O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Epizootologik ma’lumotlar



Download 9,61 Mb.
bet118/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Epizootologik ma’lumotlar. Kasalikka, asosan, hovuzlarda urchitilayotgan zog‘orabaliq, sazan va ularning gibridlari moyil. Juda ham kam holatlarda (yakka tartibda) kasallik ko‘kbo‘yin, leshch, koryushka, qizilko‘z, tovonbaliq va boshqa turdagi ba- liqlar orasida qayd etilgan. Kasallik mamlakatimizning barcha mintaqalarida (ob-havo sharoitidan qat’i nazar) uchraydi.
Kasallikka ko‘proq 2 yoshdagi baliqlar moyil. Yosh va bir yoshdagilari esa odatda kasallanmaydi. Kasallik yoz va kuzda namoyon bo‘ladi. Kuzda, baliqlarni ovlash mavsumida kasal baliqlar soni ortadi, qishda esa bu ko‘rsatkich bir xil holatda (darajada) saqlanib qoladi, bahorga kelib esa nosog‘lom xo‘- jaliklardagi sog‘lom baliqlar orasida kasal baliqlar ortib boradi, baliqlarning o‘lishi kamdan kam holatlarda kuzatiladi. Kasal- likning tabiiy kechishi, agarda hech qanday zaruriy chora ko‘ril- masa, yildan yilga og‘irlashib boradi. Bunda suv havzalarining antisanitariya holati ham (ifloslanishi, begona o‘tlarning ko‘payib ketishi, gullashi), suv oqishining pasayishi, seleksiya ishlarini yetarli darajada olib bormaslik, naslli baliqlarni tanlash, oziqaning yetarli miqdorda va balanslanmaganligi kabi omillarga ham bog‘liqdir.
Kasallik manbayi — bu kasal baliqlar hisoblanadi. Kasallik
nosog‘lom xo‘jaliklardan sog‘lom xo‘jaliklarda baliqlarni tashish jarayonida tarqaladi.
Kasallikning klinik belgilari. Dastlab baliqlar tanasining teri qatlamida, dumida, suzgichlarida mayda yakka oq dog‘lar paydo bo‘ladi. So‘ngra terining epidermis hujayrasining giperplaziyasi oqibatida, zararlangan joylardagi teri qalinlashadi va yassi epi- teliomalar hosil bo‘lib, teri qatlamining qolgan qismini qoplaydi. Kasallikning og‘ir ko‘rinishida esa yakka shishlar bir-biriga qo‘- shiladi va qalinligi 2—4 mm keladigan qatlamni hosil qiladi. Ka-
sallikning boshlang‘ich bosqichida epiteliomalar silliq va yaltiroq bo‘lib muloyim (bo‘sh) konsistensiyaga ega.
Kasallikning surunkali oqimida esa ospali shishlarning yuzasi g‘adir-budur bo‘lib, qalinlashadi va qattiq konsistensiyaga ega, bu kemirchak to‘qimani eslatadi. Bora-bora jarayonga mushakli to‘qima ham qo‘shiladi, egiluvchanlik, elastik holatini yo‘qotadi va suyuqlik infiltratsiyalanadi. Suyaklar bo‘shashadi, deforma- tsiyalanadi.
Ichki organlarda esa hech qanday patologik jarayon kuzatilmaydi.
Òashxis. Epizootologik ma’lumotlar asosida va klinik belgilarga qarab qo‘yiladi.
Kasallikning boshlang‘ich davrida ektoparazitar kasalliklardan (trixodinoz, xilodonelloz, ixtioftirioz) farqlash lozim. Bu kasal- liklarda ham teri qatlamida och ko‘kimtir qatlamlar hosil bo‘ladi. Biroq ospali shishlardan farqi shundan iboratki, shishlar manbali bo‘lmasdan, balki quyuvchan, toshuvchan xarakterga ega bo‘lib, deyarli butun tanani o‘rab oladi.
Òeridan olingan qirindilar mikroskop ostida tekshirilganida esa ko‘plab qo‘zg‘atuvchilarni topish mumkin.

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish