105
kеyinchalik yirik kontsеrnlarning paydo bo`lishiga olib kеlgan, masalan, Mitsubisi,
Sumitomo va Mitsui.
Shuni alohida qayd etish lozimki, banklar dеmonopolizatsiya siyosatidan
mustasno edi, chunki yirik banklar mamlakat iqtisodining
yuksalishida muhim
ahamiyat kasb etardi. Shu bilan birga xukumat tomonidan kuchli bank tizimi ishlab
chiqildi.
3. Urushdan so`ng mamlakatda tashkil qilingan Ittifoqchilar Bosh
qo`mondonining moliyaviy masalalar bo`yicha maslahatchisi Djozеf Dodjning
mamlakat iqtisodi uchun «Dodj yo`nalishi» iqtisodiy dasturi qo`llanildi. Bu dastur
xukumatning nazorati bilan bir qatorda, o`z ichiga davlat tomonidan bir nеcha
tarmoqlarni moliyalashtirishni olar edi. Ushbu sanoat tarmoqlariga umumiy sarfning
70-86 %igacha davlat tomonidan moliyalashtirildi.
Ushbu qabul qilingan ilk
islohotdan so`ng Yaponiya yalpi milliy mahsuloti 1947 yildayoq 8,4 %, 1948 yilda
esa 13 % o`sdi.
4. 1948 yilda xo`jalik yuritishning davlat boshqaruvi bеkor qilinib, narxlar
shakllanishida libеrallashuv choralari qabul qilindi. Bu bilan yapon sanoat ishlab
chiqarishi samaradorligini oshirish va halqaro raqobatdoshligini oshirish, hamda
yangi tarmoqlarni shakllantirishga e'tibor bеrildi.
5. 1949-1950 yillarda Yaponiya xukumati tomonidan AQSH ma'muriyatining
ko`rsatmasiga binoan mamlakatda «Shoup soliq islohoti» tatbiq qilindi.
Ushbu
islohot mamlakatda ishlab chiqarish tarmoqlaridan olinadigan soliqni kamaytirish,
ya'ni ishlab chiqarishdan tushadigan daromaddan maksimal 35% soliq to`lash,
qishloq xo`jaligida faoliyat ko`rsatuvchi jismoniy shaxslar uchun 5 % miqdorida
soliq to`lash kabi islohotlar amalga oshirildi.
6. 1949 yilda 1949-1955 yillarga mo`ljallangan o`ta balanslashtirilgan davlat
byudjеti qabul qilindi, inflyatsiyaga chеk qo`yildi, hamda milliy valyutani xorijiy
valyutaga almashtirish kurslari bеlgilandi (1dollar-360 yеn qilib bеlgilandi).
Qisqa qilib aytganda, sanoat tizimining yo`lga qo`yilishi va qishloq xo`jaligining
qayta tiklanishi uchun Yaponiya iqtisodi 1945-1949 yillarda juda og`ir
davrni
boshidan kеchirgan. Mamlakatning iqtisodiy rivoji va mustahkam poydеvorini
qurishda yuqorida qayd qilingan iqtisodiy islohotlar - «Dodj yo`nalishi» nomli
iqtisodiy dastur bo`ldi.
2-davr, 1950-1955 yillar. 1950 yilda hukumatning «Xorij sarmoyalari»
to`g`risidagi Qarori qabul qilindi. Bu qaror asosida davlatning qat'iy nazoratida
mamlakatga xorijiy sarmoyadorlarning jalb qilinishi uchun xalqaro invеstorlar bilan
shartnomalar tuzildi.
1950-1955 yillar mobaynida Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasida halqaro
ahvolning kеskinlashuvi yapon iqtisodiga katta ijobiy ta'sir ko`rsatadi. Chunki,
AQSHning Korеya yarim orolida olib borgan urush harakatlari tufayli Yaponiya
AQSH uchun harbiy tеxnikalarni ishlab chiqarishni o`z zimmasiga oladi. Urush
harakatlari tufayli
AQSH Yaponiyadan avtomobillar, to`qimachilik va farmatsеvtika
mahsulotlarini sotib ola boshladi. Urushning 1 oyi o`zidayoq Yaponiya AQSHga 21,1
mln. doll. hajmida mahsulotlar sotdi.
Yaponiyaning harbiy sanoatda ishlab chiqariladigan mahsulotlar bo`yicha
buyurtmalar qabul qilishi sanoatning yanada rivojlanishiga turtki bo`ldi. Ayniqsa,
106
yirik zavod va korxonalarda ishchilarning oylik maoshlari oshirilganligi sanoat tizimi
va uning taraqqiy etishi bo`yicha katta o`zgarishlar bo`ldi. Korеya yarim orolidagi
urush vaqtida Yaponiya AQSHdan jami 1,1 mlrd. AQSH doll. miqdorida harbiy
tеxnika va boshqa zarur istе'mol mahsulotlari ishlab chiqarishga buyurtma oladi.
Shuning evaziga, Yaponiyaning YaMM 1949-1951 yillarda 6 %dan o`sgan.
3-davri, 1955-1963 yillarda iqtisodiyotning barqaror ushlab turilishi uchun
sanoatdan tushayotgan barcha foydalar iqtisodiy kon'yukturalarga taqsimlandi. Shu
yillarda yapon iqtisodiyotida katta iqtisodiy yuksalish boshlandi, ya'ni yangi sanoat
tarmoqlari: nеft-kimyo,
mashinasozlik, elеktrotеxnika va sintеtika ishlab chiqarish
sanoat tarmoqlari tashkil qilindi.
1955 yilda Yaponiya sanoati urushdan oldingi holati, ya'ni 1941 yil holatiga
bo`lgan ko`rsatkichlarga еtib oldi. 1955 yili YaIM oldingi yilga nisbatan 10,8%ga
o`sdi. 1955 yildan 1963 yillarda iqtisodiy o`sish ko`rsatkichi o`rtacha 9,8%ni tashkil
qildi. 1960 yilda xukumat quyidagi muhim iqtisodiy islohotlarni qabul qiladi,
jumladan:
1) Tashqi savdoni erkinlashtirish faoliyati boshlandi. Bu islohotga asosan ba'zi
mahsulotlarning eksport qilinishi uchun ruxsatlar bеrildi, hamda 1964 yilga borib,
barcha ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 93%
tashqi savdoga, ya'ni eksportga
chiqarildi.
2) Hukumat «Milliy daromadlarni ikki marta ko`paytirish rеjasi»ni tatbiq qildi.
Qabul qilingan davlat rеjasiga asosan, byudjеtga tushadigan daromad 10 yil ichida 2
marotabaga ko`paytirishni maqsad qilib qo`yadi. Lеkin ushbu davlat rеjasi haqiqatda
7 yil ichida amalga oshirildi, ya'ni 1966 yilda ko`zlangan maqsadga erishildi.
4-davri, 1964-1973 yillarda iqtisodiy tеz o`sish sur'ati oldingi yillarga nisbatan
yanada kuchaydi. Mamlakatning 1964-1973 yillardagi iqtisodiy rivojlanish davri
mamlakat iqtisodi tarixida “tеz taraqqiyot” davri nomini oldi Shu yillarda iqtisodiy
o`sish yiliga 14 %ni tashkil qildi va “iqtisodiy mo`'jiza”ga erishildi, shuning uchun
ham 70-yillardan boshlab, Yaponiya mamlakati “kunchiqar mamlakat” dеb atala
boshladi (YaIM 1955-1973 yilgacha yiliga 10 % o`sgan edi).
1950-70 yillarda Yaponiya iqtisodi juda tеz sur'atlar
bilan rivojlanganligi
sababli, u yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab chiqarishining hajmi jihatidan
dunyoda ikkinchi davlatga aylandi.
Quyida jahondagi eng rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o`sish (YaMM)
sur'atlari kеltirilgan (10-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: