Epizootologik ma’lumotlar. Diplostomoz keng tarqalgan invazion kasalliklardan biri hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilarini ko‘llarda, daryolarda, hovuzlarda, suv omborlarida uchratish mumkin. Kasallikka zog‘orabaliq, cho‘rtanbaliq, sudak, yelim- baliq, gustera, gulmohi, karas, pelyad, oq amur, peshanado‘ng va boshqa 100 dan ortiq baliq turlari moyil. Kasallikka barcha yoshdagi baliqlar, biroq yoshlari ancha moyil bo‘lib, ularda o‘lim darajasi ancha yuqoridir. Kasallik manbayi — bu metatserka- riylar bilan zararlangan baliqlar, serkariylari bor molluskalar. Diplostomozning tarqalishida asosiy rolni bir suv havzasidan ikkinchisiga o‘tganda suvning ifloslanishiga olib keluvchi baliq- xo‘r parrandalar o‘ynaydi. Serkariylar bilan zararlangan mol- luskalar suvning oqimi bilan boshqa suv havzalariga suzib borib, u yerni ham zararlashi mumkin. Kasallik, asosan, bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Zararlanish 5—6-kunlarda sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |