I II III IV V VI VII VIII IX X
10 9 8 7 6 5 4 3 2 1
9 8 7 6 5 4 3 2 1 -
8 7 6 5 4 3 2 1 - -
7 6 5 4 3 2 1 - - -
6 5 4 3 2 1 - - - -
5 4 3 2 1 - - - - -
4 3 2 1 - - - - - -
3 2 1 - - - - - - -
2 1 - - - - - - - -
1 - - - - - - - - -
Kamayib boruvchi naflilik tamoyili (Gossenning birinchi qonuni) bo’yicha tuzilgan bu shkala nima uchun nisbatan kam umumiy naflilik ko’proq qiymatga ega bo’lishini (har bir ne’matning naflilik shkalasidagi o’rni va undagi ehtiyojlarning to’yinish darajasi bilan izohlanadi) tushuntirib beradi. Shuningdek, bu shkala turli ko’rinishdagi ne’matlar so’ngi qo’shilgan nafliligini baravarlashtirish tamoyili (Gossenning ikkinchi qonuni) bo’yicha iste’molchining optimal tanlovini ko’rsatadi. Zero, shkalaga kiritilgan barcha ne’matlar bir xil narxga ega bo’lib, cheklangan xarid fondiga ega bo’lgan iste’molchi so’ngi qushilgan nafliklarning tengligi sharoitida o’z ehtiyojlarini qondirishning yuqori darajasiga erishadi.
Amerikalik iqtisodchi P.Samuelson iste’mol qiymatlarini o’zaro taqqoslab bo’lmasligini tan olgan holda, turli tovarlarning so’ngi qo’shilgan nafliligini ularning narxiga nisbatini taqqoslaydi va bu orqali 1 dollarlik daromadga to’g’ri keluvchi o’rtacha so’ngi qo’shilgan naflilikni keltirib chiqaradi. Bu «bir dollarga to’g’ri keluvchi so’ngi qo’shilgan nafliliklarning tengligi qonuni»ni ham anglatadi. Bu qonunning mohiyatini Samuelson iste’molchi o’z daromadiga turli tovarlarni xarid qilish orqali o’z iste’moli tarkibini shunday shakllantiradiki, bunda har bir xarid qilingan tovar unga o’z narxiga mutanosib bo’lgan so’ngi qo’shilgan naflilik keltiradi. Iste’molchi muvozanatining bu muhim sharti so’ngi qo’shilgan naflilik va narxning quyidagi ifodalarida namoyon bo’ladi:
bu erda MU – marginal utility (so’ngi qo’shilgan naflilik), P – price (narx)
«So’ngi qo’shilgan naflilik» nazariyasi tovarlar qiymatini ularning foydali xossalari, ya’ni iste’mol qiymatlari bilan ayniylashtiradi. Biroq naflilik (shu jumladan so’ngi qo’shilgan naflilik ham) qiymatning asosi bo’la olmaydi, chunki tovarlarning iste’mol qiymatlari sifat jihatidan turlicha hisoblanadi va taqqoslab bo’lmaydi.
So’ngi qo’shilgan naflilik nazariyasining yana bir ko’rinishi bo’lib boshqa chegaraviy miqdorlar – ishlab chiqarish omillarining so’ngi qo’shilgan unumdorligi, so’ngi qushilgan xarajatlar, so’ngi qo’shilgan daromad va h.k.lar bo’lib, ular yagona metodologik prinstip – marjinalizmga birlashtirilgan.
Marjinalizm o’zining chegaraviy tahlili bilan firma strategiyasini optimallashtirish doirasida ishlab chiqarishning muhim texnikaviy-iqtisodiy proporstiyalarini aks ettirib, ishlab chiqarish xarajatlarining rastional tarkibini aniqlashning samarali usuliga aylandi. Qiymatdan farqli o’laroq, narxlarga barcha omillar ta’sir ko’rsatadi. Anna shu «barcha» omillar ekonomiksning tadqiqot predmeti hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi ekonomiks, shu jumladan marjinalizmning metodologiyasidan foydalana olishni taqozo etadi. Bu metodologiyaning mazmuni har qanday iqtisodiy qarorni qabul qilish asosida rastional tanlov yotishi, bu tanlovni mazkur qarorni amalga oshirish natijasida kelib chiquvchi zaruriy chegaraviy sarflar va chegaraviy daromadlar belgilab berishida namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, funkstional aloqalarni xar tomonlama o’rganib turib, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyati to’g’risida unutmaslik kerak. Ya’ni, mazkur funkstional aloqalar ortida yashiringan sabab-oqibat bog’liqliklarini ham ochib berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |