Keyslar tipologiyasi
Tipologik belgilari
|
Keys turi
|
Asosiy manbalari bo‘yicha
|
Bevosita ob’ektda
|
Ta’lim jarayonida
|
Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatida
|
Syujet mavjudligi
|
Syujetli
|
Syujetsiz
|
Vaziyat bayonining vaqtdagi izchilligi
|
O‘tmish va bugun
|
Avval bo‘lib o‘tgan voqea
|
Istiqbolga yo‘naltirilgan
|
Keys ob’ekti
|
Alohida ob’ektga
|
Tashkiliy
|
Ko‘p ob’ektli
|
Materialni taqdim etish usuli
|
Hikoya
|
Esse
|
Tahlili ma’lumot
|
Jurnalistik
|
Hisobot
|
Ocherk
|
Faktlar majmui
|
Statistik materiallar
|
Hujjatlar
|
O‘quv topshirig‘ini taqdim etish usuli
|
Savolli
|
Topshiriq tarzida
|
Didaktik maqsadlari
|
Muammo, yechim, konsepsiya
|
Biror mavzuga bag‘ishlangan trening
|
Tahlil va baholov
|
Muammoni ajratish, yechish, boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish
|
Taqdim etish usuliga ko‘ra
|
Bosma
|
Elektron
|
Video-keys
|
Audio-keys
|
Multemedia-keys
|
O‘quv keyslarining muhim xarakterli jihatlari va zamonaviy o‘qitish amaliyotida o‘quv keyslarining turlari
O‘quv keyslarining muhim xarakterli jihatlari talabalarga muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan talabalar e’tiboriga adabiyotlar ro‘yxatining taqdim etilishi, ularga metodik ko‘rsatma, yo‘riqnomalarning berilishi va albatta, o‘qituvchi tomonidan muammoning yechimi bo‘yicha o‘z variantining taqdim etilishi sanaladi. Adabiyotlar ro‘yxati o‘rganilayotgan muammoga bevosita taalluqli bo‘lishi zarur.
Ta’lim jarayonida o‘quv keyslarini qo‘llashda jarayon (mashg‘ulot) yakunida albatta o‘qituvchi (keyolog)ning yechimi taqdim etilishi zarur. Buning didaktik ahamiyati bu yechim asosida talabalarning o‘z o‘quv-bilish harakatlarining qanchalik to‘g‘ri, samarali, maqsadga muvofiq amalga oshira olganliklarini tahlil qilish, solishtirish, yo‘l qo‘ygan xatolarini aniqlash imkoniyatini yaratishi bilan belgilanadi. Keyslar tipologiyasida o‘quv topshirig‘ini taqdim etish usuli savolli hamda topshiriqli bo‘lishi ko‘rsatilgan. SHunga ko‘ra talabalarning e’tiborlariga havola etiladigan keyslar yoki savolli, yoki topshiriqli bo‘lishi mumkin.
Agar keys savolli-keys bo‘lsa, u holda muammo yoki muammoli vaziyatni tahlil qilish va yechishga oid bir necha savollar keltiriladi.M: 1. YOshlarning “ommaviy madaniyat” ta’siriga berilishining asosiy omillari nimalardan iborat?
YOshlarning “ommaviy madaniyat”ta’siriga berilishlarida OAVning o‘rni va rolini qanday aniq dalillar asosida baholay olasiz?
Agar keys topshiriqli-keys bo‘lsa, u holda keysni yechish jarayonida bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqlar beriladi. M:
1. YOshlarni “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalash omillarini aniqlang.
2. YOshlarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni samarali shakllantirish yo‘llarini belgilang.
Pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda ushbu keyslardan samarali, maqsadli va o‘rinli foydalanish uchun zarur sharoitlar mavjudligi aniqlandi. Quyidagi misollar ushbu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |