O’zbekiston agroekotizimlari muammolar, bartaraf etish yo’llari. Reja


Orol dengizi muammosining tabiiy va ekologik jarayonlarga ta’siri



Download 26,45 Kb.
bet2/3
Sana07.01.2022
Hajmi26,45 Kb.
#325582
1   2   3
Bog'liq
O’zbekiston agroekotizimlari muammolar, bartaraf etish yo’llari.

Orol dengizi muammosining tabiiy va ekologik jarayonlarga ta’siri

Orol dengizining qurib qolgan tubi 3 mln gektardan ortiq bo‘lib, tabiiy sharoiti o‘ziga xos, eski qirg‘oq (1961 yil)dan ichkari tomon 10-15 km (sharq tomonda bundan ham ko‘proq) masofada sidirg‘asiga qumli mintaqa mavjud, mazkur qurigan qism asosan jo‘yak do‘ng barhanli relef shakllari bilan band. Qumli shakli tarkib topmoqda. Qumli mintaqada asosan siyrak (ba’zi joylarda umuman yo‘q) sherkez. Qora saksovul, ulg‘un, bir yillik sho‘ralar va boshqa o‘simliklar mavjud. Mazkur mintaqadan so‘ng taqirsimon sho‘rxoklar (asosan bir yillik sho‘ralar bilan majmuali holda sarsazan va ulg‘un keng tarqalgan) katta maydonlarni egallagan, ba’zi qum uyumlari uchraydi. Grunt suvlari sathining 5-7 m dan pastga tushishi tufayli endilikda qoldiq sho‘rxoklarga aylangan. Ushbu mintaqaning maydoni dengiz tomon yil sayin kengayib bormoqda, chunki grunt suvlari sathi ham Orol chekingan sari pasayib bormoqda.

Qurigan qism relefi yalang tekislikdan iborat bo‘lganligi sababli grunt suvlarining yotiq (gorizontal) oqimi ham juda sekin, ba’zi joylarda amalda yo‘q darajada. Ular asosiy qismining bug‘lanishga sarf bo‘lishi tufayli tuproqdagi tuz miqdori ham katta.

Qozog‘istonlik mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra 1961-1970 yillar o‘rtacha yillik tuz to‘planishi 1,80 mln. t., 1971-1980 yillarda 2,95 mln. t., 1981-1985 yillarda 4,85 mln. t. ni tashkil qilgan. Binobarin uning qurigan qismi ulkan tuz manbaiga aylanib bormoqda.

Hozirdayoq Orolning qurigan qismida shamol ta’sirida qum, chang va tuz zarrachalari turli tomonlarga to‘zimoqda. Janubiy Orolbo‘yida ko‘tarilgan tuz va sho‘r changlarining tushishi SANIIRI ma’lumotlariga ko‘ra har gektar maydonga o‘rta hisobda 90-1000 kg dan to‘g‘ri keladi. Ammo dengizning eski qirg‘og‘idan janub tomon bu miqdor kamayib borishi aniqlangan, chunonchi Mo‘ynoq atrofida har gektar maydonga 1242 kg dan tuz yig‘ilsa, Nukus atrofida bu miqdor 100-150 kg va undan kamroq.

Yana bir noxush holat shundan iboratki, Orol bo‘yida tabiiy va ekologik sharoitning keskin o‘zgarishi sababli mavjud yaylov va pichanzorlarning mahsuldorligi (o‘sha vaqtlarda gektariga 10-50 s bo‘lgan) 0,5-2 s gacha kamaydi. O‘simliklar zichligining kamayib borishi, ularning siyrak golofitlar bilan almashishi oqibatida shamol eroziyasi kuchaymoqda, natijada tekislikning o‘ydim chuqurligi ortib bormoqda. Qum relef shakllari tarkib topmoqda.

Davlat Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi ma’lumotlariga qaraganda, Orol dengizi turli tomonga yiliga 15-75 mln t chang va tuz tarqatuvchi asosiy manbaga aylanib bormoqda.

Orol tubidan ko‘tarilgan tuz va qum zarrachalari Ustyurt yassi tog‘lardan yengilgina uchib, janub va harbga tarqaladi. Kaspiyga borib yetadi. Kaspiyda suvning yuza bug‘lanishi tik nayzasi bilan uchrashadi, natijada chang-tuz buluti hosil bo‘ladi. Ular juda balandlikka ko‘tarilib, eni 40 km, uzunligi 30 km bo‘lgan hududlarga yetib boradi.

Orol dengizining qurishi mintaqaning iqlim vaziyatini o‘zgartirib yubordi. Ilgari Orol bo‘yida harorat va havo namligini o‘ziga xos tartibga solib turuvchi to‘siq bo‘lib hisoblanardi.

Dengiz sathidan ko‘tariluvchi bug‘ ustuni Amudaryo quyi oqimi hududida shimol shamollari kirib keladigan yoo‘lda bamisoli qalqon bo‘lib turgan dengizning mayinlashtiruvchi nafasi iqlim quruqligini kamaytirar, saraton issig‘ini va qahraton sovug‘ini mo‘tadillashtirar edi. Endilikda Orol dengizining bu ahamiyati deyarli sezilmay qoldi. Natijada keyingi vaqtda iqlim sharoiti keskin o‘zgardi. Yoz sib ketdi, qish esa sovuq bo‘la boshladi, changli to‘zonlar ko‘payib, bahorgi va kuzgi sovuq urishlar tezlashdi, o‘simliklarning vegetatsiya davri 20-25 kunga qisqardi. Bu esa mazkur mintaqada issiqsevar o‘simliklarni yetishtirish imkoniyatini kamaytirmoqda.

Mintaqaning yuz minglab gektar yerlari jizg‘anak bo‘lib, sho‘rlanib yotibdi. Paxta yetishtirishga ajratilgan yer maydonlarining anchagina yerlarning ko‘pgina maydonlarida tuproq unumdorligi pasaymoqda. Asosan qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi keskin kamayib ketdi.

Mintaqada ekologik vaziyatning g‘oyat keskinlashgani, bundan tashqari Amudaryo va Sirdaryo oqimining kamayib ifloslanib qolgani, Orolbo‘yining jadal ravishda cho‘lga aylanib borayotgani bilan bog‘liqdir. Sanoat va xo‘jalik-maishiy oqova suvlarning tashlanishi oqibatida daryo va havza suvi zaharlanmoqda. Qishloq xo‘jalik ob’ektlaridan chiqadigan g‘oyat ko‘p miqdordagi fosfor, azot va boshqa moddalar, shuningdek defoliantlar, pestitsidlar tarkibidagi zaharli moddalar suvga kelib tushmoqda. Yuqori darajada minerallashgan kollektor-drenaj oqovlarining daryolarga chiqarib tashlanishi daryolar suvining minerallashuviga ham sabab bo‘lmoqda. Bakteriyalarning umumiy miqdori yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lganidan 5-10 marta ortiqdir.

Keyingi yillarda O‘zbekiston olimlari Orol dengizining qurigan tubini tadqiq qildilar. Bunda aerokosmik materiallaridan keng foydalanildi. Qo‘shimcha ravishda zonali aerosuratga olishlar o‘tkazildi. Orolning qurigan tubi janubiy qismida morfometrik xususiyatlarga ega bo‘lgan qator zonalar, jumladan Ajiboy qo‘ltig‘ini ajratib ko‘rsatish mumkin.

Qo‘ltiq asosan og‘ir mexanik tarkibli zamindan, loy, og‘ir qumoq tuproq va qumloq tuproqdan tashkil topgan. Qo‘ltiqni Ustyurt va Yo‘lbars burni yarim oroli tarafdan qum barxanlari o‘rab olgan. Bir metrli qatlamning sho‘rlanganligi gektar hisobiga 190-400 tonnaga to‘g‘ri keladi. Chunki jinslar zichligi markazga va qo‘ltiqning dengizga chiqish tomon kuchayib boradi. Yer osti suvlari yuzada joylashgan va suvga chidamli qatlamning yastanib yotishi ba’zi joylarda suv chiqadigan qatlamlarning siyrakligi bilan izohlanadi. Qirg‘oq chizig‘idan yer osti suvlarining chuqurligi 4-5 metrga boradi. Qo‘ltiqning markazi tomon va qirg‘oqda yuza joylashgan hamda yer yuziga chiqib turadi.

Sharq tomondan yondashgan Yo‘lbars burnidan shimolroqdagi zona dengiz qumlari va qumloq tuproqdan tashkil topgan. Umumiy maydoni 330 kv.km. Bu hududning asosiy qismidan shamolning qumlarni uchirishi ustunlik qiladi. Yer osti suvlari yuza joylashgan bo‘rsillagan (gidromorf), sho‘rxok shakllanadigan zona bundan mustasnodir. Amudaryo deltasi asosan yumshoq yer va allyuvial (daryo suvlari oqizib kelgan) jinslardan tashkil topgan, kam sho‘rlangan. Bu yerda shamol va suvlar yemirilishi uyg‘unlashib, o‘ng‘ir-cho‘ng‘ir murakkab relef hosil qiladi. Daryoning suvligiga qarab delta dengiz tomon yiliga 0,6-0,9 km suriladi. Bu yerda yer osti suvi darajasi yilning suvligiga bog‘liqdir va suv sathiga yaqindir. Mustahkamlangan qumloq maydonlarda ko‘p yillik o‘simliklar – saksovul, yulg‘un, to‘qay nihollari va boshqalar yaxshi rivojlanmoqda.

Jildirbosh qo‘ltig‘i kollektor-drenajlar tashlanma suvlari va Qozoqdaryo irmog‘idan ta’minlanadi. Umumiy maydoni 1900 kv.km, uning 60-80 %ini sho‘rxokka bardoshli va Qo‘g‘a-Qamish aralash nihollar bosib ketgan. Qo‘ltiqning anchagina qismida kuchli minerallashgan yer osti suvi 2-3 metr chuqurlikda bo‘lib, zaxkash va yarim zaxkash sho‘rxoklar yuzaga kelishiga ko‘maklashadi. Qo‘ltiqning shimoliy va shimoliy-sharqiy qismida dengiz va daryo loyqalaridan sho‘rxoklar paydo bo‘lmoqda.

Orolning sharqiy qismidagi 1 mln. gektarli Oqtepa arxipelagi tuzlar to‘planishining eng yirik manbaidir. Bu arxipelag Qizilqum shimloiy-sharqiy qismining davom etib kelgan past-baland va ariqsimon qumlardan shakllangan, balandligi 10-15 m. Ular alohida suvi qurigan yoki 150-200 gektar atrofida sho‘r suv bilan to‘lgan kotlovinalaridan iborat. Sho‘r suv kotnovinalari atrofida dengiz qirg‘og‘i sho‘rxoklari shakllanadi, ular halokatli darajada bo‘lib, 30 km chamasidagi zonadagi yuza sathlar tarkibida 15-17 %gacha tuz bor.

Orol dengizi tubining qurigan doirasi mikrorelefli, qatlamlar litologiyasi, qurib borishning jadalligi yer osti suvlarining chuqur yoki yuza joylashganligiga qarab galogeokimyoviy jarayonlarning uzoq davomli bosqichini o‘taydi. Shunday qilib, Orol va Orolbo‘yi bo‘xronining eng asosiy sababi ishlab chiqarish tizimlari bilan O‘rta Osiyo ekologik sistemasi o‘rtasida vujudga kelgan chuqur ziddiyatlar, bu tabiatning ob’ektiv qonunlarini mensimay suv va boshqa tabiiy boyliklardan chek-chegarasiz foydalanish oqibatida ro‘y berdi. Irrigatsiya qurilishi tarixining Orol va Amudaryo hamda Sirdaryo deltalari ekologik sistemasini saqlash bo‘yicha tavsiyalari amalda bajarilmadi. Buning oqibatida Orol dengizi atrofida o‘lkalarda mudhish vaziyat vujudga keldi. Katta-katta maydonlaridagi ekinzorlar quriy boshladi: daraxtlar, o‘t-o‘lanlar, tuproq suv va havo zaharlandi. Ayniqsa odamlarning sihat-salomatligiga, hayvonot olamiga katta ziyon yetdi. Ilgari yashnab turgan ko‘pgina joylarning ekologik sharoiti yomonlashib, ular kimsasiz dasht hiyobonlariga aylandi.





Download 26,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish