224
faqat narx o’zgarmagan takdirda o’zaro taqqoslash mumkin bo’ladi.
Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx
darajasining o’sishi) yoki deflYatsiya (narx darajasining kamayishi) o’rin
tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.
Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi
ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to’plami narxlari summasini, xuddi
shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining
bazis davrdagi narxlari
summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi.
Takqoslashning boshlang’ich davri «bazis yil» deyiladi. Agar
aytilganlarni formula shakliga
Narx indeksi
=
joriy yildagi istemol tovarlari narxi
bazis yildagi istemol tovarlari narxi
keltirsak, u quyidagi ko’rinishni oladi:
Amaliyotda qator har xil tovar va xizmatlar to’plami yoki iste’mol
savatining narx indeksi hisoblanadi. G’arb mamlakatlari va xususan
AQShda bu indekslar ichida eng keng qo’llaniladigani iste’mol narxlari
indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tipik
shahar aholisi sotib oladigan,
iste’mol tovar va xizmatlarining 300 turini o’z ichiga oluvchi bozor
savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning umumiy
darajasini hisoblash uchun YAIM narx indeksidan foydalaniladi. YAIM
narx indeksi ancha keng tushuncha bo’lib, u o’z ichiga nafaqat iste’mol
tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat
tomonidan sotib olinadigan
hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar
narxlarini ham oladi. YAIM narx indeksi nominal YAIMni real YAIMga
aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. Nominal YAIM shu mahsulot
ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda
ifodalangan ishlab
chiqarish hajmini bildiradi.
Joriy yildagi nominal YaIMni real YaIMga aylantirishning ancha
oddiy va to’g’ridan-to’g’ri usuli nominal YaIMni narx indeksi (NI)ga
bo’lishdir, ya’ni:
Real YaIM
=
Nominal YaIM
NI
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko’rsatkichi YAIM
bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo’lgan
bir qator o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar mavjud bo’ladiki, ular milliy
iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi.
YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko’rsatkichi sifatida
bitga muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chikdrish
225
jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning o’rnini
qoplash uchun zarur
bo’lgan qiymatni ham o’z ichiga oladi.
YAIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan
asosiy kapital kiymagi yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib gashlansa
sof milliy mahsulot (SMM) ko’rsatkichi hosil bo’ladi:
YAIM – amortizatsiya yshlik summasi = SMM .
SMM qiymatiga davlat tomonidan o’rnatiladigan egri soliqdar
summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o’rnatiladigan narxga
qo’shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og’irligi iste’molchi
zimmasiga
tushadi va uning hisobiga o’zlarining daromadining bir qismini yo’qotadi.
Shuning uchun, SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa milliy daromad
(MD) ko’rsatkichi hosil bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: