O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 10,37 Mb.
bet157/218
Sana14.02.2022
Hajmi10,37 Mb.
#448952
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   218
Bog'liq
B

Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari. Kasallik chiqqanida suv havzalari yoki xo‘jalik nosog‘lom deb e’lon qi- linadi. Ushbu suv havzalari va xo‘jaliklardan boshqa xo‘jaliklarga urchitish, ko‘paytirish uchun baliqlarni olib ketish qat’iyan man etiladi. Xo‘jalik faqat tovarlik maqsadida o‘stiruvchi xo‘jalikka aylantiriladi. Agarda baliqlarni ko‘paytiruvchi xo‘jaliklarda fi- lometroidoz kasalligi kelib chiqsa, boqilayotgan yayrash hovuzlari bo‘lmasa, ushbu nosog‘lom bir yoshli baliqlarni xuddi shunga o‘xshash (analog) xo‘jaliklarga yoki yopiq tipdagi hovuzlarga o‘tkazilishiga ruxsat beriladi. Ushbu hovuzlarda yetishtirilayotgan, o‘stirilayotgan baliqlar kuzda tovar mahsuloti sifatida iste’molga chiqariladi. Qishda nosog‘lom hovuzlar suvsiz qoldiriladi. Bu esa kasallikning kelgusida tarqalishining oldini oladi.
Kasallikni yo‘qotishda kompleks profilaktik va davolash tadbirlari o‘tkaziladi. Hovuzlarda qat’iy ravishda baliqlarni yoshiga qarab guruhga bo‘lingan holda o‘stiriladi, o‘stiruvchi va yayrovchi hovuzlardagi baliqlarni ovlab bo‘lgach suv havzasi quritiladi, suvlari oqmaydigan joylari dezinfeksiyalanadi va qishda suvsiz
qoldiriladi. Bosh va suv bilan ta’minlovchi hovuzlarga baliqlar (zog‘orabaliqlar) kiritilmaydi, bunday hovuzlarga faqat kasal- likka chalinmaydigan baliq turlari: lin, karas, nelyad, oq amur, peshanado‘ng va boshqa turdagi baliqlar o‘stiriladi. Invaziyalan- gan baliqlar tovarlik og‘irligiga yetguncha bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hovuzlarning eng oxirgisida o‘stiriladi, bu bilan esa qo‘z- g‘atuvchilar kirib qolishining oldini olishga erishiladi.
Nosog‘lom xo‘jaliklardagi naslli va yosh baliqlarni ditra- zinsitrat yoki loksuran bilan gelmintsizlantiriladi. Bunda preparatlar 0,3 g/kg dozada qorin bo‘shlig‘iga yuborish uchun 30% li suvli eritma shaklida va peroral yuborish uchun 0,4 g/kg dozada 40% li suvli eritma shaklida qo‘llaniladi. Ditrazin mos ravishda 20 va 30% eritma shaklida ishlatiladi. Preparatning davolovchi dozasi uning yuborish usuliga bog‘liq. Agarda og‘iz orqali yuborilsa, 0,3 g/kg doza, qorin bo‘shlig‘iga inyeksiya qilinsa 0,2 g/kg miq- dorni tashkil qiladi. Naslli va tuzatish guruhidagi baliqlarni yuqo- rida ko‘rsatilgan preparatlardan birontasi bilan 7—8 kun oralig‘ida bahorda suvning harorati 16—17 °C bo‘lganida va baliqlarning tu- xum (ikra) qo‘yishiga 2—3 hafta qolganida ikki marotaba gel- mintsizlantiriladi, kuzda esa suv harorati 15—16 °C bo‘lganida gelmintsizlantiriladi.
Ona guruhidagi baliqlarni filometroidoz kasalligidan sog‘-
lomlashtirish va oldini olish maqsadida biologik usul qo‘llaniladi. Bunda bahor faslida hovuzlarning suvlarini 3 yoki 4 marotaba almashtirish lozim. Bu quyidagicha amalga oshiriladi. Qishlovchi hovuzlardagi ona baliqlarni biroz yengillashtirib bo‘lgach, naslli baliqlarni jinsiga ajratib, tuxum (ikra) qo‘yilmaydigan hovuzlarga yoki bo‘shatilgan qishlovchi hovuzlarga, ularni kamroq suv bilan to‘ldirilib, o‘tkaziladi. Urg‘ochi va erkak baliqlar alohida saqlanadi. Bunday suv havzalaridagi suv bahorda 17—18 °C gacha tezroq isiydi, baliqlar organizmidagi urg‘ochi nematodalar tezroq jinsiy voyaga yetib, lichinka ajrata boshlaydi. Naslli baliqlarni ushbu suv hovuzlarida, lichinkalarni qisqichbaqalar organizmida invazion bosqichga etish muddatini inobatga olgan holda (8—10 kun), 5—
6 kungacha saqlanadi, so‘ngra hovuzdagi suv invaziyalangan
qisqichbaqalar bilan birgalikda oqizib yuboriladi va suv hovuzlari yangi toza suv bilan to‘ldiriladi. Zog‘orabaliqlarni nilverm qo‘- shib tayyorlangan granula shaklidagi davolovchi oziqa bilan gu- ruh bo‘lib gelmintsizlantirish usuli ishlab chiqilgan. Davolovchi oziqa kombikorm ishlab chiqaruvchi zavod miqyosida namlikka chidamli qilib tayyorlanmoqda. Davolovchi oziqaga nilverm pre- parati 0,5 g/kg miqdorda qo‘shiladi. Ana shunday oziqa 2—3 kun davomida baliqchilikda qabul qilingan me’yor bo‘yicha berib boriladi. Gelmintsizlantirishni bahor va yoz oylarda hamda avgust va sentabr oylarida lichinkalar bilan zararlanish ortib borayot- gan vaqtida, faqat suv harorati 20—22 °C dan past bo‘lmagan sharoitda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, xo‘jalikka invaziyaning kirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish zarur. Sharsharali qurilmalarda chegaralovchi uskunalar va qummayda toshchalardan filtrlar qo‘yiladi. Agarda xo‘jalik nosog‘lom bo‘lsa, bosh va suv bilan ta’minlovchi ho- vuzlarda baliqlarni o‘stirish, ko‘paytirish man etiladi.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish