Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Davo- lash usuli ishlab chiqilmagan. Sog‘lom suv havzalariga zarar- langan baliqlarni olib kelish taqiqlanadi. Baliqlarni tashishda
tekshiruvdan o‘tkaziladi. Gulmohi turidagi baliqlarni oziqlantirish uchun sog‘lom suv havzalaridan gammaruslar tayyorlanadi.
Exinorinxoz — bu, asosan, losos, olabug‘a, oq baliq va ba’zan zog‘orabaliq, xarius, koryushka turlariga mansub baliqlar va kit, ugrabaliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, uni Echinorhynchidae oilasiga mansub Pseudo echinorhynchus clavula ilmoqboshisining parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atilib, kasallik hazm organi fao- liyatining izdan chiqishi, o‘sish-rivojlanishdan orqada qolishi, oriqlanishi va ayrim paytlarda baliqlarning nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |