1. Interfaollik tamoyili (u talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlab qolmay, balki talabalar o‘rtasida o‘zaro aloqani yuzaga keltiradi).
2. Boshlang‘ich bilimlarga egalik tamoyili (masofaviy o‘qitish tizimida tinglovchilarning oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari, texnik vositalari – kompyuter, model, elektron doska va b. bilan ta’minlanishi, Internet aloqa tizimiga ulanishi, tizimda samarali ishlay olish malakalariga ega bo‘lishlar muhim).
3. Individuallik tamoyili (bu tamoyil real o‘quv jarayonida kirish va oraliq nazoratlari o‘tkazilishini, ularning natijalarini tahlili asosida individual o‘quv rejalari tuzilishini ifodalaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |