Klinik belgilari. Asosan, katta yoshdagi baliqlar kasallanadi. Kasallikning belgilari hamma vaqt ham yaqqol namoyon
bo‘lmaydi. Ayrim baliqlarda ularning qorin bo‘shlig‘ida suv to‘p- lanishi, ko‘zining oq parda bilan qoplanishi, tana tangachala- rining quruqlanib ko‘tarilib qolishi va nobud bo‘lishi bilan xa- rakterlanadi.
Patanatomik o‘zgarishlari. Kasal yoki o‘lgan baliqlar yorib ko‘rilganda ichki organlarida yog‘ning haddan tashqari ko‘p to‘planishi, uning rangi qizg‘ish, qorin bo‘shlig‘ida 0,5 l sarg‘ish suv to‘planishi, ayrim baliqlarda esa tiniq qo‘yilib qisqaruv massaning borligi kuzatiladi. Jigar oq tus bo‘lib, ba’zan sarg‘ish dog‘lar bo‘ladi. Òaloqning hajmi kattalashgan bo‘lib, qon bilan to‘ladi. Kasal baliqlarning ichki organlari gistologik tekshiruvdan o‘tkazilganida jigarning parenximatoz hujayrasida nekroz, taloqda serroid granulasining to‘planganligi, buyrakda ham shunga o‘xshash buyrak kanalchasining serroidli distrofiyasi kuzatiladi.
Òashxis kasal baliqlarni yorib, ichki organlarda to‘plangan yog‘ va baliqlarning ratsionini tahlil qilish asosida qo‘yiladi.
Profilaktikasi. Hovuzlarda oq amur baliqlarini o‘stirish me’yorini bilish lozim, shuningdek, ularning zichligini ham tartibga solish, suv havzalaridagi tabiiy oziqa manbayini (suv o‘simliklarini) inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Agarda ta- biiy oziqalar yetishmasa, yangi o‘rilgan o‘tloq o‘simliklari berib oq amurlarning majburiy sun’iy oziqaga o‘tishining oldini olish mumkin. Baliqlar uchun, ayniqsa, kunjara va shrotlarni bermas- lik lozim, boisi ularning tarkibida zaharli modda gossipol mavjud. Jigarning lipoidli distrofiyasi modda almashinuvining bu- zilishi oqibatida kelib chiqib, jigar hujayralarining distrofiyasi va zararlangan to‘qimalarda seroid pigmentining to‘planib qolishi
bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. Kasallik yilning issiq davrida, ratsionida yuqori oqsil saqlanuvchi oziqalar, jumladan, baliq va go‘shtdan iborat oziqalar ko‘p iste’mol qilinganida kelib chiqadi. Kasallik ba’zan buzilgan yoki ko‘p muddat davomida saqlangan baliqlarni, go‘sht-suyak uni iste’mol qilganlarida yuz beradi hamda vi- taminlari kam yog‘li oziqalarni qabul qilganlarida kelib chiqadi. Kasallikning kelib chiqishida infeksiyalar, toksinozlar, modda
almashinuvining buzilishi va baliqlarning zich saqlanganligi muhim o‘rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |