Og‘zaki mashqlardan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Shuningdek, og‘zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Yozma mashqlar ta’limning tarkibiy qismi sifatida zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |