Ichki organlarning distrofiyasi — bu oq amur turidagi ba-
liqlarning alimentar kasalligi bo‘lib, uni ba’zan «modda alma- shinuvining buzilishi» ham deyiladi. Ichki organlarning distro- fiyasi bilan xarakterlanadi. 1965-yilda O‘zbekiston va Qozog‘is- tondagi xo‘jaliklarda birinchi marotaba qayd etilgan.
Etiologiyasi. Kasallikning kelib chiqish sababi baliqlar uchun xos bo‘lmagan sun’iy oziqalar bilan oziqlantirishdan kelib chi- qadi. Yuqorida aytilgan xo‘jaliklarda oq amurlarni oziqlanti- rishda tabiiy oziqa — suv o‘simliklarining yo‘qligi hamda karp turidagi baliqlar uchun mo‘ljallangan kombikorm bilan oziq- lantirish natijasida kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |