MA’RUZALAR MATNI
1- ma’ruza: Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining axamiyati va vazifalari. O’sish va rivojlanishning garmoniyasi va geteroxroniyasi.
Reja:
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining ahamiyati va vazifalari.
“Yosh fiziologiyasi va gigienasi” fanining rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.
O‘sishi va rivojlanishining garmoniyasi va geteroxroniyasi.
Tayanch so‘zlar: Fiziologiya, gigiena, o‘sish, rivojlanish, geteroxroniya, akseleratsiya.
Fiziologiya biologiyaning bir tarmog‘i bo‘lib, organlar, organlar sistemasini va organizm funksiyalarini hamda xaѐt jaraѐnlarini o‘rganadi. Yosh fnziologiyasi fanm tibbpѐt fanlari bo‘lmish odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanining bir tarmog‘i bo‘lib, ѐsh organizmning katta odam organizmidan tubdan farq qilishini ko‘rsatadi. Demak, bola organizmi faqat katta odamning qolipi emas, balki hajmi, fiziologik xususiyatlari va tashqi muxitga moslanishi bilan farq qiladi. Yosh fiziologiyasi fani turli ѐshdagi bolalar va o‘smirlarning organizmlarida kechadigan o‘sish va rivojlanish jaraѐnlarini, organlari, to‘qimalari va tizimlarini o‘ziga xos ѐsh xususiyatlarini o‘rganadi. Yosh fiziologiyasi o‘rganadigan asosiy ob’ekt bolalardir. Gigiena odamni o‘rab turgan tashqi muxitni sog‘lomlashtirish yo‘llarini o‘rganadi. Gigiena fani maktab gigienasi, kommunal gigienasi, ovqatlanish gigienasi, mehnat giginasi va gigienaga oid boshqa fanlarni o‘z ichiga oladi. Maktab gigienasi bolalar va o‘smirlar organizmi bilan tashqi muhit o‘rtasidagi qonuniyatlarni o‘rganadi. Ularni to‘g‘ri o‘sib rivojlaniishari uchun zarur gigiena asoslarini ishlab chiqadi. Maktab gigienasining asosiy maqsad bola aqliy mehnat qobiliyatining funksional imkoniyatlari ortib borishi, turli sharoitga moslashishi, charchash va o‘rta charchash, asab va boshqa turli kasalliklarni oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, bolalar muassasalarining sanitariya-gigiena xolatini yaxshilash, ta’lim-tarbiya jaraѐnining gagienik asoslari, maktablarni to‘g‘ri qurish va obodanlashtirish va shunga o‘xshash boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi. Sanitariya odam salomatligini ta’minlaydigan gigiena talablarini haѐtga tatbiq etadi. Sanitariya so‘zi gigienik ma’lumotlarni amaliѐtga tatbiq qilish ma’nosini bildiradi. Gigiyena fanida tabiiy eksperiment usuli asosiy usul bo‘lib, u organizmga tashqi muxitning xar tomonlama ta’sirini o‘rganadi. Tabiiy gagienik eksperiment usulida bola uchun tabiiy yashash sharoitida (dars soatlari, jismoniy mashqlar va boshqalar) organizm bilan tashqi muxit o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, tabiiy omillarning bola organizmga ta’sirini kuzatib, shu ѐshdagi bolalarga uning anatomo-fiziologik imkoniyatlariga qarab tegashli normalar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |