4. Ekonomiksning boshqa usullari.
Agregatlash usuli. Makrodarajadagi bozor iqtisodiyoti narsalar to’plami, majmui yoki agregatlar bilan ish ko’radi. Agregatlash usulini qo’llamasdan makroiqtisodiy tahlilni amalga oshirish mumkin emas.
Agregatlash – bu alohida qismlarni yaxlit bir butun holda birlashtirish jarayonidir. Masalan, mamlakatning alohida bozorlari milliy bozorga birlashadi, tovar va xizmatlarning barcha narxlari narx darajasida, barcha tovar va xizmatlar majmui esa milliy ishlab chiqarishning real hajmida mujassamlashadi.
Agregatlash yordamida hosil qilingan to’plamlar – bu shunchaki iqtisodiy birliklarning yig’indisi emas, balki o’z tavsiflari va qonuniyatlariga ega bo’lgan mustaqil iqtisodiy kategoriyalarni ifoda etuvchi yaxlit tuzilmalar hisoblanadi. Masalan, jami kapitalni tavsiflab, K.Marks bu individual kapitallarning oddiy yig’indisi emas, balki ular doiraviy aylanishining uzviy bog’liqligini anglatuvchi yangi sifat ekanligini ta’kidlagan. Doiraviy aylanishsiz esa kapitallar mavjud bo’la olmaydi. Individual kapitalni tahlil qilishda mahsulotni sotish shartlarini e’tiboga olmay turish mumkin. Jami kapitalni tahlil qilishda esa alohida korxonalar o’rtasidagi aloqalar birlamchi ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish jarayoni faqat quyidagi shart-sharoitlar doirasida amalga oshishi mumkin:
- agar xar bir tadbirkor o’z tovarini sota olsa;
- agar barcha tadbirkorlar bozorda zarur bo’lgan ishlab chiqarish omillari – ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini topa olsalar;
- agar barcha ishchi va tadbirkorlar bozorda iste’mo buyumlarini topa olsalar. Shunga ko’ra, ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish sharti bo’lib eng avvalo jami ijtimoiy mahsulotni sotish shartlari hisoblanadi.
Oddiy takror ishlab
chiqarishda
|
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda
|
I (c+v+m) = Ic + IIc
II (c+v+m) = I (v+m) + II (v+m)
I (v+m) = IIc
|
I (c+v+m) > Ic + IIc
II (c+v+m) < I (v+m) + II (v+m)
I (v+m) > IIc
|
Iqtisodiy aloqalar tizimini tashkil etgan holda makroiqtisodiyot o’zining o’lcham va ko’rsatkichlari yordamida mazkur tizimdagi har bir muayyan elementning sifat va miqdor jihatidan tavsifiga ehtiyoj sezadi. Asosiy makroiqtisodiy o’lchamlarga ijtimoiy mahsulotning yillik hajmi va milliy boylikning jamlangan hajmi kiradi.
Ijtimoiy mahsulotning yillik hajmi turli agregatlar orqali ifodalanishi mumkin: yalpi ijtimoiy mahsulot, sof ijtimoiy mahsulot, pirovard ijtimoiy mahsulot.
Jami ijtimoiy mahsulotning o’lchanishi milliy boylik balansiga asoslanadi. Uning o’ziga xos tomoni u shakllanuvchi iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv xususiyatlaridan kelib chiqadi. Mahsulot iste’molga yaroqli holga kelishidan oldin ijtimoiy mexnat taqsimoti tizimida iqtisodiy aylanishni amalga oshiradi. Bu sharoitda iqtisodiyotning bir bo’g’inidagi ishlab chiqarish natijalari boshqa bo’g’indagi boshlang’ich material sifatida maydonga tushadi. Oldingi bo’g’inlardagi mehnat sarflari bu o’rinda yangidan yaratilgan mahsulotlar moddiy sarfining bir qismi sifatida maydonga tushadi.
Jami ijtimoiy mahsulot iqtisodiy kategoriya sifatida butun iqtisodiyot miqyosida jamiyat tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlarning barcha yig’indisini namoyon etadi. Unda korxona va tarmoqlar o’rtasidagi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste’moli bo’yicha iqtisodiy munosabat negizida vujudga keluvchi aloqalarning butun majmui moddiylashadi. Bu ko’rsatkichsiz ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini asosiy iqtisodiy nisbatlarni hamda tarmoqlararo balans yordamida aniqlanuvchi ijtimoiy mahsulot qismlari tarmoqlararo oqimlarining o’zaro aloqalarini ochib berish va prognozlash nuqtai nazaridan tahlil qilish mumkin emas. G’arb mamlakatlarida «sarflar-natijalar» modelini ishlab chiqishga o’tilishi bilan mazkur mamlakatlarning xalq xo’jaligi amaliyoti jami mahsulot ko’rsatkichining kiritilishini taqozo eta boshladi.
w = c+v+m; JIM = O’Q+ZMQ+QMQ,
bu erda: JIM – jami ijtimoiy mahsulot;
O’Q – o’tkazilgan qiymat;
ZMQ – zaruriy mahsulot qiymati;
QMQ – qo’shilgan mahsulot qiymati.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish darajasi va aholining turmush darajasini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkich yalpi milliy mahsulot – YaMM hisoblanib, barcha pirovard tovar va xizmatlarning agregatlashgan hajmini namoyon etadi.
PIM=JIM – MS + A; PIM= (v + m) + A = SIM + A
Bu erda PIM – pirovard ijtimoiy mahsulot;
MS – moddiy sarflar;
A – amortizastiya;
SIM – sof ijtimoiy mahsulot.
YaMMni hisoblash milliy hisoblar tizimida ikkita qarama-qarshi oqim usullariga asoslanadi:
a) «tovarlar oqimi» usuli pirovard mahsulot oqimini pul orqali baholashdan kelib chiqqan holda YaMMni hisoblashni o’z ichiga oladi: shaxsiy iste’mol sarflari + tovar va xizmatlarning davlat xaridi + yalpi investistiyalar + sof eksport.
YaMM = S + G + Ig + Xn.
b) daromad yoki xarajatlar oqimi usuli: ish haqi + foyda + renta + foiz + bilvosita soliqlar + amortizastiya, qaysiki ular yig’indi holda jamiyat tomonidan pirovard mahsulotni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisoblanadi.
Birinchi usuldan ko’rinadiki, YaMMni hisoblashda oraliq tovarlar, ya’ni boshqa tovarlarni ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tovarlar inobatga olinmaydi. Bu ikkinchi usulda yanada yaqqolroq namoyon bo’lib, unda daromadlar summasi firma tomonidan sotilgan hamda boshqa firmalardan xarid qilgan material va xizmatlar o’rtasidagi farqni namoyon etuvchi qo’shilgan qiymatni tashkil etadi. O’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra qo’shilgan qiymat yangidan yaratilgan qiymatni namoyon etadi (v + m). G’arb iqtisodchilarining fikriga ko’ra, bunday usul mahsulotni agregatlashda ro’y beruvchi takroriy hisob muammosini hal etadi, chunki oraliq mahsulot hisobga olinmaydi. Biroq, barcha daromadlarning (ham asosiy, ham ularniqayta taqsimlash natijasida olingan hosilaviy daromadlarning) jamlanishi endilikda daromad tomonidan muqarrar ravishda takroriy hisobning paydo bo’lishiga olib keladi. Bu daromadlari YaMM tarkibiga kiruvchi tarmoqlar ro’yxatidan ko’rinadi. Masalan, P.Samuelson, YaMM tarkibiga moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi daromadlar bilan bir qatorda turar joylar egalarining daromadlarini, xizmat ko’rsatish, san’at sohasidagi daromadlarni, erkin kasb egalari, uy xizmatlari, manikyurchilar, hukumat a’zolari, cherkov, homiylik asosida faoliyat ko’rsatuvchi muassasalar daromadlarini, ya’ni hosilaviy daromadlarni ham kiritadi (qaralsin: Samuelson P. Op. cit. p. 191)
Ekonomiks quyidagi boshqa agregatlashgan ko’rsatkichlardan ham foydalanadi: yalpi talab – AD, yalpi taklif – AS, pul agregatlari – M0, M1, M2, M3 va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |