Biologik oqibatlari – bu inson faolligini keskin pasayib borishi, shaxsning energetik imkoniyati kamayishi, qiziqish, orzu-havaslari, biologik talablari so‘nadi (ovqat yeyish, uyqu) bola organizimining chidamliligi pasayishi va holsizlanishi.
Ijtimoiy-psixologik oqibatlari – bu bola shaxsiy ma’naviy-axloqiy buzilishi. Narkotiklarga bo‘lgan talabdan boshqa hamma talablari, qiziqishlari avval pasayadi, keyin esa butunlay qadr-qimmatini yo‘qotadi. Jamiyat bilan ijtimoiy-foydali aloqalari uzilishi sodir bo‘ladi. Befarq, loqaydlik holatiga tushadi, o‘rtoqlaridan ajraladi, o‘qishni hohlamaydi va o‘qiy olmaydi, oxir-oqibatda tekinxo‘r kimsaga aylanadi.
Kriminal oqibatlari – narkoman o‘zining ehtiyoji, qiziqishini qondirish uchun avvaliga o‘qish yoki ishdan qolishga odatlanadi, keyin esa umuman tashlab yuboriladi, narkotiklarni doimiy sotib olishga mablag‘i yetmayotganligi sababli narkoman noqonuniy yo‘llar bilan ularni sotib olishga harakat qiladi, ko‘pincha o‘g‘irlik bosqinchilik talon-taroj yo‘li bilan puli bo‘lmaganda narkoman maqsadiga erishadi, har qanday ishga tayyor bo‘ladi, hech narsa uni to‘xtata olmaydi, bu yerda asosiy sabab hayotdan qoniqmaslikdir, pastkashlangan ba’zi narkomanlar daydilik bilan kun o‘tkazadilar, tekinxo‘r hisoblanadilar.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, alkogolizmning bir necha belgilari mavjud. Tibbiy nuqtai nazardan alkogolizm surunkali kasallik bo‘lib, davolanishi zarur. Ijtimoiy jihatdan alkogolizm - shaxsni deviant (xulqiy og‘ishganlik) hulq-atvorining shakli bo‘lib, shaxsni ijtimoiy degradasiyalash, spirtli ichimlikka qarshi davolash patologiyasi bilan xarakterlanadi.
Alkogolizm rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida inson alohida kasalmand ahvolga tushadi. Doimiy ravishda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish natijasida kasallik rivojlanib ichkilikbozlik deb nomlanuvchi holatga olib keladi. Bu ikki ichkilikbozlik va alkogolizm holati bir-biri bilan o‘zaro aloqador bo‘lib, quyidagi holatlarga sabab bo‘ladi: jinoyatchilik, huquqbuzarlik, ijtimoiy parazitizm (tanballik), ma’naviy ahloqsizlik, hulq-atvor buzuqligi, o‘z-o‘zini o‘ldirish. Bolalar alkogolizmiga 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlardagi kasallikning birinchi ko‘rinishlari kiritiladi. Kattalarga nisbatan bolalar alkogolizmi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Kasallikning og‘ir kechishi. Bu bola organizmining shakllanish bosqichida turganligi bilan organizmning asab tizimi alkogol ta’siriga qarshi kurasha olmasligi natijasida organizm va asab tizimini buzuvchi, og‘ir tuzatib bo‘lmaydigan jarayonga sabab bo‘lishi bilan ifodalanadi.
Davolashning kam samaraliligi. Voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi ichkilikbozlik xulqiy og‘ishganlik bilan uzviy bog‘liqdir. O‘smir uchun alkogolizmning eng asosiy xavfliligi shundaki, u o‘z-o‘zini nazorat qilish xususiyatini bo‘shashtiradi. Ichkilikbozlik va jinoyatchilik o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik bir qator illatlarga sabab bo‘ladi:
Voyaga yetmaganlar ko‘pgina jinoyatlarni mast holatda sodir etadilar (22 % o‘g‘rilik, 76 % bezorilik, 6 % zo‘ravonlik, 56% bosqinchilik). Ko‘pgina zo‘ravonlik holatlari (agressiv) mastlikda sodir etiladi. Bu holat-mastlik odatiy sharoitdagi ijtimoiy hulq-atvor ko‘nikmalarining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi;
ko‘pgina jinoyatlar spirtli ichimliklar sotib olish uchun mablag‘ga ega bo‘lish maqsadida sodir etiladi;
ichkilikbozlik voyaga yetmaganlarda ko‘pgina jinoyatlarni sodir etishga intilish (kriminologiyada «mast motivasiya» atamasi mavjud);
ichkilikbozlik (kriminal) jinoyatchilik holatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi;
ichkilikbozlik voyaga yetmaganlarning jamiyatdan xulqiy og‘ishgan tengdoshlari guruhlariga qo‘shilishlarida vosita sifatida namoyon bo‘ladi;
ichkilikbozlik voyaga yetmaganlarni jinoyatchilik faoliyatiga qo‘shilib qolishlariga sabab bo‘lib, uni ko‘pincha katta yoshdagilar tashkil etadi.
Bolalarni ma’naviy tarbiyalash va rivojlantirishning muhim shartlari oilaviy munosabatlarning ma’naviy-emosional tomonlari hisoblanadi. Boshqa oilalarga nisbatan bolalar ko‘proq spirtli ichimlik iste’mol qilishni boshlaydigan oilalarning bir necha turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |