O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


 Frantsiya TMKlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o`rni



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/112
Sana26.10.2022
Hajmi1,39 Mb.
#856797
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112
Bog'liq
O`zbåkistan råspublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi t

 
 6.3. Frantsiya TMKlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o`rni 
Frantsiyaning xalqaro sanoat korporatsiyalari mamlakatning tashqi iqtisodiy 
mavqeini mustahkamlash va ilmiy-texnik salohiyatini ko`tarishda muhim rol 
o`ynamoqda. Hozirgi kunda mamlakat eng yirik kompaniyalarining xorijiy 
mamlakatlardagi ishlab chiqarishi umumiy ishlab chiqarishning 50 %ini tashkil etadi. 
Eksport kvotasida savdo hajmi esa 50 %dan oshmoqda (masalan, “Sen-Goben Pont-
a-Musson”, “Peshine-Yujin-Kolman” kompaniyalarini eksport kvotasida savdo hajmi 
53 %, “Pejo” 55 %, “Sitroen” 51 %, “Kompani Fransez de petrol” 58 %ni tashkil 
etmoqda). XX asrning 70-yillaridayoq Frantsiyaning TMKlari jahon bozorlarida hatto 
AQSH kompaniyalari bilan ham raqobatlasha oladigan yirik uyushmalarga aylanib 
qolgan edi. Ana shu yillarda Еvropaning 20 ta eng yirik kompaniyasi 4 tasi 
Frantsiyaga tegishli bo`lgan. 
Mamlakatda biznes gigantlarining rivojlanish jarayoni o`ziga xos xususiyatga 
ega. 50-yillardan so`ng Frantsiya kapital qo`yilmalarining asosiy sohasi G`arbiy 
Еvropa mamlakatlari bo`lib, mamlakat to`g`ridan – to`g`ri yo`naltirilgan 
investitsiyalarining ѕ qismi ushbu mamlakatlar hisobiga to`g`ri kelgan. 70-yillardan 
so`ng esa Frantsiya TMKlarining AQSH va Kanada bozorlariga ommaviy kirib 
kelishi kuzatilgan. Xullas, mamlakatning ishbilarmon doiralari sanoati rivojlangan 
davlatlarga kapital qo`yishga qiziqishlari tasodifiy bo`lmagan. Chunki sanoati 
rivojlangan davlatlarda zamonaviy texnika-texnologiyadan foydalanish uchun qulay 
shart-sharoitlar mavjud bo`lgan. Bundan tashqari G`arbiy Еvropa davlatlari, 
shuningdek AQSH va Kanadaning bozorlari Frantsiya kompaniyalarining sanoat 
mahsulotlarini sotish bozorlari sifatida ahamiyati ham ortib borgan edi. 
Mamlakatning yirik TMKlari xorijiy mamlakatlarga (Germaniya, Belgiya, 
Gollandiya, Italiya, Ispaniya, Shvetsariya) investitsiya kiritishga katta e'tibor 
berishmoqda. Ammo g`arbning sanoati rivojlangan davlatlariga bo`lgan qiziqishning 
kattaligiga qaramay, tadbirkorlar Afrikada, ayniqsa, “Frank zonasida” faol 
ishlamoqdalar. Frantsiya kompaniyalari mintaqaviy siyosatining muhim tomonlaridan 
yana biri Lotin Amerikasida, ayniqsa, Braziliya va Argentinada investitsiyalarning 
ko`payishidir. Frantsiyaning qariyb barcha yirik kompaniyalari ushbu mintaqada 
katta va kichik bo`limlardan iborat korxonalariga ega. 
Ma'lumki, Frantsiyaning TMKlari biznesning yiriklashuviga, kapitalning 
markazlashuvi va milliy kompaniyalarning globallashuviga katta e'tibor berib 
kelmoqda. Elektrtexnikasi va elektronika sohasining 46 % ini nazorat qiluvchi 
kompaniyalar asosan 2 ta yirik kompaniya “Kompani jeneral d-elektrosite” va 
“Tomson-Brandt” tomonidan boshqarib turiladi. Ushbu kompaniyalarning hamkorligi 
natijasida 
vujudga 
kelgan 
“Kompani 
internasyonal 
nur 
l-informatik” 
kompaniyasining xalqaro EHM bozorlariga chiqishi imkonini bermoqda. 
Avtomobilsozlikda esa “Reno” va “Pejo” kompaniyalari o`rtasidagi kooperatsiya 
jahon avtomobilsozlik sanoatida ilg`or o`rinlardan biriga chiqish uchun imkon 


57 
yaratmoqda. Xullas, Frantsiyada davlat TMKning rivojlanishiga yordam beribgina 
qolmay, bevosita tashqi iqtisodiy ekspansiyada ishtirok etib, mamlakatning tashqi 
iqtisodiy mavqeini mustahkamlab kelmoqda. 
Frantsiyaning “Kompani Fransez de Petrol” kompaniyasi yirik nеft 
kompaniyalaridan biri bo`lib, u 1924 yilda tashkil topdi. Asosiy aktsiyadori davlat 
(35 %) hisoblanadi. Eng yirik noamerika kompaniyalari ro`yxatida 5- o`rinda turadi. 
Kompaniya jahonning ko`plab mamlakatlarida o`z bo`limlariga ega. Jahon 
bozorlarida “Total” guruhi nomi bilan ish yuritadi. “Total” kompaniyasining ish 
faoliyati doirasiga asosan nеft va nеft mahsulotlarini ishlab chiqarish, tabiiy gaz qazib 
olish, saqlash, qayta ishlash, tashish, ximiya va ximiyaviy mahsulotlarni, 
plastmassalarni ishlab chiqarish va boshqalar kiradi. 
“Total” kompaniyasiga qarashli nеft tashuvchi umumiy yuk sig`imi 3,3 mln. 
barrel bo`lgan 14 ta yirik suv transporti mavjud. Bu uning dengiz transportiga bo`lgan 
ehtiyojining 43%ini qondiradi, bundan tashqari nеft quvurlar orqali ham tashiladi. 
Nеft quvurlarining umumiy uzunligi G`arbiy Еvropa mamlakatlarida 3,9 ming km. ni 
tashkil etadi. “Total” kompaniyasi 12 ta davlatda joylashgan 22 ta nеftni qayta 
ishlovchi zavodga ega. Ushbu zavodlarda har kuni 1,5 mln. barrel nеft qayta ishlandi. 
Frantsiyada ishlab chiqariladigan nеft mahsulotlarining asosiy qismi “Total” 
kompaniyasi guruhi hisobiga to`g`ri keladi. “Total” kompaniyasi guruhi “Peshine-
Yujin-Kolman” kompaniyasi bilan hamkorlikda uran rudasini to`yintirish bo`yicha 
“Minatom A.S.” hissadorlik jamiyatini tuzgan. Ushbu kompaniya uran xomashyosini 
asosan Avstriya, Kolumbiya, Frantsiya, Nigeriya, Buyuk Britaniya, Irlandiya va 
AQSH da qazib oladi.
Uran rudasini qazib olish “Minatom” kompaniyasining bo`limi bo`lgan “Sosеme 
santral de l-uranuie de minere radioaktif” sanoat kompaniyasi tomonidan amalga 
oshiriladi. “Total” kompaniyasi guruhi quyosh energiyasidan foydalanish sohasida 
ishlaydigan “Sosеte Fransez d-etyud termin ed-enerji soler” kompaniyasining 25 % 
aktsiyasiga, AQSH ning fotoelektron kameralar ishlab chiqaruvchi “Foton Pauer ink” 
kompaniyasining 54% aktsiyasiga ham ega. 1976 yilda Frantsiyada “Total 
koperasyon jyustriel” kompaniyasi tashkil topgan bo`lib, bu kompaniya nеft, nеft 
mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash, tashish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib 
boradi. ITTKI uchun kompaniya yiliga 200 mln. frankdan ortiq mablag` sarflaydi. 
Frantsiyaning “Pejo” kompaniyasi yirik avtomobilsozlik firmalaridan biri bo`lib, 
u 1876 yilda tashkil topgan. Ushbu kompaniya avtomobil ishlab chiqarish bo`yicha 
G`arbiy Еvropa davlatlari ichida birinchi, dunyo mamlakatlari ichida esa 4-o`rinda 
turadi. Ishlab chiqarish aylanmasining hajmi bo`yicha “Pejo” Frantsiyada 2-o`rinda, 
G`arbiy Еvropa mamlakatlari ichida esa 5-o`rinda turadi. Kompaniya 500 ta eng yirik 
noamerika kompaniyasi ro`yxatida 27-o`rinda turadi. Kompaniya 80-yillargacha 
“Pejo Sitroen” nomi bilan faoliyat ko`rsatgan. “Pejo”ning bosh xoldingi ishlab 
chiqarish xususiyatlariga ko`ra uchta bo`limga ajratilgan. Birinchi bo`lim 
(avtomobillar ishlab chiqarish ) uch kompaniyadan iborat bo`lib, “Pejo”, “Sitroen” va 
“Kraysler Frans” nomlari bilan faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Frantsiyada ishlab 
chiqariladigan avtomobillarning 59-60 %i ushbu kompaniyalar hissasiga to`g`ri 
keladi. 


58 
“Pejo” kompaniyasi Frantsiyadan tashqarida Buyuk Britaniya (asosan 
“Kraysler”ga tegishli zavodlarda), Ispaniya va Argentinada avtomobillar ishlab 
chiqaradi. Bundan tashqari “Pejo” kompaniyasi Nigeriya va Malayziyada, JAR va 
Madagaskarda, Ruminiya va Pertugaliyada, Belgiya, Irlandiya va Avstraliyada, 
Yangi Zellandiya va Indoneziyada, Tayland, Gana, Keniya va Urugvayda ham o`z 
avtomobillarini ishlab chiqaruvchi zavodlarga egadir. Ikkinchi bo`lim (po`lat va 
avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish ) “Asеe utillaj Pejo”, “Krezo-Luar”, 
“Shеr-Shatiyon”, “Agrenaj e redyukter”, “Sikl Pejo”, “Panxard e Levasef” 
kompaniyalaridan iborat. Kompaniyaning ushbu guruhlari Frantsiya va Ispaniyada 
podshipnik va transmissiyalar ishlab chiqaradi. “Sikl Pejo” zavodlari Frantsiyada 
ishlab chiqariladigan barcha velosiped va mopedlarning 37 %ni beradi. “Sikl Pejo” 
ning korxonalari Ispaniya, JAR, Marokash, Braziliyada joylashgan. Har bir mahsulot 
“Panxard e Levaseor” tomonidan ishlab chiqariladi. Uchinchi bo`lim (transport 
bo`limi) JEFSO kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Ushbu kompaniya asosan 
avtomobillarni temir yo`l transporti orqali tashish ishlari bilan shug`ullanadi. 
Kompaniya o`z moliya va bank kompaniyalari, sug`urta jamiyatlariga ega. 
Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 50-52 %i eksport qilinadi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 50%i xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilib, 
uning asosiy aktsiyadorlari “Solеte Fonsеr finansеr e de partisipasyon”, “La Fansez 
de Partisipasyon finonsеr e Pejo Frer” (37 % aktsiyaga ega), “Kraysler” (15 % 
aktsiyaga ega), “Mishlen” (9 % aktsiyaga ega) kompaniyalari hisoblanadi. 
Frantsiyaning “Kompani jeneral dе eliktrisiti S.A.” – KJE kompaniyasi elektr-
texnika tovarlarni ishlab chiqaruvchi yirik transmilliy kompaniyalardan biri bo`lib, 
1899 yilda tashkil topdi. Kompaniya Frantsiyaning sanoat firmalari ichida elektr-
texnika tovarlarini ishlab chiqarish darajasi bo`yicha 5-6 o`rinlarda tursa, 500 dan 
ortiq yirik noamerika kompaniyalari ichida esa 31-32 o`rinlardan birida turadi. 
Kompaniya kompyuter va axborot vositalarini ishga tushirish, konstruktor-
ixtirochilik sohalari bilan, telekommunikatsiya va aloqa tizimini takomillashtirish
elektr-texnika va radio tovarlarini ishlab chiqarish ishlari bilan shug`ullanadi.
KJE ulgurji savdoda bank ishlari bilan (“Elektrobank” orqali) ham 
shug`ullanadi. Kompaniya elektrotexnik tovarlarni ishlab chiqarish bo`yicha 
Frantsiyada oldingi o`rinlardan birida turgan. 50-yillardan boshlab esa kompaniya 
sanoat va harbiy ahamiyatga ega bo`lgan elektr-texnik va telefon apparatlarini, 
maishiy elektr tovarlarni ishlab chiqara boshlagan. 1976 yilda kompaniya 
mamlakatdagi yirik qurilish firmalaridan biri bo`lgan “Sosеte jeneral d antrepriz”ni 
bankrotga uchratib, uni aktsiyalarini qo`lga kiritdi. G`arbiy Еvropa, Osiyo va Afrika 
mamlakatlarida, shuningdek Shimoliy Amerikada tashqi savdoda ekspansiya 
siyosatini olib bordi. 60-yillarning oxirlariga kelib esa kompaniya to`liq zamonaviy 
elektr-texnik asbob-uskunalar bilan qayta ta'minlandi.
Hozirgi kunda KJE kompaniyasi harbiy ahamiyatga ega bo`lgan elektr texnika 
sohasiga oid asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va telekommunikatsiya tizimini 
rivojlantirish va yanada takomillashtirish ishlariga e'tibor qaratmoqda. “Alston 
Atlantik” va “Xaniuell-Byull” kontsernlari kompaniyaning yirik filiallari hisoblanadi. 
Kompaniya tomonidan sotilayotgan tovarlarning 1G`3 qismi xorijiy mamlakatlarda 
faoliyat ko`rsatayotgan filiallar ulushiga to`g`ri keladi. “KJE” kompaniyasining 


59 
asosiy aktsionerlaridan biri “Grup de la Kess Depo” hisoblanadi (kompaniyaning 5-
6% kapitaliga egalik qiladi) 
Frantsiyaning “Mishlen” xolding kompaniyasi jahon mamlakatlari ichida shina 
va rezina texnika buyumlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri 
hisoblanadi. Kompaniya 1893 yilda tashkil topgan bo`lib, jahon bozorlariga asosan 
shina va rezina texnika buyumlari еtkazib turgan. Dunyo mamlakatlarida 
avtomobilsozlik sanoat korxonalarining katta tezlikda rivojlanib borishi munosabati 
bilan kompaniya o`z mahsulotlarini nafaqat Frantsiya bozorlariga, balki butun 
G`arbiy Еvropa bozorlariga ham chiqarib turgan. Shina va rezina texnika 
mahsulotlarini ishlab chiqarish ustida doimiy ilmiy-tadqiqot, novatorlik ishlarini olib 
borishi “Mishlen” kompaniyasi tovarlarining AQSH va Lotin Amerikasi 
mamlakatlarining ichki bozorlariga ham kirib borishi imkonini bergan. 70-yillarning 
o`rtalarida “Mishlen” kompaniyasi jahon mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan 
radial shina mahsulotlarining 50-55 %ni bera boshlagan.
Hozirgi kunda kompaniya jahon bozorlariga asosan shina ballonlarni 
chiqaruvchi TMKlardan biri bo`lib, еngil va yuk mashinalari, qishloq xo`jaligi 
traktorlari va yo`l-qurilish mashinalari, velosiped va mototsikllar uchun, shuningdek 
turli texnik sohalarga muljallangan rezina texnika buyumlarini ishlab chiqarmoqda. 
“Mishlen” Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyodagi yirik kauchuk plantatsiyalariga, 3ta 
yirik sintetik kauchuk ishlab chiqaruvchi zavodlarga (Frantsiyada) egalik qilib, po`lat 
simli radial shinalarni ishlab chiqarmoqda. “Mishlen” xolding-kompaniya bo`lib, 
ko`p tarmoqli ishlab chiqarish filiallariga ega. Kompaniyaning asosiy aktsionerlari 
oilaviy shajaralar boshlig`i F. Mishlen va F. Rolle, shuningdek “Sosеte Okzilierde 
Jeston” kompaniyasi hisoblanadi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish