AMALIY MASHG‘ULOTLAR
Amaliy mashg‘ulot o‘quv ishini tashkil etishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib, eksperimental tavsifdagi mustaqil topshiriqlarni talabalarning professor – o‘qituvchi bilan birgalikda bajarishini o‘zida aks ettiradi.
Amaliy mashg‘ulotining bosh maqsadi – biror bir fanga doir nazariy qoidalarning amaliy jihatlarini ochib berish; talabalarning o‘rganilayotgan qonuniyatlarning o‘ziga xosliklari va namoyon bo‘lish shakllarini chuqur tushunishlarini ta’minlash; bo‘lajak mutaxassislarda o‘rganilayotgan obyekt bilan amaliy muloqotga kirishish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Laboratoriya (amaliy) mashg‘ulotlar talabalarning ilmiy dunyoqarashini shaklantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |