7. Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha «adapto» – moslashish) – anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari hamda qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bola ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda qiynaladi, unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu boisdan, murakkab talablarni bajarishga layoqati yetishmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bola uchun ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish imkonini yaratadi.
8. Oilaviy tarbiya reabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko‘nikmalarni shakllantirishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |