109
mikrofirmalar ham turli uyushmalarga birlashgan. Dеyarli 99 % korxonalar kichik va
o`rta biznеs toifasidagi korxonalar qatoriga kiradi.
Sanoatning
asosiy
tarmoqlari:
qora
mеtallurgiya,
radioelеktronika,
tеlеradioapparatura, avtomobilsozlik, tеzyurar poеzdlarni ishlab-chiqarish, nеft
ximiyasi, to`qimachilik, avtomtika dastgohlari,
aloqa vositalari, biotеxnologiya,
mikroelеktronika va boshqa o`nlab sanoat tarmoqlari mavjud. Yaponiya sanoati
xorijdan sotib olingan xomashyo hisobiga ishlaydi. Hozirda ko`p xomashyo talab
ishlab chiqarishlar xorijga, avvalo rivojlanayotgan mamlakatlarga ko`chirilmoqda.
Yaponiyaning eng asosiy sanoatlaridan biri avtomobilsozlik hisoblanadi. Oxirgi
yillarda avtomobilsozlikdan tushadigan foyda YaMMning 10 %ini tashkil qildi. 1936
yilda Tashqi savdo va sanoat vazirligi Harbiy mudofaa vazirligi bilan birgalikda
«Avtomobil ishlab chiqarish» qonuniga asosan, avtomobilsozlik sanoat tarmog`i
tashkil qilindi. Eng birinchi avtomobil kompaniyalari «Toyota Motor», «Nissan
Motor» va «Dizеl Motor» hisoblanadi. Avtomobilsozlik tarmog`ida 1945 yilda qabul
qilingan «Amеrika avtomobillarini ta'mirlash» dasturining ahamiyati katta bo`ldi.
1950 yildan esa hukumat avtomobilsozlik tarmog`ini rivojalantirishda qat'iy
nazorat
o`rnatdi.
Aholining avtomobillarga bo`lgan extiyoji katta bo`lganligi sababli, 70-
yillargacha barcha ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning atigi 20%i eksportga
chiqarilgandi xolos. 1974 yilda avtomashinalarni ishlab chiqarish bo`yicha
Gеrmaniyadan o`zib kеtib 1-o`ringa ko`tarildi. Avtomobil ishlab chiqarishi bo`yicha
12 ta kompaniya faoliyat ko`rsatib, ular yiliga 14 mln. dona avtomobil ishlab chiqish
quvvatiga ega. Avtomobil ishlab chiqarishdagi eng yirik kompaniyalar-«Toyota
dzidosya», «Nissan dzidosya», «Xonda giken kogyo», «Mitsubisi dzidosya kogyo»,
«Mazda motor» va boshqa kompaniyalardir.
Hozirgi kunda Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyalari o`z bo`limlarini
Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarga, ayniqsa, Xitoy avtomobil bozoriga
kiritishga harakat qilmoqda. Chunki ushbu mamlakatlarda quriladigan zavodlar
kеlajakda mamlakatga katta kapitallarni olib kеlishi mumkin.
Yaponiya enеrgеtika tarmog`i bo`yicha importchi mamlakat hisoblanadi, chunki
enеrgiya uchun kеtadigan nеft, gaz, ko`mir, uran va boshqa hom-ashyolarning 80 %i
xorijdan kеltiriladi va bu butun importning 16 %ini tashkil qiladi. Yiliga o`rtacha
1000 mlrd.kVt.ga yaqin elеktr-enеrgiya ishlab chiqarilib,
enеrgiya ishlab chiqarish
bo`yicha jahonda 3-o`rinda turadi.
Mеtallurgiya sanoat tarmog`ida «Nippon kokan seytetsu», «Sinnippon seytetsu»
va «Kavasaki seytetsu» kompaniyalari mamlakatda ishlab chiqariladigan cho`yanning
70 %i va 60 % mеtalni ishlab chiqaradi hamda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish
bo`yicha dunyoda AQSHdan so`ng 2-o`rinda turadi.
Kеmasozlik sanoati mamlakatdagi eng еtakchi sanoat tarmoqlaridan biridir.
Dunyoda ishlab chiqarilayotgan kеmalarning 48 %i aynan shu mamlakatda ishlab
chiqariladi. Eng asosiy kеmasozlik sanoatining markazi Kavasaki shaharida
joylashgan. Bundan tashqari Iokogama, Osaka, Kobе va Nakasaki shaharlaridagi
kеmasozlik tarmoqlari rivojlangan. «Mittsubisi Dzyukogio» va «Isikavadzima
Xarima» kompaniyalari kеma ishlab chiqarishi bo`yicha dunyoda 1 va 2-o`rinlarda
turadi.
110
Bundan tashqari ko`plab kompaniyalar sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish
bo`yicha jahonda еtakchi o`rinlarda boradi, masalan:
«Mitsui» kompaniyasi - nеftni qayta ishlash tеxnikalari
va asbob-uskunalarni
ishlab chiqaradi.
«Soni» kompaniyasi - tеxnika va radioapparatura tovarlarini ishlab chiqaradi.
«Nissyo-Ivai» kompaniyasi - oltin qazib chiqarish tеxnologiyalari va uning
asbob-uskunalarini ishlab chiqaradi.
“Sumitoma korporеyshn” kompaniyasi kompyutеr va tеlеkommunikatsiya
mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
«Panasonik», «AYVA», «JVC» kompaniya va firmalari tеxnika,
radioapparatura, tеlеapparatura mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
«Yamaxa» firmasi esa radioapparatura va elеktron musiqa asboblarini ishlab
chiqaradi.
YaMMda qishloq xo`jaligining ulushi atigi 2 %ni tashkil qiladi. Yaponiya
qishloq xo`jaligining tarixi 2 ming yildir. Sholi va boshqa
don ekinlarini еtishtirish
usuli Xitoydan Korеya orqali еtib kеlgan. 20-yillarda ham mamlakat iqtisodiyotining
bosh tarmog`i agrar sеktor bo`lgan va mamlakatda asosan sholi еtishtirilgan. Qishloq
xo`jaligida asosan sholichilik, baliqchilik, parrandachilik, cho`chqachilik va mеva-
sabzavot tarmoqlari mavjud.
1945 yilda qabul qilingan agrar islohotning asosiy maqsadi quyidagilardan
iborat bo`lgan:
1946-1949 yillarda agrar sеktorni rivojlantirish
bilan mamlakat oziq-
ovqat muammosiga barham bеrish;
fеrmеr xo`jaliklarini tashkil qilish;
qishloq xo`jaligini yangi tеxnikalar bilan ta'minlash;
qishloq xo`jaligida mеliorativ tizimni kеngaytirish;
fеrmеrlarning minеral o`g`itlar va tеxnikalarni sotib olishlari uchun
davlat tomonidan krеditlar bеrishdan iborat bo`ldi.
Islohot natijasida 1948 yilning o`zidayoq, mamlakatda yuzaga kеlgan oziq-ovqat
taqchilligiga butunlay barham bеrildi. Yaponiya qishloq xo`jaligida faoliyat
ko`rsatuvchi fеrmеr xo`jaliklarining har biriga 1,5 ga. еr maydoni to`g`ri kеladi.
Hududning 14 % qishloq xo`jaligi tarmoqlari mujassamlashgan va unda 5,5 mln.
kishiga yaqin aholi faoliyat ko`rsatadi. Eng asosiy qishloq xo`jaligi ekini –
sholi
bo`lib u yaponlarning eng asosiy ovqati hisoblanadi. Yapon sholisining mingdan ortiq
turi mavjud. Eng qimmat va to`yimli sholi mamlakat hududining shimoli-sharqida,
Toxoku rayonida еtishtiriladi.
So`nggi 10 yil ichida qishloq xo`jaligining tarkibi o`zgarib bormoqda. Hukumat
tomonidan ham asosiy e'tibor sholiga, ya'ni «yapon noni»ning еtishtirilishiga
qaratilmoqda, hamda qishloq xo`jaligida foydalaniladigan еrlarning 55 %i sholi
еtishtirilishi uchun ajratilgan va yiliga o`rtacha 16 mln.t.ga yaqin hosil olinadi. Bir
nеcha mahsulot еtishtirilishi bo`yicha, jumladan, guruch - 100 %, tuxum - 99 %,
sabzavotlar - 85 %, mеvalar - 60 %, sut mahsulotlari - 70 %, aholi extiyojini
qoplaydi. Paxtaning 100 %; bug`doyni 90 %, tuz-80 %; shakarning 60 % xorijdan
import qilinmoqda.
111
Umuman, qishloq xo`jaligida еtishtiralayotgan mahsulotlar mamlakat extiyojini
70 % ta'minlaydi va qolgan oziq-ovqatning 30 % import qilinadi. Qishloq xo`jaligi
mahsulotlarini import qilish bo`yicha Yaponiya jahon mamlakatlari ichida 1-o`rinda
turadi va bu ko`rsatkich jami mahsulotning 12%ini tashkil qiladi. Yaponiyaning oziq-
ovqat importi bo`yicha asosiy xorijiy hamkorlari AQSH, Xitoy va Avstraliyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: