O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


 Buyuk Britaniya iqtisodiyotida transmilliy kompaniyalarning tutgan o`rni



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/112
Sana26.10.2022
Hajmi1,39 Mb.
#856797
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112
Bog'liq
O`zbåkistan råspublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi t

 7.3. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida transmilliy kompaniyalarning tutgan o`rni
Angliya Transmilliy kompaniyalari uzoq tarixiy davrlarni o`z boshidan 
kechirgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buyuk Britaniyada qaram davlatlar va 
mustamlakalarga kapital olib chiqish keng rivojlandi. 1893 yilda xorijiy 
mamlakatlarda joylashtirilgan Angliya kapitali Buyuk Britaniya Birlashgan 
qirolligining barcha boyliklarini 15 %ni tashkil qilgan. Xorijiy investitsiyalarning 
asosiy qismi tadbirkorlik kapitali shaklida amalga oshirilgan. Shuning uchun ham 
mamlakatning yirik monopollari tashkil topgan paytdan boshlaboq, xalqaro 
kompaniyalar sifatida faoliyat yurita boshlagan. 
Ikkinchi jahon urushidan so`nggi yillarda ham bu mamlakat jahondagi eng yirik 
kapital eksport qiluvchi davlatlardan biri bo`lib qolavergan. Xorijiy mamlakatlarda 
kapital eksporti natijasida uning TMK nazorati ostida bo`lgan yirik ishlab chiqarish 
tizimi tashkil topdi. Angliyaning xorijiy mamlakatlardagi filiallari mahsulotlari 
mamlakat YaMM ga nisbatan 55,2% ni, xorijiy ishlab chiqarishning eksportga nisbati 
esa 261,3%ni tashkil etgan. Bu davrda xorijiy mamlakatlarda Angliya 
korporatsiyalarining ishlab chiqargan mahsulotlari qiymati Germaniya, Yanponiya va 
Frantsiyanikidan ham yuqoriroq bo`lgan. 
Angliya sanoat kapitalining tashqi ekspansiyasida davlatning 10 ta eng yirik 
korporatsiyasi oldingi o`rinlardan birida turgan. Uning xorijiy mamlakatlardagi eng 
yirik aktiviga ega bo`lgan korporatsiyalari kimyo va nеft qazib olish, sanoat 
korxonalari, oziq-ovqat va ichimlik suvi hamda sharbatlarni ishlab chiqaruvchi 
korxonalar, tamaki ishlab chiqaruvchi korxonalar shuningdek elektr texnika, umumiy 
mashinasozlik kompaniyalari hisoblangan. Uning to`g`ridan-to`g`ri yo`naltirilgan 
investitsiyalari asosan sanoati rivojlangan Еvropa mamlakatlariga qaratilgan edi. 
Xullas, hozirgi kunda mamlakat kapital qo`yilmalarining 75 %i rivojlangan 
davlatlarga, 25%i esa rivojlanayotgan davlatlarga to`g`ri keladi. 
Ma'lumki, tashqi iqtisodiy ekspansiya yirik kapital mablag`larni talab qiladi. 
Britaniya TMKning ustunlik tomoni shundaki, ular qudratli London banklarining 
yordamiga tayangan holda faoliyat ko`rsatadi. Angliyaning yirik “katta to`rtlik” 
banklari (“Barkleyz bank”, “Neshnl vestminster bank”, “Middland bank”, Lloyd 
bank”) xalqaro krеdit sohasida muhim ahamiyatga egadir. Xalqaro moliya 
markazlarida joylashgan, yirik resurslarga va keng masshtabda tarqalgan filiallar 
tizimiga ega bo`lgan ushbu banklar xalqaro ssuda kapitali bozori hisoblangan 
еvrovalyuta bozorida muhim rol o`ynamoqda. 
Angliyaning TMKlari kapitalni nafaqat depozit banklardan, balki ixtisoslashgan 
savdo-investitsiya banklaridan (“bankirlar uyi”), shuningdek nafaqa jamg`armalari va 
sug`urta kompaniyalaridan ham oladilar. Shuning uchun ham xalqaro TMKlar doimo 
banklar bilan yaxshi munosabatda bo`ladi. Masalan, “British petroleum” kompaniyasi 
doimo “Neshnl Vestminster bank” ning mijozi va “Danlon xolding” kompaniyasi 
doimo “Barkleya bank”ning mijozi hisoblanadi. 


69 
Britaniya korporatsiyalari xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati 
rivojlanishining muhim omillaridan biri texnika va texnologik jihatdan ustunligidir. 
Endi mamlakat yirik TMKlarining ba'zilari bilan tanishib chiqamiz. 
Angliyaning “British petrolium PLK” korporatsiyasi jahonning eng yirik nеft 
monopollaridan biri bo`lib, u 1909 yilda tashkil topdi. Korporatsiya jahon 
mamlakatlarining 
sanoat 
korporatsiyalari 
orasida 
6- 
o`rinda, 
noamerika 
korporatsiyalari ichida esa 2-o`rinda turadi. Korporatsiya aktsiyalarining 48-49 %i 
davlatga tegishlidir. “British petrolium” korporatsiyasi xalqaro kartellar 
tashkilotining a'zosi bo`lib, yiliga 163-165 mln.t. nеft mahsuloti -3,5-4 mlrd. kub m. 
tabiiy gaz, 17-18 mln. t. ko`mir qazib oladi. Bundan tashqari yiliga 2,5-3 mln. t. 
siqilgan gaz va shuningdek 114,5 mln. t.ga teng bo`lgan 111 ta tanker va 26 ta 
davlatda umumiy quvvati 120 mln. t.ga ega bo`lgan 38 ta nеftni qayta ishlash 
zavodlari ustidan (Angliya, Frantsiya, Germaniyada 4 tadan nеftni qayta ishlash 
zavodlari ustidan, AQSHda 3 ta zavod ustidan, Kanada va Avstraliyada 2 tadan 
zavodlar ustidan, Irlandiya, Belgiya, Gollandiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Turkiya, 
Kipr, Yaman, Sinegal, Burkina-Faso, JAR, Sеrra-Lione, Keniya, Nigeriya, Sudan va 
boshqa davlatlarda 1 tadan nеftni qayta ishlash zavodlari) ustidan o`z nazoratini 
o`rnatgan.
90-yillar boshida va hozirgi kunda ham “British petrolium” kompaniyasi 
mamlakatning kimyo sanoatidagi eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 
Kompaniyaning etilen, propilen, bo`tadien, plastmassalari ishlab chiqaruvchi 
zavodlari 6 ta xorijiy mamlakatda joylashgan. XX asrning 70-yillaridayoq 
kompaniyaning ximiya sanoat korxonalari Еvropa Hamjamiyati davlatlari ichida 
birinchi bo`lib nеft va nеft mahsulotlaridan sintetik mahsulotlar ishlab chiqarishga 
ixtisoslashdi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish