O’zbеkiston aloqa va axborotlashtirish



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/292
Sana18.02.2022
Hajmi2,51 Mb.
#456589
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   292
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

 
2.
 
Milliy
boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi 
 
Milliy boylik 
insoniyat
 
jamiyat
i taraqqiyoti
davomida ajdodlar 
tomonidan
yarat
ilgan va avlodlar tomonidan ja’mg’arilgan moddiy, 
nomoddiy va intellektual, hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. 
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy 
qismlarga ajratish mumkin: 
1. Moddiy-buyumlashgan boylik. 
2. Nomoddiy boylik. 
3. Tabiiy boylik. 
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning
unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda 
mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish 
oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi. 
Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi 
mahsulotlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish noto’g’ri bo’lar edi. Chunki 
bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib, qaytadan yangilanib turadi 
(ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab 
chiqarish vositalarining o’rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi 
mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida 
ja’mg’arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan 
boylikning o’sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. 
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi 
qiymat shakliga ega bo’lib, tarkibiy tuzilishi bo’yicha qo’yidagilarni o’z 
ichiga oladi: 
- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); 
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); 
- aylanma kapital (fondlar); 
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi; 
- moddiy zahiralar va ehtiyojlar; 


248 
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo’jaligida jamg’arilgan mol-
mulk. Moddiy-buyumlashgan boylik o’sishining asosiy omillari sifatida 
quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
- mehnat unumdorligining o’sishi; 
- ishlab chiqarish samaradorligining ortishi; 
- milliy daromadda jamg’arish me’yorining ortishi.
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-
sharoiti hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan 
milliy boylik tomon harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining 
qoplanishi va uning ko’payishi ro’y beradi. Boshqa tomondan milliy 
boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy-
texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o’sish sur’ati va 
miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog’liq bo’ladi. 
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning 
omili bo’lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining 
tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli 
bo’lib, uning vujudga kelishi tabiat qonunlari asosida ro’y bersada, ulardan 
foydalanish jamiyat rivojiga ham bog’liq bo’ladi. Foydali qazilma 
boyliklar, o’rmonlar, suv va yer resurslari tabiatan mavjud bo’lsada, ishlab 
chiqarishda faol qatnashadi. 
Tabiat in’omlari o’zlarining dastlabki ko’rinishida tabiiy boylik 
bo’lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik 
tarkibiga kirmaydi. Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun 
faqatgina potentsial boylik hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri 
oqibatida real boylikka aylanadi. 
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. 
Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi 
va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda 
ashyoviy-buyum shakl bilan bog’liq bo’lmagan alohida turdagi iste’mol 
qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining 
faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdek, bevosita aholining 
turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun zarur bo’ladi. 
Bunday boyliklarga ta’lim, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, san’at, sport 
sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning 
tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va 
san’at asarlari alohida o’rin tutadi. Jamiyatning nomoddiy boyliklarida 
madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining 
to’plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning 


249 
ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog’liqni saqlash, ta’lim va 
sportning rivojlanish darajasi o’z ifodasini topadi. 
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy 
boyliklardan ancha keng tushuncha bo’lib, o’z tarkibiga jamiyatning 
nomoddiy tavsifdagi qimmatliklarini ham oladi. 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish