Gipovitaminoz A va B larning aralash shaklida organizmda gemoglobin miqdori, eritrotsit soni kamayadi, monotsit va po- limorf o‘zakli agranulotsitlar soni ko‘payadi, jigarda deformatsiya va yog‘ning to‘planishi kuzatiladi, oqsil tarkibida ko‘pgina amino- kislotalarning miqdori kamayib, ularning nisbatlari o‘zgaradi.
B guruhidagi vitaminlar yetishmasligi oqibatida turli xil ko‘rinishdagi nerv sistemasining buzilishi, ovqat yemaslik ho-
latlari kuzatiladi. Vitamin B1 yetishmasligi oqibatida (tiamin) muvozanat buziladi, tananing rangi-tusi qorayadi, baliqlar ov-
qat yemay qo‘yadi, suv to‘planadi, paralich kuzatiladi, baliqlar
uchun zaharli to‘yinmagan yog‘ kislotalarining perekislari yi- g‘iladi, o‘sishdan qoladi, mushaklar zararlanadi, orqa va ko‘krak suzgichlari izdan chiqadi va baliqlarning nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |