktyabr - Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi tantanali ravishda
nishonlandi.
1998-y.23-oktyabr - Imom al-Buxoriyni 1225 yilligi nishonlandi.
1999-y.15-mart - O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida “Sam Koch avto” korxonasi ishga
tushdi.
1999-y.24-aprel - O‘zbekiston Gruziya, Ozarbayjon, Ukrayina, Moldoviya a’zo bo‘lgan,
hozirda “Guuam” deb yuritiladigan iqtisodiy tashkilotga a’zo bo‘ldi.
1999-y.5-noyabr - Vatandoshimiz, mo‘g‘ullarga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdining
Xiva tuprog‘ida 800 yillik yubileyi nishonlandi.
1999-y. - I.A.Karimovning “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” nomli kitobi nashrdan chiqdi.
2000-y.9-fevral - Shahrisabzda Amir Temurning tavalludi nishonlandi.
2000-y.14- aprel - ”Vatan taraqqiyoti” va “Milliy tiklanish” partiyasini qo‘shma qurultoyi
bo‘lib o‘tdi. Ikki partiya birlashib, “Fidokorlar milliy demokratik partiyasi” tuzildi.
2000-y.12-may - Toshkentning Yunusobod mavzeida istiqlol kurashchilariga atab “Shahidlar
maydoni” ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |