75
o`ta
ixtisoslashganligi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarining sifatliligi, ixcham va
bejirimligi hamda doimo yangilikka intilishi bilan jahon bozorlarida katta yutuqlarga
erishib kelmoqda.
Italiyaning kichik va o`rta korxonalari mamlakatning ma'lum sanoat rayonlarida
joylashgan bo`lib, ularning iqtisodiy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar
yaratilgan. Hozirgi kunda mamlakatda 800 ga yaqin ishlab chiqarish sanoat rayonlari
mavjud. Kichik va o`rta korxonalarning 91 %i Italiyaning shimoli va markaziy
rayonlarida, 9 %i esa mamlakatning janubiy qismlarida
va shuningdek Sitsiliya va
Sardiniya orollarida joylashgan. Mamlakatning janubida ishsizlar soni mamlakatda
yashaydigan umumiy aholining 25 %ini tashkil etadi (2003 yilda yoshlar o`rtasidagi
ishsizlar soni mamlakat ishga yaroqli aholisining 56,6 %ni tashkil etgan edi).
2004 yilda Italiyaning sanoat tarmoqlarida umumiy aholining 32 %i band bo`lib,
ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining umumiy bahosi 509,7 trln. lirani tashkil
etgan. Italiyaning oziq-ovqat sanoat tarmoqlarida 358 mingga yaqin kishi (umumiy
sanoat korxonalar aholisining 8,3 %) band bo`lgan. Mamlakatda ishlab chiqarilgan
oziq-ovqat sanoati mahsulotlarining 82 %i ichki talabni qondirishga, 5,4%i esa
eksportga mo`ljallangan.
2004 yilda Italiyaning to`qimachilik va tikuv sanoati
tarmoqlarida ishlayotgan
ishchilarning soni 696 ming kishini tashkil etgan (barcha sanoat tarmoqlarida
ishlayotgan ishchilarning 16,2 %). Ushbu sanoat tarmoqlarining 53,6 % mahsuloti
eksport qilingan holda 46,4 %dan ortiqrog`i esa mamlakatning ichki talabini
qondirishga qaratilgan edi. Mamlakat eksportida to`qimachilik sanoati mahsulotlari
(asosan ip to`qimachilik sanoati) muhim rol o`ynaydi. Biroq, hozirgi kunda ba'zi bir
sabablarga ko`ra ushbu sanoat tarmoqlari ham qarama-qarshiliklarga duch kеlmoqda.
Italiyada teri va poyafzal mahsulotlarini ishlab chiqarish
ham rivojlangan soha
bo`lib, u jahon mamlakatlari ichida ushbu soha bo`yicha 2- yoki 3-o`rinlardan birida
turadi. Ushbu sanoat tarmoqlarida 258 ming ishchi yoki sanoatda ishlayotgan barcha
aholining
6
%i
banddir.
Mamlakatda
ishlab
chiqarilayotgan
poyafzal
mahsulotlarining 80 %dan ortiqrog`i eksportga chiqariladi.
Italiyada yog`ochni qayta ishlash va mebel sanoati ham ancha rivojlangan
sohadir. Sanoatning ushbu tarmoqlarida 2004 yilda 396 ming kishi yoki sanoatda
band aholining 9 %i band bo`lgan. Rеspublika ushbu sanoat mahsulotlarini jahonning
barcha mamlakatlariga, asosan, Lotin Amerikasiga eksport qiladi. Qog`oz-tsellyuloza
sanoati va nashriyotlarida 241 ming kishi yoki sanoatda band bo`lgan umumiy
aholining 5,6 %, kimyo sanoatida 188 ming kishi, sanoatda umumiy aholining 4,4 %i
band bo`lgan. Metallurgiya va metalni qayta ishlash sanoat tarmoqlarida ishlayotgan
ishchi va xizmatchilarning umumiy soni esa 552 ming kishini tashkil etgan.
Mamlakatning mashinsozlik tarmoqlarida aholining 11 % (472 ming kishi)
banddir. Ushbu tarmoq o`z mahsulotining 70 %ini ichki talabni qondirishga qaratgan
holda 55,7 %ni esa eksportga chiqaradi (asosan ЕI va Lotin Amerikasi davlatlariga,
Rossiya Fеdеratsiyasi va Sharqiy Osiyo mamlakatlariga chiqaradi).
Italiyaning
elektron va elektronika sanoat tarmoqlarida mehnat qilayotgan umumiy aholining 7,6
%i (328 ming kishi) band bo`lib, mamlakat ichki talabining 50 %ini qondirgan holda
50 %ga yaqin mahsulotni eksportga chiqaradi.
76
Italiyaning transport vositalarini ishlab chiqarish tarmoqlarida aholining 7,1 %
(303 ming kishi) band bo`lib, mamlakat ichki talabining 47 %ni qondirgan holda, 50
%dan ortiqrog`i eksportga ham chiqarib turadi. Mamlakatning rezina va plastmassa
ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarida aholining 4,5% (195 ming kishi) band bo`lib,
ushbu sanoat tarmoqlari mamlakat ichki talabini 75 % qondirgan holda 40 %ga yaqin
o`z mahsulotini eksportga ham chiqarib turadi. Xizmat ko`rsatish sohalarida umumiy
aholining 61,9%i (12.8 mln. kishi) banddir.
2004 yilda ishga yaroqli barcha aholisining 5,5 % (1134 mln. kishi) qishloq
xo`jaligi ishlari bilan band bo`lgan edi. Mamlakatda agrar sektor asosan
dehqonchilikka yo`naltirilgan bo`lib, ushbu sektorda band bo`lgan aholining 58 %i
dehqonchilik bilan, 42 %i esa chorvachilik bilan shug`ullangan. Haydab dehqonchilik
qilinadigan еrlarning 50%dan ortig`iga donli ekinlar (yiliga 1 mln. t.ga yaqindan
еtishtirib, Еvropa mamlakatlari ichida birinchi o`rinda turadi) ekiladi. Mamlakatning
shimoliy rayonlarida dehqon fermer xo`jaliklari bog`dorchilikdan yiliga 6 mln.
tonnaga yaqin mevali mahsulotlarni oladi. Mamlakatning
janubiy rayonlari asosan
bodom, еr yong`og`ini va boshqa subtropik ekinlarni ekishga ixtisoslashtirilgan.
Mamlakatning qishloq xo`jaligida yiliga 10 mln. tonnaga yaqin uzum hosili olinadi,
shundan 3.3 mln.t. sitrus, 5.5 mln. tonna tomat еtishtiriladi. Italiya xo`jaligida sut va
go`sht chorvachiligi asosan mamlakatning shimoliy rayonlaridagi o`tloqli yaylovlarda
keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: