O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


Italiyaning makroiqtisodiy ko`rsatkichlari



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/112
Sana26.10.2022
Hajmi1,39 Mb.
#856797
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   112
Bog'liq
O`zbåkistan råspublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi t

Italiyaning makroiqtisodiy ko`rsatkichlari
. 1999 yilda Italiyaning YaIMi 
1,4% ga (1998 y.-1,5 %) o`sgan. Ushbu ko`rsatkich bo`yicha Italiya Еvropaning va 
shuningdek ЕI davlatlarining o`rtacha ko`rsatkichlaridan ham orqada turgan. Buning 
sabablari, birinchidan, mamlakat iqtisodiyotining rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 
sekin rivojlanib borayotganligi bo`lsa, ikkinchidan, jahon bozorlarida Italiya 
mahsulotlariga bo`lgan talabning qisqarib borayotganligidir. 1999 yilda Italiya 
iqtisodiyotida muhim rol o`ynagan sanoatning rivojlanish darajasi 1,7%ga pasayib 
(1998 y.- 2,2% tashkil etgan), xizmat ko`rsatish sahalaridagi o`sish ko`rsatkichlari 
esa 1,0 %ga qisqargan (1998 y. – 1,5%). 1999 yilda Italiya qishloq xo`jaligi katta 
tezlikda rivojlanib o`sish darajasi 5,6 %ni tashkil etgan (1998 y. – 1,2 %). 
2004 yilda Italiyada ish bilan band bo`lgan aholi soni 24,15 mln. kishi bo`lib, 
mamlakat umumiy aholisining 88,6 %ini tashkil etgan. Xullas, Italiya hukumati 
mamlakatda yangi ishchi o`rinlarini vujudga keltirish va ishsizlar sonini (ayniqsa, 
yoshlar o`rtasida) kamaytirishga urinsa ham, ЕI mamlakatlari ichida ishsizlar 
sonining ko`pligi bo`yicha eng yuqori o`rinlardan birini (Ispaniyadan keyin) egallab 
turibdi. 
 
8.3. Italiya iqtisodiyoti rivojlanish modеli xususiyatlarining tavsifi 
 
Italiyada sanoat siyosati.
Italiyaning sanoat sahasida olib borayotgan siyosati 
asosan kichik va o`rtacha rivojlangan ishlab chiqarish korxonalarini (MSP) qo`llab-
quvvatlash, shuningdek mamlakatning shimoliy va janubiy rayonlari o`rtasidagi 
iqtisodiy farqlarni qisqartirishga qaratilgan. Chunki bunday ishlab chiqarish korxona-
firmalari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Italiyaning 93 
%ga yaqin kichik va o`rta miqyosdagi ishlab chiqarish korxona-firmalarida 200 dan 
kam bo`lmagan ishchi va xizmatchilar mehnat qiladi. Ishlab chiqarish firmalarining 
85 %i kichik korxonalarni tashkil etib, ulardan 11 kishidan 50 kishiga qadar ishchi va 
xizmatchilar band. Bunday ishlab chiqarish korxonalari mamlakat yalpi ichki 
mahsulotining 40 %ni beradi.
Hozirgi kunda Italiya qishloq xo`jaligi fermalarida ishga yaroqli aholining 5 %, 
xizmat ko`rsatish sahalarida esa 63 %i band. Italiyaning kichik va o`rta miqyosdagi 
ishlab chiqarish korxonalari asosan metalni qayta ishlash, to`qimachilik, teri, mebel 
ishlab chiqarish tashkil topgan. Xullas, Italiya ushbu ishlab chiqarish korxonalarining 


75 
o`ta ixtisoslashganligi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarining sifatliligi, ixcham va 
bejirimligi hamda doimo yangilikka intilishi bilan jahon bozorlarida katta yutuqlarga 
erishib kelmoqda. 
Italiyaning kichik va o`rta korxonalari mamlakatning ma'lum sanoat rayonlarida 
joylashgan bo`lib, ularning iqtisodiy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar 
yaratilgan. Hozirgi kunda mamlakatda 800 ga yaqin ishlab chiqarish sanoat rayonlari 
mavjud. Kichik va o`rta korxonalarning 91 %i Italiyaning shimoli va markaziy 
rayonlarida, 9 %i esa mamlakatning janubiy qismlarida va shuningdek Sitsiliya va 
Sardiniya orollarida joylashgan. Mamlakatning janubida ishsizlar soni mamlakatda 
yashaydigan umumiy aholining 25 %ini tashkil etadi (2003 yilda yoshlar o`rtasidagi 
ishsizlar soni mamlakat ishga yaroqli aholisining 56,6 %ni tashkil etgan edi). 
2004 yilda Italiyaning sanoat tarmoqlarida umumiy aholining 32 %i band bo`lib, 
ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining umumiy bahosi 509,7 trln. lirani tashkil 
etgan. Italiyaning oziq-ovqat sanoat tarmoqlarida 358 mingga yaqin kishi (umumiy 
sanoat korxonalar aholisining 8,3 %) band bo`lgan. Mamlakatda ishlab chiqarilgan 
oziq-ovqat sanoati mahsulotlarining 82 %i ichki talabni qondirishga, 5,4%i esa 
eksportga mo`ljallangan. 
2004 yilda Italiyaning to`qimachilik va tikuv sanoati tarmoqlarida ishlayotgan 
ishchilarning soni 696 ming kishini tashkil etgan (barcha sanoat tarmoqlarida 
ishlayotgan ishchilarning 16,2 %). Ushbu sanoat tarmoqlarining 53,6 % mahsuloti 
eksport qilingan holda 46,4 %dan ortiqrog`i esa mamlakatning ichki talabini 
qondirishga qaratilgan edi. Mamlakat eksportida to`qimachilik sanoati mahsulotlari 
(asosan ip to`qimachilik sanoati) muhim rol o`ynaydi. Biroq, hozirgi kunda ba'zi bir 
sabablarga ko`ra ushbu sanoat tarmoqlari ham qarama-qarshiliklarga duch kеlmoqda. 
Italiyada teri va poyafzal mahsulotlarini ishlab chiqarish ham rivojlangan soha 
bo`lib, u jahon mamlakatlari ichida ushbu soha bo`yicha 2- yoki 3-o`rinlardan birida 
turadi. Ushbu sanoat tarmoqlarida 258 ming ishchi yoki sanoatda ishlayotgan barcha 
aholining 

%i 
banddir. 
Mamlakatda 
ishlab 
chiqarilayotgan 
poyafzal 
mahsulotlarining 80 %dan ortiqrog`i eksportga chiqariladi. 
Italiyada yog`ochni qayta ishlash va mebel sanoati ham ancha rivojlangan 
sohadir. Sanoatning ushbu tarmoqlarida 2004 yilda 396 ming kishi yoki sanoatda 
band aholining 9 %i band bo`lgan. Rеspublika ushbu sanoat mahsulotlarini jahonning 
barcha mamlakatlariga, asosan, Lotin Amerikasiga eksport qiladi. Qog`oz-tsellyuloza 
sanoati va nashriyotlarida 241 ming kishi yoki sanoatda band bo`lgan umumiy 
aholining 5,6 %, kimyo sanoatida 188 ming kishi, sanoatda umumiy aholining 4,4 %i 
band bo`lgan. Metallurgiya va metalni qayta ishlash sanoat tarmoqlarida ishlayotgan 
ishchi va xizmatchilarning umumiy soni esa 552 ming kishini tashkil etgan.
Mamlakatning mashinsozlik tarmoqlarida aholining 11 % (472 ming kishi) 
banddir. Ushbu tarmoq o`z mahsulotining 70 %ini ichki talabni qondirishga qaratgan 
holda 55,7 %ni esa eksportga chiqaradi (asosan ЕI va Lotin Amerikasi davlatlariga, 
Rossiya Fеdеratsiyasi va Sharqiy Osiyo mamlakatlariga chiqaradi). Italiyaning 
elektron va elektronika sanoat tarmoqlarida mehnat qilayotgan umumiy aholining 7,6 
%i (328 ming kishi) band bo`lib, mamlakat ichki talabining 50 %ini qondirgan holda 
50 %ga yaqin mahsulotni eksportga chiqaradi. 


76 
Italiyaning transport vositalarini ishlab chiqarish tarmoqlarida aholining 7,1 % 
(303 ming kishi) band bo`lib, mamlakat ichki talabining 47 %ni qondirgan holda, 50 
%dan ortiqrog`i eksportga ham chiqarib turadi. Mamlakatning rezina va plastmassa 
ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarida aholining 4,5% (195 ming kishi) band bo`lib, 
ushbu sanoat tarmoqlari mamlakat ichki talabini 75 % qondirgan holda 40 %ga yaqin 
o`z mahsulotini eksportga ham chiqarib turadi. Xizmat ko`rsatish sohalarida umumiy 
aholining 61,9%i (12.8 mln. kishi) banddir. 
2004 yilda ishga yaroqli barcha aholisining 5,5 % (1134 mln. kishi) qishloq 
xo`jaligi ishlari bilan band bo`lgan edi. Mamlakatda agrar sektor asosan 
dehqonchilikka yo`naltirilgan bo`lib, ushbu sektorda band bo`lgan aholining 58 %i 
dehqonchilik bilan, 42 %i esa chorvachilik bilan shug`ullangan. Haydab dehqonchilik 
qilinadigan еrlarning 50%dan ortig`iga donli ekinlar (yiliga 1 mln. t.ga yaqindan 
еtishtirib, Еvropa mamlakatlari ichida birinchi o`rinda turadi) ekiladi. Mamlakatning 
shimoliy rayonlarida dehqon fermer xo`jaliklari bog`dorchilikdan yiliga 6 mln. 
tonnaga yaqin mevali mahsulotlarni oladi. Mamlakatning janubiy rayonlari asosan 
bodom, еr yong`og`ini va boshqa subtropik ekinlarni ekishga ixtisoslashtirilgan. 
Mamlakatning qishloq xo`jaligida yiliga 10 mln. tonnaga yaqin uzum hosili olinadi, 
shundan 3.3 mln.t. sitrus, 5.5 mln. tonna tomat еtishtiriladi. Italiya xo`jaligida sut va 
go`sht chorvachiligi asosan mamlakatning shimoliy rayonlaridagi o`tloqli yaylovlarda 
keng tarqalgan. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish