O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Mil. avv. XII-IV ming yilliklarda O‘rta Osiyo



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

Mil. avv. XII-IV ming yilliklarda O‘rta Osiyo  
 
 
Tosh  asrining  keyingi  rivojlanish  davri  fanda  mezolit  (o‘rta  tosh)  asri  deb  qabul 
qilingan. O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda mil. avv. 12-7 ming yilliklar deb qabul 
qilingan.  Mezolit-odamlarning  yer  yuzi  bo‘ylab  keng  tarqalish  davri  bo‘lib,  ular  shimol 
tomonga  ham,  Pomir  kabi  baland  tog‘li  hududlarga  ham  tarqala  boshlaydilar.  Kaspiy 
bo‘ylaridan  Tyanshan  -Pomirgacha,  Markaziy  Qozog‘istondan  Kopettog‘  etaklarigacha 
bo‘lgan hududlardan mezolit davri yodgorliklarining namunalari topib o‘rganilgan. Machay 
(Surxondaryo),  Obishir  (Farg‘ona  vodiysi),  Markaziy  Farg‘ona,  Bo‘zsuv,  Qo‘shilish 
(Toshkent),  Aydabol,  Jayronquduq  (Ustyurt),  Oshxona,  Chilchorchashma  (Tojikiston), 
Darayi sho‘r (Vaxsh vohasi) kabilar shular jumlasidandir. 
 
Mezolit  davriga  kelib  yer  yuzidagi  ulkan  muzlikning  yana  shimolga  tomon  siljishi 
natijasida  iqlim  barqarorlashib  hozirgi  davrdagiga  ancha  o‘xshab  qolgan  edi.  Buning 
natijasida  O‘rta  Osiyo  hayvonot  olami  va  o‘simliklar  dunyosida  ancha  o‘zgarishlar  sodir 
bo‘ldi. 
 
Paleolit  davrining  yirik  hayvonlari  yo‘qola  borib  ular  o‘rniga  kichik  tuyoqli,  tez 
yuguruvchan  hayvonlar  -  jayron,  sayg‘oq,  bug‘ular,  tog‘  echkisi,  arslon,  yo‘lbars,  qoplon, 
quyon  kabilar  ko‘paya  boradi.  Shuningdek,  janubga  xos  issiqsevar  yovvoyi  boshoqli 
o‘simlik va daraxtlar ham tobora ko‘payib bordi. Tabiat va iqlimdagi bu o‘zgarishlar mezolit 
davri kishilarining hayotida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 
 
Bu  davrga  kelib  kishilar  nisbatan  nozikroq  qurollar  tayyorlashni  o‘zlashtira 
boshladilar.  Xususan,  janubiy  o‘lkalarda,  shuningdek,  O‘rta  Osiyoda  turli  geometrik 
shakldagi  mayda  qurolchalar-mikrolitlar  paydo  bo‘lib,  ular  uchun  suyak  va  yog‘och 
dastachalardan  qadama  sifatida  foydalanilgan.  Undan  tashqari,  bu  davrda  insoniyat  o‘z 
tarixidagi  dastlabki  murakkab  moslama  -  o‘q-yoyni  kashf  etdi.  Natijada  chopqir,  kichik 
tuyoqli hayvonlar va parrandalarni ov qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. 
 
Bu  davrning  eng  katta  yutuqlaridan  yana  biri  yovvoyi  hayvonlar  -it,  qo‘y,  echki 
kabilarning  qo‘lga  o‘rgatila  boshlanib,  xonakilashtirilishidir.  Arxeologik  tadqiqotlar 
natijalariga qaraganda, mezolit davriga kelib Old, Yaqin va O‘rta Osiyoning ba’zi joylarida 
termachilikdan  yovvoyi  o‘simliklarni  xonakilashtirishga  hamda  ovchilikdan  chorvachilikka 
o‘tish  boshlanadi.  Bu  jarayon  ilg‘or,  unumdor  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  rivojlanish 
darajasi va tabiiy-geografik iqlim bilan bevosita bog‘liq edi. 
 
Mezolit  davrining  mashhur  yodgorliklaridan  biri  Surxon  vohasidagi  Machay 
(Boysun) g‘or makonidir. Daryo sathidan 70 metrcha balandlikda joylashgan bu makon ko‘p 
qatlamli  bo‘lib, ushbu qatlamlardan ko‘plab suyak va asosan tosh  qurollar topilgan. Suyak 
qurollar  bigiz,  igna,  so‘zan  kabilardan  iborat  bo‘lsa,  tosh  qurollar  -pichoqlar,  arrasimon 
qurollar,  kesgichlar,  ushlatgich  toshlar,  nayza  va  o‘q  uchlari  kabilardir.  Bu  qurollarning 
o‘ziga  xos  belgilari  mavjud  bo‘lsa  ham  Janubiy  Qozog‘iston  va  Yaqin  Sharqdagi  mezolit 
yodgorliklaridan topilgan tosh qurollarga o‘xshab ketadi. 
 
Machay  makoni  topilmalarining  eng  ahamiyatli  tomoni  shundaki,  bu  yerdan 
antropologik  topilmalar  -  odam  bosh  suyaklari,  tishi,  jag‘i  va  boshqa  a’zolari  qoldiqlari 
topilgan  bo‘lib,  bu  topilmalarni  o‘rganish  tadqiqotchilarga  O‘rta  Osiyoning  janubi  mezolit 
davri kishilarining yevropoid irqiga mansub ekanligini aniqlash imkonini berdi. 
 
Odam  suyaklaridan  tashqari  Machayning  madaniy  qatlamlaridan  bo‘ri,  tulki,  bars, 
mo‘ynali suvsar, quyon, jayra, olmaxon kabi hayvonlarning ham suyak qoldiqlari topilgan. 
Tadqiqotchilarning  fikricha,  bu  yerda  20  turdan  ziyod  hayvon  suyaklari  mavjud  bo‘lib, 
ularning  aksariyati  mayda,  sindirilgan  va  olovda  kuydirilgan.  Demak,  machaylik  mezolit 


 
15 
davri odamlari olovdan keng foydalanganlar hamda hayvon va parranda go‘shtlarini olovda 
pishirib yeganlar. 
 
Farg‘ona  vodiysidan  mezolit  davriga  oid  Obishir  g‘or-makonidan  tosh  qurollar, 
bigizlar,  qirg‘ichlar,  pichoq  qadamalari  topilgan.  Shuningdek,  topilmalar  orasida  yovvoyi 
hayvonlarning  maydalangan  va  sindirilgan  suyaklari,  baliq  tutishda  ishlatiladigan  qadoq 
toshlar  ham  bor.  Topilgan  ashyolarga  asoslanib,  obishirliklar  baliqchilik,  ovchilik  va 
termachilik bilan shug‘ullangan deyishimiz mumkin. 
 
Keyingi  30-35  yil  ichida  Markaziy  Farg‘ona  hududlaridan  Sho‘rko‘l,  Achchiqko‘l, 
Yangiqadam,  Bekobod,  Zambar,  Toypoqko‘l  kabi  80ga  yaqin  mezolit  davri  yodgorliklari 
aniqlandi.  Ularning  ko‘pchiligi  ko‘l  yoqalaridan  topilgan  bo‘lib  aftidan  bu  joylar  mezolit 
davri  kishilarining  yashashlari  uchun  ko‘pgina  qulayliklarga  ega  bo‘lgan.  Bu  yerlardan 
topilgan  ko‘pgina  qurol  va  tosh  buyumlar  o‘zining  nisbatan  nozikligi,  ixchamligi  bilan 
paleolit  davri  qurollaridan  ajralib  turadi.  Markaziy  Farg‘ona  tog‘lari  orasida  yashagan 
mezolit  davri  qabilalarining  turmush  tarzi  yovvoyi  hayvonlarni  ovlash  va  termachilik  bilan 
bog‘liq  bo‘lib,  Markaziy  Farg‘onadagi  mezolit  davri  qabilalari  xo‘jalik  hayotida  ovchilik, 
termachilik  hamda  baliqchilik  qulay  tabiiy-geografik  sharoiti  mazkur  hududlarda  qadimgi 
odamlarning keng tarqalib yashashlari uchun keng imkoniyat yaratgan. 
 
O‘rta Osiyo tarixida neolit davrining (yangi tosh asri) yuqori chegarasi mil.avv.VI-
quyi chegarasi IV-III ming yilliklar bilan belgilanadi. Bu davr O‘rta Osiyoda uchta: Joytun, 
Kaltaminor va Hisor madaniyatlarining rivojlanishi  bilan izohlanadi.  Neolit  davri  qabilalari 
aksariyat  hollarda  daryo  sohillari  va  tarmoqlari  yoqasida,  ko‘l  bo‘ylarida  yashab,  tabiiy 
imkoniyatlardan  kelib  chiqqan  holda  baliqchilik  va  ovchilik  yoki  dehqonchilik  va 
chorvachilik, ayni vaqtda qisman hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar. Neolit davri turli 
sharoitlarda  yashagan  odamlarning  mehnat  qurollari  mezolit  davridagiga  nisbatan 
takomillasha borgan. 
 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish