O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 9,61 Mb.
bet110/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Qo‘zg‘atuvchisi. Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi E.sieboldi qis- qichbaqasining tanasi noksimon shaklda, uzunligi 1—1,5 mm bo‘lib, parazitning oldingi qismi biroz kengaygan, orqa qismi esa toraygan. Birinchi ko‘krak segmenti bosh qismi bilan qo‘shilgan. Orqa toraygan qismida 5 juft suzuvchi oyoqchalari mavjud. Òa- naning qorin tomonidan oldingi qismining bo‘rtib chiqqan joyida og‘iz teshigi joylashgan.
E.briani ko‘rinishi jihatdan xuddi skripkani eslatadi, uzun- ligi 0,7—1 mm. Bosh ko‘krak qismi tana uzunligining yarmiga teng. Urg‘ochilarida ikkita uzun tuxum xaltasi mavjud, E.sieboldi
ning tuxum xaltasida 100—110 ta. E.briani da esa 18—20 ta tuxumlar bo‘ladi.
Rivojlanishi. Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi qisqichbaqalarning tuxum xaltasida tashqi muhit harorati 18—20 °C selsiyda yosh qisqichbaqalar (naupliuslar) rivojlanadi va tuxumdan tashqariga chiqadi. Òuxum va yosh qisqichbaqalarning rivojlanish muddati suvning harorat rejimiga bog‘liq. Suvda suzib yurgan naupliuslar tullay boshlaydi. Qisqichbaqaning rivojlanish bosqichida 3 ta na- uplial va bitta kopepod bosqichlarini ko‘rish mumkin. Òo‘rtinchi kopepodit bosqichida jinslarning differensiatsiyasi, urg‘ochi va erkaklarning qo‘shilish (kopulatsiyasi) jarayoni yuz beradi. Erkak va urg‘ochi qisqichbaqalar qo‘shilgandan so‘ng erkaklari no- bud bo‘ladi, urg‘ochilari esa baliqlarning jabra bo‘shlig‘iga yopi- shib oladi. Erkak qisqichbaqalar ikki haftagacha, urg‘ochilari esa bir yilgacha hayot kechiradi. Qisqichbaqalar tuxumdan to voyaga yetgan bosqichining shakllanishi uchun 2—3 hafta kerak bo‘ladi. Yoz fasli davomida qisqichbaqalarning ko‘p sonli generatsiyasi- ning almashuvi kuzatiladi. Ergaziluslar xo‘jayin qoni va jabra to‘qimasi bilan oziqlanadi.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik MDH va G‘arbiy Yev-
ropaning chuchuk suv havzalarida uchraydi. Quyidagi 50 turdan ortiq chuchuk suv baliqlari kasallikka chalinadilar: karp, ola- bug‘a, los, oq baliq, cho‘rtanbaliq va boshqalar. Ko‘proq pelagik baliqlar: lin, leshch, pelyad, dengiz gulmohi kabi baliqlar zararlanadi. Lin, pelyad va oq baliq turlaridagi baliqlarning o‘lish holatlari kuzatilgan. Zararlanish ko‘proq bahor-yoz fasllarida qisqichbaqalar rivojlangan paytda kuzatiladi. Bunda invaziyaning ekstensivligi 70—90% gacha, invaziyaning intensivligi bir necha o‘nlab ekzemplardan bir necha minglab ekzemplargacha yetishi mumkin. Invaziyaning manbayi qisqichbaqalarni tashuvchi ba- liqlar hisoblanadi. Lichinkalari rivojlanish davrida suv oqimi bilan pastki suv havzalariga oqib borib baliqlarni zararlaydi.

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish