Qo‘zg‘atuvchisi. Pseudo echinorhynchus clavula ning tanasi silindrsimon shaklda, xartumi ham silindrsimon shaklda bo‘lib, uzunligi 0,7 mm gacha. Xartumida har bir qatorida 11—13 ta- dan 18—22 qator xitinli ilmoqchalar mavjud. Xartum qini xal- tasimon shaklda. Xartum qiniga nisbatan Lemnitski apparati kalta, 6 ta sementli bezlar juft bo‘lib joylashgan. Erkaklarning uzunligi 3,5—6,5 mm, eni 0,8—1,2 mm; urg‘ochilari uzunligi 5—9 mm, eni 0,8—1 mm; tuxumlari uzunchoq-ovalsimon shaklda bo‘lib, hajmi 0,1—0,110,023 mm ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |