Nazorat savollari!
1. Informatika nimani o`rgatadi? Fan o`rganadigan asosiy tushunchalar nimalar?
2. «Zamonaviy axborot texnologiyasi» iborasida necha bayt axborot borligini aniqlang.
3. Agar kitobdagi axborot xajmi 640 KB ekanligi ma’lum bo`lsa, uni nechta «Internet» so`zi bilan almashtirish mumkin?
4. O`z ism — sharifingizda necha bayt axborot borligini aniqlang.
5. EXMning qanday qurilmalari bor va ularniig vazifalari nimadan iborat?
6. Xotira qurilmasi, uning turlari va vazifasi.
7. Turli sanoq sistemasining asosi nima? Odamning biologik tuzilishiga bog`liqmi?
8. Sanoq sistemalarini qanday turlarga ajratish mumkin? Sanoq sistemalariniig asosi nima?
9. Sanoq sistemasida berilgan sonning qisqa va yoyilgan shakllarda yozish orasida qanday bog`lanish bor?
10. Ixtiyoriy asosli sanoq sistemasidagi sonni yoyib hisoblansa, qanday asosli sanoq sistemasidagi son xosil bo`ladi?
C + + TILI VA UNI LEKSIK ASOSI
C++ tilida dastur yaratish bir necha bosqichlardan iborat. Dastlab, matn taxririda dastur matni teriladi, bu faylni kengaytmasi << .cpp>> ko`rinishida bo`ladi. Keyingi bosqichda dastur matni yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda dasturda xatoliklar bo`lmasa, kompilyator <<.obj>> kengaytmali ob’ekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi bosqichda komponovka (yig`uvchi) yordamida <<.exe>> kengaytmali bajariluvchi fayl dasturi hosil bo`ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarni nomlari boshlang`ich matn faylini nomi bilan bir xil bo`ladi.
Kompilyatsiya jarayonini o`zi 2 ta bosqichdan iborat. Avval preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya direktivalarini bajaradi, jumladan # include direktivasi bo`yicha ko`rsatilgan kutubxonalarni C ++ tilida yozilgan modullarni dastur tarkibiga kiritadi. Shundan keyin kengaytirilgan dastur matni kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator o`zi ham dastur bo`lib, uning uchun kiruvchi ma’lumot bo`lib, C ++ tilida yozilgan dastur matni hisoblanadi.
Kompilyator dastur matnini leksemma (atomar) elementlarga ajratadi va uni leksik, keyinchalik sintaktik tahlil qiladi.
Dastur matni tushunarli bo`lishi uchun izohlar ishlatiladi. Ular dastur amal qilishga hech qanday ta’sir qilmaydi. C ++ tilida izohlar ikki ko`rinishda yozish mumkin. Birinchisi <> dan boshlanib <<*G’>> belgilari bilan tugagan barcha belgilar ketma ketligi izoh hisoblanadi, ikkinchisi, <> deb nomlanadi va u “G’G’” belgisidan boshlanadi va satr oxirigacha yozilgan belgilar ketma ketligi bo`ladi. Izohning birinchi ko`rinishda yozilgan izohlar bir necha satr bo`lishi va ulardan keyin C ++ operatorlari davom etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |