Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida korreksion o‘qitish. Eshitish analizatorining normal ishlashi bolaning umumiy rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Eshitish analizatori buzilganda bolaning nutqi, psixologik rivojlanishi yomonlashadi, idrok etish faoliyati, umumiy rivojlanishi me’yordan ortda qoladi. Statistik ma’lumotlariga qaraganda, keyingi vaqtlarda eshitish organi funksiyasi buzilgan va eshitmaydigan bolalar soni doimiy ravishda ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |