Qo‘zg‘atuvchisi. D. spathaceum tanasi yassi, ovalsimon bo‘lib, uzunligi 0,4—0,5 mm, eni 0,2—0,3 mm, o‘rtasi xuddi bog‘lab qo‘yilganga o‘xshaydi va oldingi qismi bargsimon kengaygan, orqa qismi esa biroz toraygan va silindrsimon shaklda. Òananing ol- dingi qismida quloqsimon o‘simtasi mavjud, og‘iz so‘rg‘ichi, uning ostida, tananing pastrog‘ida tuxumdon, bachadon va urug‘don joylashgan. Òanasi tiniq, tananing o‘rtasida qorin so‘rg‘ichi, uning yonida esa temirli fiksatsiyalovchi Brandes organi joylashgan. Og‘iz teshigidan qisqa qizilo‘ngach ikkiga bo‘linib, ichak nayla- rini hosil qiladi, ular tananing oxirgi qismida bir-biri bilan bir- lashib ko‘richakni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |